{"id":2777,"date":"2021-10-02T20:59:26","date_gmt":"2021-10-02T17:59:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2777"},"modified":"2024-07-22T11:44:01","modified_gmt":"2024-07-22T08:44:01","slug":"mahmud-tarobiy-ozodlik-kurashchisi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mahmud-tarobiy-ozodlik-kurashchisi\/","title":{"rendered":"Mahmud Tarobiy \u2013 ozodlik kurashchisi"},"content":{"rendered":"\n<p>Mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlari uch yil mobaynida Turkiston zaminini qonga belab va vayronaga aylantirib o\u2019zlarining hukmronligini o\u2019rnatdilar. Yillar o\u2019tib boraberdi, lekin qirg\u2019in-barotlarni va vayronagarchiliklarning dahshatli oqibatlari hamon ko\u2019zga tashlanib turdi. Shu bois bu g\u2019oyatda fojeali voqeaning tilga olmagan birorta tarixchini topish amri mahol. XIII asrning ikkinchi yarmi \u2013 XIV asrning boshlarida yashagan Rashididdin shunday yozgan edi: \u201cSolnomalarni aql-idrok bilan o\u2019rganish shu haqda guvohlik beradiki inson zoti dunyoga kelgandan buyon mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlari tomonidan qilingan vayronalar hech bir mamlakatda bo\u2019lgan emas. Chingizxon va uning avlodlariga o\u2019xshab odamlarni ko\u2019p kirgan va ko\u2019p mamlakatlarni bosib olgan hukmdorlar hech qachon bo\u2019lmagan. Hatto, nomi chiqqan jahongashta makedoniyalik Aleksandr ham Chingizxonga tenglasha olmaydi. Chingizxon shohmay harakat qilib ko\u2019p xalqlarni bo\u2019ysindirdi. Uning o\u2019g\u2019illari va so\u2019ngra avlodlari urushib olingan yerlarni saqlash bilan bir vaqtda boshqa mamlakatlarni ham bosib oldilar. Bosqinchilarning urushi jarayonida yirik shahar va viloyatlarning aholisi shu darajada ko\u2019p o\u2019ldirildiki, tirik qolganlar ozchilikni tashkil etdi. Masalan, Turkiston, Balx, Shaburgan, Talikan, Marv, Saraxs, Hirot, Ray, Hamadon, Qum, Isfahon, Marag, Ardabil, Barda, Gyandja, Bag\u2019dod, Mavsil, Irbil va boshqa bu shaharlarga tegishli viloyatlarda shunday fojea sodie bo\u2019lgan edi\u2026 Mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlari ko\u2019p o\u2019tib turgan viloyatlarda esa odamlar ko\u2019p o\u2019ldirilgan yoki ular qochib jon saqladilar. Turar joylari esa kultepaga aylantirildi. Hozirda faqat o\u2019ndan bir qismi joylardagina obodonchilik va bunyodkorlik ko\u2019zga tashlanmoqda. To\u2019g\u2019ri ayrim joylarda sun\u2019iy sug\u2019orish, bozorlarni va shaharlarni tiklashga harakat qilinmoqda, lekin bu ishlarning oxiriga yetkazilmaganligi guvohi bolib turibmiz. Bordiyu ko\u2019rsatilgan ishlar nihoyasiga yetkazilganda ham vayrona bo\u2019lib yotgan joylarda solishtirsa hech narsaga arzimaydi\u2026\u201d. Darhaqiqat Turkiston hududida shahar va qishloqlar o\u2019zlarining asl holiga kelmagan edi. Bu kamdek mo\u2019g\u2019ul hukmdorlarining zulmi va talon-taroji tobora kuchayib bora berdi. Ma\u2019lumki ular ko\u2019chmanchi va yarim ko\u2019chmanchi bo\u2019lganliklari uchun davlat boshqaruvi bo\u2019yicha bilimga tajribaga ega bo\u2019lmaganlar. Shuning uchun ular mahalliy yuqori tabaqaning sotqin guruhlariga tayangan holda ish yuritdilar. Xususan, Chingizxonga katta yordam bergan Mahmud Yalavoch Movarounnahrnning boshqaruvchisi etib tayinlandi. Bu kishi Xo\u2019jand shahrini o\u2019ziga poytaxt etib, bosqinchilarga sidqidillik bilan xizmat qiladi. U shu darajada boyib ketgan ediki, o\u2019lkadan olinadigan soliq va boshqa to\u2019lovlarni oldindan bosqichilarga o\u2019z hisobidan to\u2019lagan. So\u2019ngra yil davomida soliqlarni oshig\u2019i bilan o\u2019z foydasiga yig\u2019ib ola bergan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahmud Yalavochning ixtiyorida mo\u2019g\u2019ullardan tashkil topgan harbiy qismlar bo\u2019lib, ular butun o\u2019lka xalqini o\u2019z sirtmog\u2019ida ushlab turganlar. O\u2019sha harbiy qismlarning ta\u2019minoti