{"id":27331,"date":"2022-05-21T17:05:35","date_gmt":"2022-05-21T14:05:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27331"},"modified":"2022-05-21T17:05:36","modified_gmt":"2022-05-21T14:05:36","slug":"sardoba-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sardoba-tumani\/","title":{"rendered":"SARDOBA TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>SARDOBA TUMANI &#8211; Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1964 yil 30 aprelda tashkil etilgan. 1992 yildan Sharof Rashidov tumani, 2004 yil 24 maydan Sardoba tumani deb ataldi. Tuman shimoldan Oqoltin, sharqdan Xovos tumanlari, g&#8217;arbdan Jizzax viloyatining Paxtakor, Jan.dan Zarbdor tumanlari bilan chegaradosh. Sardoba tumanida 1 shaharcha (Paxtaobod), 7 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Gulzor, Guliston, Paxtaobod, Yangiobod, Yangi-qishloq, Cho&#8217;lquvar, Qo&#8217;rg&#8217;ontepa) bor. Maydoni 0,52 ming kilometr kvadrat. Aholisi 51,9 ming kishi (2004). Markazi \u2014 Paxtaobod shaharchasi. Tabiati. Tuman relefi pasttekislik. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -13\u00b0, iyulniki 30\u00b0. Yillik yog\u2019in 297 millimetr (asosan, bahor va qish oylarida yog&#8217;adi). Vegetasiya davri 261 kun. Tuproqlari qumoq va o&#8217;rtacha qumoq bo&#8217;z tuproqlar. Sho&#8217;rni qochirish uchun 154,9 kilometr uzunlikda ochiq zovurlar, 457 kilometr uzunlikda ichki xo&#8217;jalik zovurlari va 3310 kilometr uzunlikda yopiq yer osti zovurlari qazilgan. Sardoba tumani yerlari Janubiy Mirzacho&#8217;l kanalidan sug&#8217;oriladi. Yovvoyi o&#8217;simliklardan qo&#8217;ng&#8217;irbosh, rang, Iloq, qiyoq, sho&#8217;ra, shuvoq, yantoq, qamish, paxta-tikan, burgan, ituzum, g&#8217;umay, ajriq, yulg&#8217;un, jiyda, tol, terak, qayrag&#8217;och o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo&#8217;rsiq, chiyabo&#8217;ri, bo&#8217;ri, tipratikan, toshbaqa, kaltakesak, ilon, kalamush, yumronqoziq, sichqon; hasharotlardan chayon, qoraqurt, biy; qushlardan cho&#8217;l burguti, yovvoyi o&#8217;rdak, tustovuq, laylak bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, qirg&#8217;iz, tojik, qozoq, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 99 kishi. Shahar aholisi 13,2 ming kishi, qishloq aholisi 38,7 kishi (2004). Xo&#8217;jaligi asosan, paxtachilik va g&#8217;allachilikka ixtisoslashgan. Chorvachilik, pillachilik, sabzavotchilik ham rivojlangan. Meva, poliz ekinlari, kartoshka yetishtiriladi. Qoramol, qo&#8217;y va echki, parranda boqiladi. Tumanda jami yer maydoni 51,8 ming gektar bo&#8217;lib, shundan 35,5 ming gektar ekinzor. 16,5 ming gektar yerga paxta, 11,3 ming gektar yerga g&#8217;alla ekiladi. 660 ga yaqin dehqon fermer xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, kichik, o&#8217;rta biznes va yirik korxonalar ishlab turipti. Dehqon bozori, 53 savdo, 22 maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchasi bor. Tumanda 21 umumiy ta&#8217;lim maktabi (11,3 ming o&#8217;quvchi), 3 kasb-hunar kolleji ishlab turibdi. Tuman Markaziy kutubxonasi va uning shoxobchalari, madaniyat muassasalari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Stadion, sportzallar, voleybol, basketbol, qo&#8217;l to&#8217;pi maydonchalari mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, feldsherakusherlik punktlari, ambulatoriyalar aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. 1959 yil 5 maydan &#8220;sharafli yo&#8217;l&#8221; gazetasi chop etiladi. Qosim Yoqubov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>SARDOBA TUMANI &#8211; Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1964 yil 30 aprelda tashkil etilgan. 1992 yildan Sharof Rashidov tumani, 2004 yil 24 maydan Sardoba tumani deb ataldi. Tuman shimoldan Oqoltin, sharqdan Xovos &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/sardoba-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[190],"tags":[],"class_list":["post-27331","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-qoshimcha-harflar","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27331","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27331"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27331\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27338,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27331\/revisions\/27338"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27331"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27331"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27331"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}