{"id":2728,"date":"2021-10-02T14:19:14","date_gmt":"2021-10-02T11:19:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2728"},"modified":"2024-07-22T09:15:37","modified_gmt":"2024-07-22T06:15:37","slug":"pullar-pullar-eh-pullar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pullar-pullar-eh-pullar\/","title":{"rendered":"Pullar, pullar, eh, pullar\u2026"},"content":{"rendered":"\n<p>Pul forscha-tojikcha so\u2018z bo\u2018lib, mohiyatan baliq tangasi, aqcha, sarmoya, mablag\u2018, maosh, eskicha kitobiy tilda ko\u2018prik, oldi-sotdi va to\u2018lov muomalalarida narx-navo, qiymat ramzi bo\u2018lmish metall yoki qog\u2018oz belgi, ba\u2019zi yerlarda yarim yoki bir tiyinga teng pul o\u2018lchovi birligi va shu miqdordagi mayda valyuta ma\u2019nolarini anglatadi. Inson va jamiyat faoliyatida esa jamiki tovarlar qiyoslanadigan va xizmatlar ayirboshlanadigan, ularning o\u2018rnini bosa oladigan va bahosini ifodalaydigan eng zarur umumiy omil maqomiga ega. U uch xil xususiyatga ega bo\u2018lib, hamma narsaga almashtiriladigan muhim xarid usuli, boylik timsoli, mehnatni qiymat tarzida baholovchi mezon hisoblanadi. Muomala doirasi ko\u2018lamiga ko\u2018ra, asosan muayyan mamlakat hududida barqaror bo\u2018ladigan milliy hamda xalqaro yoki mamlakatlararo pulga bo\u2018linadi. Albatta, maxsus chiqariladigan jahon puli yo\u2018q. Ammo qadri eng baland, erkin almashtiriladigan valyuta keng qamrovli mushtarak to\u2018lov vositasi vazifasini o\u2018taydi. So\u2018nggi paytlarda bu borada AQSh dollari, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga taalluqli yevro yetakchilik qilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p><strong><em>Pul belgilari, shakllari va muomalasi<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Pul belgilari umumiy va xususiy bo\u2018ladi. Umumiylari qiymat miqdorini ko\u2018rsatuvchi raqamlar, davlat gerbi, o\u2018ziga xos seriyasi va raqami, maxsus rasm, chizma va naqshlardan, xususiylari qog\u2018oz tarkibi, hajmi, eni va bo\u2018yi, boshqa valyutalardan farqlanuvchi betakror alomatlardan tashkil topadi. Pul qog\u2018oz va tanga shaklida tayyorlanadi. Ustiga yozilgan bahosi naqd hisob-kitoblar va to\u2018lovlarni oqilona olib borish imkonini beradigan darajada belgilanadi. Qadrsizlangan chog\u2018lari yirik qiymatda chiqariladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Har qaysi mamlakatning qonuniy pul belgisi davlat moliya tizimining asosiy unsurlaridan bo\u2018lmish pul hisob-kitobi birligi sanaladi. Masalan, O\u2018zbekistonning pul birligi \u2013 so\u2018m, AQShniki \u2013 AQSh dollari, Buyuk Britaniyaniki funt sterlingdir. O\u2018z navbatida, pul birligi mayda qismlarga bo\u2018linadi. Shu jihatdan qaraganda, 1 so\u2018m 100 tiyinga, 1 rubl 100 kopeykaga, 1 AQSh dollari 100 tsentga tengdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Puldan bajarilgan ishlar, ko\u2018rsatilgan xizmatlar, xarid qilingan tovarlar haqini to\u2018lashda, boshqa to\u2018lovlar va turli hisob-kitoblarni amalga oshirishda, nafaqalarni berish va qarzlarni qaytarishda foydalaniladi. Uning ayni jarayonlardagi uzluksiz harakati pul muomalasi deb ataladi. Bu muomala har bir mamlakat pul tizimi doirasida ro\u2018yobga chiqadi hamda naqd va nakd bo\u2018lmagan turlarga bo\u2018linadi. Naqd pul bankdan chiqqach, korxona-tashkilotlar kassasi va