{"id":27284,"date":"2022-05-21T16:02:59","date_gmt":"2022-05-21T13:02:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27284"},"modified":"2022-05-21T16:03:00","modified_gmt":"2022-05-21T13:03:00","slug":"ona-suti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ona-suti\/","title":{"rendered":"ONA SUTI"},"content":{"rendered":"\n<p>ONA SUTI, ko&#8217;krak suti \u2014 emizikli ayolning sug bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik (sekret). Ona suti go&#8217;dak uchun eng yaxshi oziqa hisoblanadi, chunki bu davrda u tarkibi va oziq moddalar nisbatiga ko&#8217;ra go&#8217;dakning ovqat hazm qilish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga mos keladi. Ona bilan bola o&#8217;rtasida homiladorlikning dastlabki kunlaridan boshlaboq &#8220;ona\u2014yo&#8217;ldosh\u2014 homila&#8221; tarzida o&#8217;zaro mustahkam aloqa bog&#8217;lanadi, bola dunyoga kelgach esa bu munosabat &#8220;ona \u2014 ko&#8217;krak suti \u2014 bola&#8221; tariqasida davom etadi. Shu uzviylik tufayli bola opadan kerakli oziq va biologik faol moddalarni oladi, shuningdek, ona bilan bola o&#8217;rtasida mehr rishtalari bog&#8217;lanadi. Ona suti haqidag&#8217;i dastlabki ma&#8217;lumotlar Ibn Sino qo&#8217;lyozmalarida ham qayd etilgan. U Ona sutini quyosh nuriga qiyos qilgan, chunki yer yuzidagi barcha tirik mavjudot (o&#8217;simliklar dunyosi) uchun quyosh nuri qanchalik zarur bo&#8217;lsa, o&#8217;sayotgan murg&#8217;ak uchun ham Ona suti shunchalik zarur. Bola tug&#8217;ilgandan so&#8217;ng dastlabki 2-3 kunda onaning sut bezi sargimtir rangli suyuqlik \u2014 og&#8217;iz suti ajratadi. U yenligina dunyoga kelgan murg&#8217;akka eng zarur ovqat; unda oqsil, tuz, shuningdek, yog&#8217;tomchilari bo&#8217;ladi. Yangi tug&#8217;ilgan chaqaloq ona ko&#8217;kragiga qancha erta tutilsa, shuncha ko&#8217;p og&#8217;iz sutidan bahramand bo&#8217;ladi. Shuning uchun ham onaning ko&#8217;zi yorishi bilan dastlabki 20-30 daqiqada chaqaloqni onasining ko&#8217;ksiga yotqizib, har ikki ko&#8217;krakdan emizishga yordamlashish maqsadga muvofiq. Ilk soatdagi bir lahzali &#8220;badanma-badan&#8221; jismiy yaqinlik ona bilan murg&#8217;ak o&#8217;rtasidagi aloqani yanada mustahkamlaydi. Tug&#8217;ruqdan keyingi birinchi hafta oxiridan yog&#8217;larga boy bo&#8217;lgan o&#8217;tkinchi sut, 2-4 haftadan keyin doimiy sifatli sut paydo bo&#8217;ladi. Yetilgan Ona suti tarkibida barcha zarur oziq modlalar va vitaminlar bor; ular to&#8217;liq hazm bo&#8217;lish va singish xususiyatiga ega. Ona suti yengil hazm bo&#8217;ladigan, to&#8217;yimli, turli mikroblardan xoli, pishirish va isitishni talab qilmaydigan tayyor oziq. Unda 100 dan ortiq kerakli moddalar bo&#8217;lib, u faqat miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bolaning yoshiga, sog&#8217;ligiga mos keladi. Ona sutidagi oqsil, yog&#8217;, uglevodlar tarkibi yangi tug&#8217;ilgan bola organizmidagi xuddi shunday modsalar tarkibiga yaqin turadi. Ona sutida oqsil, yog&#8217; uglevodlar 1:3:6 nisbatda bo&#8217;ladi va bola ehtiyojini to&#8217;la qoplaydi. Sut oqsillari juda to&#8217;yimli va chaqaloq ichagida yengil hazm bo&#8217;ladi. Yog&#8217;lar ham emulsiya holida bo&#8217;lgani uchun to&#8217;la-to&#8217;kis so&#8217;rilib ketadi. Ona suti tarkibidagi uglevodlar oziqli xususiyatidan tashqari, ichaklarda mikroblarning o&#8217;sishiga to&#8217;sqinlik qiladi va shu tariqa ovqat hazm bo&#8217;lishini osonlashtiradi. Ona sutida zarur miqdorda tuzlar, ayniqsa kaltsiy va fosfor tuzlari bo&#8217;ladi, ular bola skeletining to&#8217;gri shakllanishi va rivojlanishi uchun goyat muhim. Ona