{"id":27294,"date":"2022-05-21T16:24:45","date_gmt":"2022-05-21T13:24:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27294"},"modified":"2022-05-21T16:24:46","modified_gmt":"2022-05-21T13:24:46","slug":"perro-sharl","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/perro-sharl\/","title":{"rendered":"PERRO SHARL"},"content":{"rendered":"\n<p>PERRO SHARL (1628.12.1, Parij -1703.16.5) \u2014 frantsuz shoiri va tanqidchisi. Frantsiya akademiyasi a&#8217;zosi (1671). 19-asr frantsuz adabiyotida avj olgan &#8220;qadimgilar va yangilar bahsi&#8221;da ishtirok etib, zamondosh yozuvchilarning qadimgi yozuvchilardan afzalligini yoqlab chiqqan va shu bilan shuhrat qozongan. Ilk parodiyali dostoni \u2014 &#8220;Troya devori&#8221; (1653). Shundan keyin uning &#8220;Buyuk Lyudovik asri&#8221; (1687) dostoni hamda 4 jildli &#8220;san&#8217;at va fan masalasida qadimgilar bilan yangilar o&#8217;rtasidagi qiyoslar&#8221; (1688\u2014 89) dialog shaklida yozilgan asari, &#8220;ayollarning ta&#8217;rifu tavsifi&#8221; (1694) satirik she&#8217;ri e&#8217;lon qilingan. Perro so&#8217;nggi 2 asarida Bualo singari zamondoshlari bilan bahs-munozara yuritgan. Perroning adabiyotning ma&#8217;rifiy ahamiyati hamda adabiy taraqqiyotning fan va tamaddunga bog&#8217;liqligi masalasidagi qarashlari frantsuz ma&#8217;rifatparvarlari tomonidan rivojlantirilgan. Ammo Perroning frantsuz adabiyotidagi katta o&#8217;rni &#8220;Onaginam Gusina bonuning ertaklari yoki o&#8217;tgan zamonlarning ibratli voqea va ertaklari&#8221; to&#8217;plami bilan belgilanadi. Mazkur to&#8217;plam Perroning o&#8217;g&#8217;li Darmankur nomidan e&#8217;lon qilingan. U dastlab 8 ta ertakdan tashkil topgan bo&#8217;lib, keyinchalik yana 3 ta she&#8217;riy ertak hisobiga boyigan. Frantsuz adabiyotidagi antik madaniyat an&#8217;analariga qarshi kurashgan Perro xalq ertaklariga xos &#8220;qissadan hissa&#8221; chiqarish tamoyilini samarali, deb hisoblagan. U ertakka hazil-mutoyibalar yordamida chinakam xalq ijodiga xos latofat va jozibani olib kirdi. Perro &#8220;Ertaklar&#8221;i frantsuz adabiyotida xalqchillikning oshishi va ertakning adabiy janr sifatida rivojlanishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Perroning ertaknavislik an&#8217;analari akauka Grimmlar, L.Tik, X.K.Andersen singari yozuvchilar tomonidan davom ettirildi. Perroning &#8220;Zolushka&#8221;, &#8220;Etik kiygan mushuk&#8221;, &#8220;ko&#8217;k soqol&#8221; singari ertaklari asosida opera va balet spektakllari, multfilmlar yaratilgan. Perroning ayrim ertaklari o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. As: Volshebnne skazki, M., 1984.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>PERRO SHARL (1628.12.1, Parij -1703.16.5) \u2014 frantsuz shoiri va tanqidchisi. Frantsiya akademiyasi a&#8217;zosi (1671). 19-asr frantsuz adabiyotida avj olgan &#8220;qadimgilar va yangilar bahsi&#8221;da ishtirok etib, zamondosh yozuvchilarning qadimgi yozuvchilardan afzalligini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/perro-sharl\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[190],"tags":[],"class_list":["post-27294","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qoshimcha-harflar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27294","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27294"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27294\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27298,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27294\/revisions\/27298"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27294"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27294"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27294"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}