aholi qo\u2018liga o\u2018tadi. Oldi-sotdilar va to\u2018lovlar ado etilgach, yana bankka qaytadi. Mijozlarning bankdagi hisob raqamida turgan sarmoyalari harakati naqd bo\u2018lmagan pul muomalasiga kiradi. U chek, kredit kartochkasi, veksel, obligatsiya, sertifikat va boshqa vositalar orqali olib boriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu tizimning tarixan metall va qog\u2018oz pullarga oid ko\u2018rinishlari mavjud. Metall pul muomalasi esa bimetallizm va monometallizmga bo\u2018linadi. Bimetallizm deganda, qiymat o\u2018lchovi, ya\u2019ni qonunlashtirilgan umumiy ekvivalent vazifasini ikki nodir metall&nbsp; bajaradigan pul tizimi hamda ulardan yasalgan tangalarning mamlakat bo\u2018ylab muomalada yurishi tushuniladi. XVI-XIX asrlarda u G\u2018arbiy Yevropada oltin va kumush tangalarning o\u2018zaro nisbati bozor qiymati bo\u2018yicha stixiyali ravishda belgilanadigan parallel valyuta hamda ikkisi o\u2018rtasidagi nisbat davlat tomonidan aniqlanadigan qo\u2018sh valyuta tizimi shaklida keng tarqalgan. Bimetallizm sharoitida qog\u2018oz pullar emissiya muassasalari xohishi bilan oltinga yoki kumushga maydalangan. Talay davlatlar valyuta zaxirasiga shu metallar asos qilib olingan. Biroq Qo\u2018qon, Buxoro va Xiva xonliklari hududida oltin (\u201ctilla\u201d), kumush (\u201ctanga\u201d) va mis (\u201cpul\u201d) muomalada bo\u2018lgan. Ularning qiymatlariaro farq iqtisodiy-siyosiy sabablar tufayli tez-tez o\u2018zgarib turgan. Oqibatda tovar-pul munosabatlari o\u2018ta qiyinlashgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Tabiiyki, pulning ikki yoki uch metallga daxldorligi uning umumiy yagona muqobil sifatidagi tabiatiga zid edi. Shul bois yangi oltin konlari ochilgan XIX asr nihoyasida rivojlangan mamlakatlar tanga va qog\u2018oz pullar yagona qimmatbaho metallga almashtiriladigan monometallizmga, aniqrog\u2018i, faqat tillaga asoslangan pul tizimiga o\u2018tdilar. XX asrning 60-yillari oxirida qog\u2018oz pullarning oltin ta\u2019minoti bekor qilingach, monometallizm ham ahamiyatini yo\u2018qotdi. Ko\u2018p o\u2018tmay deyarli barcha davlatlarda oltin monometallizmi oltin valyuta standartiga almashtirildi. Asrimiz boshiga kelganda esa, monometall pul muomalasi butunlay barham topdi. Inchunin, endilikda turli mamlakatlarning asosiy pul birligi kredit bank biletlari (banknotlar), davlat xazinasi biletlari va tanga pullardan iboratdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Yana bir gap. Qog\u2018oz pullarning hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda, hajmi ko\u2018payganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi o\u2018zgarganda, qog\u2018oz yoki metall shaklidagi yangisiga almashtirish, tizimga o\u2018zgartirish kiritish zarurati tug\u2018ilganda davlat tomonidan pul islohoti o\u2018tkaziladi. Bu milliy valyutani mustahkamlashga, pul birligini barqarorlashtirish va muomalasini tartibga solishga, tizimni to\u2018liq yoki qisman qayta tashkil etishga xizmat qiladi. Amir Temur, Ulug\u2018bek va shayboniylar hukmronligi davrida o\u2018lkamiz hududlarida, oxirgi yuz yillikda sobiq Ittifoq, Germaniya, Gretsiya, Belgiya, Frantsiya, Daniya, Gollandiya, Norvegiya va Avstriyada o\u2018tkazilgan pul islohotlari fikrimizga yorqin misol bo\u2018ladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong><em>Mavqeini yo\u2018qotgan tangalar<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Uzoq o\u2018tmishda savdo-sotiq ishlari metall qurollar va quymalar, chorva mollari, don, chig\u2018anoq, matolar, taqinchoqlar va boshqalar yordamida amalga oshirilgan. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Lidiya davlati va Yunonistonda tanga&nbsp;<em>(turkiycha \u2013 \u201ctamg\u2018a\u201d)<\/em>lar paydo bo\u2018lgan. Ularda zarb qilingan sanasi va joyi nomi, yurt hukmdorining tasviri, ismi, unvoni va gerbi aks ettirilgan. Taxminlarga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston hududida ilk bor bundan 2600 yilcha burun og\u2018irligi 8,4 grammlik \u201cdarik\u201d nomli tilla tangalar tayyorlangan. Miloddan avvalgi III-I asrlarda va undan keyin chiqarilgan Antiox I, Yevtidem I, Demetriy I, Yevkratid I, Mitridat II va Germey tangalari esa hozirgacha noyob yodgorliklar sifatida saqlanib qolgan. Markaziy Osiyoda arablar hukmronligi o\u2018rnatilgan VIII asr o\u2018rtalarida vazni 4,3 grammlik oltin dinorlar, 2,8 grammlik kumush dirhamlar va mis tangalar muomalaga kiritilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Zamonlar evrilib, qog\u2018oz pullar vujudga kelgach, tangalarning mavqei keskin pasaydi. XX asrdan e\u2019tiboran ular asosan qog\u2018oz pullarni maydalash va kichik to\u2018lov yoki asosiy pul birligining muayyan qismini ifodalashda ishlatila boshlandi. Maxsus sana va yubileylarga bag\u2018ishlanganlarini istisno etganda, oltin, kumush, mis, platina tangalar chiqarish batamom to\u2018xtatildi. Oddiy tangalar esa misning turli qotishmalari, nikel va alyuminiydan tuxumsimon yoki dumaloq shaklda zarb qilinadigan bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Keling, endi tarixiy mavzudagi badiiy va ilmiy asarlarda ko\u2018p uchraydigan, kundalik muloqotda tez-tez quloqqa chalinadigan pullardan ba\u2019zilari haqida birrov so\u2018z yuritaylik.<\/p>\n\n\n\n<p><strong><em>Ayrim pul birliklarining \u201ctarjimai holi\u201d<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Chaqa.&nbsp;<\/strong>Qadimda ko\u2018pincha mis, jez singari arzon metallardan yasalgan, qiymati 1 tiyinlik tanga. Hozir asosan mayda to\u2018lovlar, qog\u2018oz pullarni maydalash va qaytim berishda ishlatiladi. Aksariyat davlatlarda milliy valyutaning yuzdan bir qismiga teng tanga sifatida chiqariladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Paysa.&nbsp;<\/strong>Forscha-hindcha so\u2018z. Muqaddam 50 grammlik og\u2018irlik o\u2018lchovi, Buxoro xonligida besh tiyinlik pul hisoblangan. Hozir Hindiston va Pokistonda chaqa o\u2018rnida qo\u2018llaniladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Dirham yoki diram.<\/strong>&nbsp;VII asrdan XIV asrgacha Osiyo musulmon davlatlarida muomalada yurgan tanga. Shuningdek, Buxoro xonligi, Eron, Iroq, Afg\u2018oniston va Turkiya puli bo\u2018lib, ba\u2019zilarida 3,2 grammlik kumush tangaga chog\u2018ishtirilgan. Endilikda BAR va Marokash puli, Misr va Sudanda nodir metallarning 3,12 grammga teng o\u2018lchov birligi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Dinor.