{"id":27377,"date":"2022-05-21T20:40:01","date_gmt":"2022-05-21T17:40:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27377"},"modified":"2022-05-21T20:40:02","modified_gmt":"2022-05-21T17:40:02","slug":"tabariy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tabariy\/","title":{"rendered":"TABARIY"},"content":{"rendered":"\n<p>TABARIY, Abu Ja&#8217;far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy [839, Tabariston (Eron)ning Amul shahri \u2014 923.16.2, Bag&#8217;dod] \u2014 tarixchi, faqih va filolog. Mahalliy zodagon oilasida tug&#8217;ilgan. Amul shahrida dastlabki ta&#8217;limni olgan. Rayda mashhur muhaddis va faqihlar qo&#8217;lida o\u2019z bilimini oshirgan. So&#8217;ngra Bag&#8217;dod, Basra, Kufaga borib, zamonasining mashhur ulamolariga shogird tushgan. 867 yil Misrga borganida yetuk olim sifatida e&#8217;tirof etilgan. U Bag&#8217;dodga qaytgach, &#8220;aljaririyya&#8221; deb atalgan o&#8217;zining fiqh (huquq) maktabiga asos solgan. Uning tarafdorlari Ibn Xanbal qarashlarini tanqid qilishgan. Ahmad bin Komil Abu Bakr, Abdulaziz bin Muhammad atTabariy, Abdulloh bin Ahmad al-Farg&#8217;oniy uning yetuk shogirdlari edi. Tabariy fiqh va tarix ilmlarini mukammal egallab, bu ilmlar va Qur&#8217;on, hadislar bo&#8217;yicha Arab tilida 20 dan ortiq asarlar yozgan. &#8220;Kitob ixtilof alfuqaho&#8221; (&#8220;Faqihlarning ixtiloflari haqida kitob&#8221;) asari turli maktablarga mansub faqihlar dunyoqarashining tahliliga bag&#8217;ishlangan. Qur&#8217;oni Karim tafsiriga bag&#8217;ishlangan &#8220;tafsir alqur&#8217;on&#8221; (20 jild, 30 jild qilib nashr etilgan) asari uni musulmon olamiga tanitgan. &#8220;Tarix arrusul valmuluk&#8221; (&#8220;Payg&#8217;ambarlar, podshoxlar va xalifalar tarixi&#8221;, &#8220;tarixi Tabariy&#8221; nomi bilan mashhur) asarida qadimgi Eron podshohlari, Rim va Vizantiya imperatorlari, xalifalik hududidagi yurtlar (xususan, Xuroson va Movarounnahr) ning 915 yilgacha bo&#8217;lgan tarixi o&#8217;z ifodasini topgan. Asarda Turkiston xalqlarining Arab bosqinchilariga qarshi kurashi va qo&#8217;zg&#8217;olonlar (Buxoro, Vardona, Samarqand va Farg&#8217;onadagi janglar; Abu Muslim harakati, Muqanna qo&#8217;zg&#8217;oloni, Rofe ibn Lays qo&#8217;zg&#8217;oloni va hokazolar) ham ko&#8217;rsatilgan. &#8220;Tarixi Tabariy&#8221; asari bizgacha to&#8217;liq yetib kelmagan. Uning Arab tilidagi mavjud matni M. Ya. de Gue (1836-1909) tarafidan Leydenda 15 jild qilib nashr etilgan (1879-1901). Bu asarni Bal&#8217;amiy qayta ishlab va yangi ma&#8217;lumotlar bilan boyitib, fors tiliga tarjima qilgan. Bal&#8217;amiy asari (&#8220;Tabariy \u2014 Bal&#8217;amiy tarixi&#8221; nomi bilan ham mashhur) ni Tabariy Zotenberg frantsuz tiliga (1874), Muhammad Yusuf Bayoniy o&#8217;zbek tiliga (1882) tarjima qilishgan. &#8220;Tarixi Tabariy&#8221; V.I. Belyaev tomonidan arabchadan rus tiliga qisqartirilgan qolda tarjima qilingan va Toshkentda nashr etilgan (1987). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondlarida bu asarning Muhammad Qodiq Koshg&#8217;ariy (18-asr) tomonidan Uyg\u2019ur, Bayoniy (19-asr) tomonidan o&#8217;zbek tiliga qilingan tarjimasi saklanadi. As: Istoriya at Tabari, Izbrannie otrivki (perevod s arabskogo V.I.Belyaeva), T., 1987. Ad.: Materiali po istorii Sredney i Tsentralnoy Azii X\u2014XIX vv., T., 1988. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TABARIY, Abu Ja&#8217;far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy [839, Tabariston (Eron)ning Amul shahri \u2014 923.16.2, Bag&#8217;dod] \u2014 tarixchi, faqih va filolog. Mahalliy zodagon oilasida tug&#8217;ilgan. Amul shahrida dastlabki ta&#8217;limni olgan. Rayda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tabariy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-27377","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27377","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27377"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27377\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27381,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27377\/revisions\/27381"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27377"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27377"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27377"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}