sutidagi mineral moddalar va vitaminlar o&#8217;sayotgan bola ehtiyojiga mos keladi va organizmda yaxshi singishi bilan sigir sutidagi shunday moddalardan farq qiladi. Ona sutidagi tsmir moddasining ahamiyati nihoyatda katta, uning o&#8217;zlashtirilipsh Ona sutida odatda 70%ni tashkil etsa, sigir sutida 30%, aralashmalarda esa 10%ni tashkil etadi. Soglom onadan tug\u2019ilgan soglom bolalarda temir zaxirasining etishmagan qismi Ona suti hisobiga to&#8217;ldiriladi, lekin bola ona sutidan sigir suti yoki aralashmaga o&#8217;tkazilsa unda kamqonlik rivojlanishi mumkin. Ona sutida vitamiplar miqdori tez o&#8217;zgaruvchan bo&#8217;lishiga qaramay bola ehtiyojini dastlabki oylarida to&#8217;liq qoplaydi. Ona sutida &#8220;o&#8221; vitamini uncha ko&#8217;p emas, shuning uchun emizikli chaqaloqni o&#8217;z vaqtida toza havoga, quyosh nuriga olib chiqib turilsa, bolaning &#8220;o&#8221; vitaminga bo&#8217;lgan ehtiyoji to&#8217;la-to&#8217;kis qondiriladi. Ona suti turli kasallik viruslari va mikroblariga qarshi moddalar \u2014 antitelolarga boy bo&#8217;ladi. Bolani emizganda iloji boricha ko&#8217;krakda yig&#8217;ilgan hamma sutni bola bir emganda tugatishiga harakat qilish lozim, aks holda, bola o&#8217;ziga kerakli sutning yuqori kaloriyali qismini ololmaydi, go&#8217;dakni emizib bo&#8217;lgach, ko&#8217;krakda qolgan sutni, hatto u kam bo&#8217;lsa-da, oxirgi tomchisigacha sog&#8217;ib olish lozim, bu sut ko&#8217;payishiga yordam beradi. Tadqiqotlarning ko&#8217;rsatishicha Ona suti bolani rak kasalliklaridan saqlaydi, uning bu jihatini o&#8217;rgangan olimlar, Rakka qarshi dori ishlab chiqarishda bundan foydalanish mumkinligini aytishmoqda. Bola ona sutidan ajratilsa va sigir suti yoki sutli aralashmalar bilan boqilsa, u muhim himoya omillaridan mahrum bo&#8217;ladi, bu bolaning ichi ketishi, ovqat hazm qilish sistemasining buzilishi singari noxushliklarga olib keladi. Ona suti onaning o&#8217;zini ham turli kasalliklardan saqlandi; sut bezlari raki, ginekologik kasalliklar bolani ko&#8217;kragi bilan emizmagan ayollarda 20\u2014 25 barobar ko&#8217;p uchraydi. Bolani ko&#8217;krak suti bserib boqqan onalarda kamqonlik kam kuzatiladi. Kuzatuvlarga ko&#8217;ra, Ona sutiga ona organizmiga tushadigan hamma moddalar o&#8217;tadi, shunga ko&#8217;ra emizikli ayol o&#8217;z ovqagiga katta e&#8217;tibor berishi, u to&#8217;gri va to&#8217;yimli ovqatlanishi, yetarli miqdorda suyuqlik, meva sharbatlari ichib turishi, sof havodan bahramand bo&#8217;lishi, tiniqib uxlashi lozim. Shuhrat Tursunov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ONA SUTI, ko&#8217;krak suti \u2014 emizikli ayolning sug bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik (sekret). Ona suti go&#8217;dak uchun eng yaxshi oziqa hisoblanadi, chunki bu davrda u tarkibi va oziq moddalar nisbatiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ona-suti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[190],"tags":[],"class_list":["post-27284","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qoshimcha-harflar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27284","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27284"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27284\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27286,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27284\/revisions\/27286"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27284"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27284"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27284"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}