<\/strong>&nbsp;Lotinchada \u2013 o\u2018ndan iborat, arabchada \u2013 tilla yoki undan yasalgan pul. Qadimiy musulmon o\u2018lkalarining qimmatbaho tangasi. Sharqda debochasiga VII asrda 2,4 gramm vaznda zarb qilingan. Hozir Bahrayn, Quvayt, Iroq, Liviya, Yugoslaviya, Bosniya va Gertsegovina, Jazoir, Iordaniya, Tunis va Sudan pul birligi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Pul<\/strong>. Markaziy Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda mis chaqa vazifasini bajargan. Ikki-uch asrcha burun Qo\u2018qon xonligida \u201ctanga\u201dning 45-60 dan, \u201ctilla\u201dning 40 dan, 1932 yilgacha Eronda qironning 40 dan bir qismiga to\u2018g\u2018ri kelgan. Bugungi kunda Afg\u2018oniston milliy valyutasi afg\u2018oniyning yuzdan bir ulushiga teng tanga.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Funt.&nbsp;<\/strong>Nemischa pfund, lotincha pondus, ya\u2019ni og\u2018irlik yoki tarozi toshi. Ingliz va rus o\u2018lchov tizimlarida kichik massa birligi. MAP, Gibraltar Irlandiya, Livan, Suriya, Sudan Kipr kabi mamlakatlar pullari.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Funt sterling.&nbsp;<\/strong>Inglizcha so\u2018z. XI asrdan e\u2019tiboran kumush, XIV asr o\u2018rtalaridan oltin tanga shaklida tayyorlagan. Banknotlarini 1694 yildan Angliya banki chiqara boshlagan. Hozir Buyuk Britaniyaning asosiy puli. Jahonaro eng barqaror valyutalardan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Shilling.&nbsp;<\/strong>1960 yildan Somali, 1966 yildan Keniya, Tanzaniya, Uganda pul birliklari. 1925-2001 yillarda Avstriyaning ham krona o\u2018rnini egallagan puli bo\u2018lgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Dollar.&nbsp;<\/strong>Inglizcha dollar, nemischa taler \u2013 oltin va kumush tanga. 1786 yildan AQShning asosiy puli. Dastlab kumush tangalisi, so\u2018ngra qog\u2018ozlisi muomalaga kiritilgan. Xalqaro miqyosda keng tarqalgan. Kanada, Avstraliya, Barbados, Kanada, Malayziya, Singapur, Fiji, Yamayka singari o\u2018ttizga yaqin katta-kichik davlatlar pullari ham dollar deb ataladi. Lekin ularning boshqa valyutalarga nisbatan qiymati bir xil emas.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Evro.&nbsp;<\/strong>Evropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga a\u2019zo Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Frantsiyaning shu qit\u2019a nomidan olingan va 1999 yil 1 yanvardan muomalaga chiqarilgan pul birligi. Avvalboshda naqd pulsiz to\u2018lovlarda ishlatildi. U bilan birga, mazkur mamlakatlar valyutalari ham amalda bo\u2018ldi. Ular 2002 yil 1 yanvarda o\u2018z o\u2018rnini 5,10, 20, 50, 100, 200, 500 yevro qog\u2018oz banknotlari, 1,2 yevro va 1, 2, 5, 10, 20, 50 tsentli tangalarga bo\u2018shatib berdi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Rubl.<\/strong>&nbsp;Asl ma\u2019nosi \u2013 g\u2018o\u2018la, kunda, tiqin. Bu atama XIII asrda Novgorodda grivna \u2013 uzunligi 20 santimetr, og\u2018irligi 200 grammga yaqin kumush quymasining kesilgan&nbsp;<em>(ruscha \u201crublenn\u044by\u201d)&nbsp;<\/em>yarim bo\u2018lagi nomidan olingan. 1704 yildan boshlab izchil ravishda 28 grammlik vaznda zarb qilingan. Shuningdek, mis va oltindan yasalganlarini chiqarish davom ettirilgan. 1843 yili davlat xazinasining qog\u2018oz biletlari ko\u2018rinishida tayyorlana boshlangan. 1917 yilgacha chor Rossiyasining, 1919-91 yillarda sho\u2018ro puli bo\u2018ldi. O\u2018sha kezlar O\u2018zbekistonda ham rasmiy pul birligi hisoblandi va \u201cso\u2018m\u201d deb nomlandi. Mustabid tuzum tanazzulga uchragach, Rossiya va Belarus Respublikasining milliy valyutasi sifatida saqlanib qoldi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Drahma.