{"id":27688,"date":"2022-05-22T13:52:42","date_gmt":"2022-05-22T10:52:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27688"},"modified":"2022-05-22T13:52:43","modified_gmt":"2022-05-22T10:52:43","slug":"tabiat-resurslari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tabiat-resurslari\/","title":{"rendered":"TABIAT RESURSLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>TABIAT RESURSLARI, tabiiy boyliklar \u2014 jamiyatning moddiy va ma&#8217;naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xo&#8217;jalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur bo&#8217;lgan, uni o&#8217;rab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, erning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, o&#8217;simliklar, tuproklar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (ko&#8217;ptina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, erning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga bo&#8217;linadi. Tabiiy xom ashyolarni ko&#8217;p darajada iste&#8217;mol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bog&#8217;liq ravishda Tabiat resurslari bilan ta&#8217;minlash muammolari yanada dolzarblashib bormokda. Tuproq, atmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur bo&#8217;lib, Tabiat resurslari muhofazasi global xarakterna ega bo&#8217;lmoqda. Tabiat resurslarini o&#8217;zlashtirishning muhim bosqichlari \u2014 ularni aniqlash (razvedka qilish), o&#8217;rganish, alohida turlari bo&#8217;yicha kadastrlar (masalan, yer kadastri, suv kadastri) tuzishdan iborat. O&#8217;zbekiston Respublikasida Tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;Davlat kadastrlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221; qonuni (2000 yil 15 dekabr)ga muvofiq olib boriladi. Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 3 tipi mavjud: texnologik, iktisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini to&#8217;g&#8217;ri baholash ulardan foydalanishda eng yuqori samaralarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Inson tafakkuri o&#8217;sishi bilan bog&#8217;liq holda Tabiat resurslari turlari ham kengayib bormoqda, bunda eng zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanib borishi bilan tugaydigan Tabiat resurslari o&#8217;rnini bosuvchi yangi sun&#8217;iy materiallar ishlab chiqarilmoqsa, dunyo okeani boyliklari o&#8217;zlashtirilmoqsa. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi yo&#8217;lida Tabiat resurslaridan samarali foydalanish va tabiatda ekologik muvozanatni ta&#8217;minlab turuvchi yangi sifatli texnologiyalarni yaratish talab etilmokda. Xom ashyo va energiya manbalaridan rejali tarzda foydalanish uni uzoq muddatga etishini ta&#8217;minlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TABIAT RESURSLARI, tabiiy boyliklar \u2014 jamiyatning moddiy va ma&#8217;naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xo&#8217;jalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur bo&#8217;lgan, uni o&#8217;rab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tabiat-resurslari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-27688","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27688","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27688"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27688\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27694,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27688\/revisions\/27694"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27688"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27688"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27688"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}