&nbsp;<\/strong>Ko\u2018hna Yunonistonda kumush pul va og\u2018irlik o\u2018lchovi birligi. Miloddan avvalgi VI asrdan boshlab kumush tanga shaklida muomalaga kiritilgan, vazni oldin 4,25 gramm, keyinchalik 4,32 gramm bo\u2018lgan. 1954 yildan buyon Gretsiya puli.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Vona.&nbsp;<\/strong>KXDR va Koreya Respublikasi valyutalari. 1947 yili Koreya bankining amaldagi iyenasi o\u2018rniga chiqarilgan.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Iena.&nbsp;<\/strong>Allazamonlar Yaponiyaning vazni 1,5 gramm sof oltinga yoki 2,3 gramm kumushga teng bo\u2018lgan tangasi. Hozir ushbu mamlakat pul birligi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Krona.&nbsp;<\/strong>Nemischa krone, slavyancha korona&nbsp;<em>(toj)<\/em>. XIV-XVII asrlarda Frantsiya, XVI-XVII asrlarda Angliya va boshqa mamlakatlarning oltin tangasi hisoblangan. 1924 yilgacha Avstriya va Vengriyaning, bugungi kunda Chexiya, Slovakiya, Skandivaniya, Daniya, Islandiya, Shvetsiya, Norvegiya&nbsp;<em>(krona, krone)<\/em>, Estoniya&nbsp;<em>(kroon<\/em>), Slovakiya va Chexiya&nbsp;<em>(koruna)<\/em>ning asosiy puli.<\/p>\n\n\n\n<p>So\u2018ngso\u2018z o\u2018rnida eslatish joizki, dinorning mingdan bir ulushi Bahrayn, Quvayt, Iroqda \u2013 fils, Liviyada \u2013 dirham, yuzdan biri Yugoslaviya, Bosniya va Gertsegovinada \u2013 par, Jazoirda \u2013 sentim, Iordaniyada \u2013 piastr, Tunisda \u2013 frank, o\u2018ndan biri Sudanda \u2013 funt, liraning yuzdan biri Italiyada \u2013 chentizimo, Turkiyada \u2013 kurush, funtniki MAP, Kipr, Livan, Suriya va Sudanda \u2013 piastr, Gibraltar va Irlandiyada \u2013 pens, kronaniki Estoniyada \u2013 tsent, Skandivaniya, Daniya, Islandiya, Shvetsiya, Norvegiyada \u2013 eyre, Slovakiya va Chexiyada \u2013 geller deb yuritiladi. Funt sterlingning yuzdan biri pens, drahmaniki leta, vonaniki chon, iyenaniki sen nomini olgan. Yevro va shillingning, AQSh, Kanada, Niderlandiya va boshqa ayrim davlatlar dollarlarining yuzdan bir ulushi esa tsent deyiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pul forscha-tojikcha so\u2018z bo\u2018lib, mohiyatan baliq tangasi, aqcha, sarmoya, mablag\u2018, maosh, eskicha kitobiy tilda ko\u2018prik, oldi-sotdi va to\u2018lov muomalalarida narx-navo, qiymat ramzi bo\u2018lmish metall yoki qog\u2018oz belgi, ba\u2019zi yerlarda yarim &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/pullar-pullar-eh-pullar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2729,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[25],"tags":[],"class_list":["post-2728","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qiziqarli-faktlar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2728","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2728"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2728\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2730,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2728\/revisions\/2730"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2729"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2728"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2728"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2728"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}