xalqning zimmasiga yuklatilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xullas, mo\u2019g\u2019ullarning hukmronligi moddiy va ma\u2019naviy qashshoqlikni, adolatsizlik va zo\u2019ravonlikni keltirdi, xolos. Agar xalq mana shunday misli ko\u2019rilmagan og\u2019ir hayotga qarshi bosh ko\u2019tarsa yuqorida ta\u2019kidlangan fojealarning takrorlanishi turgan gap edi. Ammo xalqning erksevarligi ustun kelib qo\u2019zg\u2019olon ko\u2019tardi. Bunga Buxoro yaqinidagi Tarob qishlog\u2019ida elakchilik kasbi bilan shug\u2019ullanuvchi Mahmud Tarobiy boshchilik qildi. U jamoa ahliga shunday dedi: \u201cEy adolat himoyachilari! Nima uchun kurashni kutishimiz va kechiktirishimiz kerak, mamlakatni g\u2019ayridinlar (mo\u2019g\u2019ullar)dan ozod etish zarur. Har kim darhol qurollanib ishga kirishsin!\u201d. Xalq olomoni bu chaqiriqni to\u2019la quvvatlab qo\u2019llariga nima tushsa shular bilan qurollanib, shaharga bostirib kirdilar. Ular bu yerda hokimiyat saroyini egalladilar. Qo\u2019zg\u2019olonni uyushtirishda taniqli olim Shamsiddin Mahbubi faol qatnashadi. U mazlum xalqni kurashga da\u2019vat etib Mahmud Tarobiy bilan birga qo\u2019zg\u2019olonga boshchilik qiladi. Kun sayin qo\u2019zg\u2019olonga qo\u2019shilgan dehqon va hunarmandlarni soni oshib bordi. Ular bosqinchilar xizmatini qilib boyigan kishilarni o\u2019ldirdilar va mol-mulkini taladilar. Shahar ma\u2019muriyatinign vakillari qo\u2019zg\u2019olon haqida Xo\u2019janddagi Mahmud Yalavochga yordam so\u2019rab choparni yubordilar. Shuningdek Mahmud Tarobiyni yashirincha o\u2019ldirish rejasini tuzdilar. U bundan xabar topib, xavfsizlikni ta\u2019minlash maqsadida shaharning biqinidagi Abu Xafas nomli tepalikka o\u2019rnashadi. Bu yerda uning atrofiga uzoq-yaqin joylardan kelgan ko\u2019p odamlar jipslashadi. So\u2019ngra u katta kuch bilan shaharga kelib hokimiyat saroyiga o\u2019rnashib nufuzli kishilarni huzuriga taklif etadi. Bu vaqtda uning mavqei shu darajada kuchayib ketgan ediki, ruhoniylarning sardori Burxoniddin Mahmud Tarobiyga xalifalik hokimiyati vakolatini beradi. Bu bilan uning hokimiyati rasmiylashtirilgan edi. Shundan keyin Mahmud Tarobiy mo\u2019g\u2019ullarning xizmatidagi nufuzli kishilarni o\u2019ldirtiradi, mol-mulkini talatadi. Hamda xalqning, xususan kambag\u2019allarning manfaatini ko\u2019zlab ish yuritadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mahmud Tarobiyning jazosidan qochib qutilgan mahalliy yuqori tabaqa vakillari Karmanaga borishib, mo\u2019g\u2019ullar bilan birgalikda harbiy tayyorgalikni ko\u2019radilar. O\u2019z navbatida Mahmud Tarobiy ham dushmanga qarshi jangga tayyorlanmoqda edi. Shu orada shahar atrofidagi qishloqlarning aholisi bolta, ketmon va boshqa narsalar bilan qurollanib, qo\u2019zg\u2019olonchilarga qo\u2019shildilar. Ko\u2019p o\u2019tmay qo\u2019zg\u2019olonchilar bilan mo\u2019g\u2019ullar qo\u2019shinlarining o\u2019rtasida qattiq jang bo\u2019lib 10 ming kishi o\u2019ldirildi. Ammo jangda Mahmud Tarobiy va Shamsiddin Mahbubi halok bo\u2019ldilar. Natijada qo\u2019zg\u2019olonchilar o\u2019zlarining mohir boshliqlaridan judo bo\u2019lishib og\u2019ir ahvolga tushib qoldilar. Mahmud Tarobiyning ukalari \u2013 Muhammad va Ali qo\u2019zg\u2019olon rahbarligiga o\u2019tkazildi. Biroq ular qobiliyatsiz kishilar bo\u2019lib chiqdilar. Bu qo\u2019zg\u2019olonchilarga salbiy ta\u2019sir ko\u2019rsatdi. O\u2019sha ko\u2019rsatilgan jangdan bir hafta o\u2019tgandan keyin Ildiz nuyon va Chaqan ko\u2019rchi boshchiligida katta qo\u2019shin Buxoroga kelib qo\u2019zg\u2019olonchilarga qarshi hjum qiladi. Har ikki tomon o\u2019rtasida dahshatli jang bo\u2019lib qo\u2019zg\u2019olonchilardan 20 ming kishi o\u2019ldirildi. Bunchalik ko\u2019p sonli kishilarning o\u2019ldirilishi qo\u2019zg\u2019olonni g\u2019oyatda keng quloch yoyganligidan dalolat beradi. Bu yerda favqulodda o\u2019ldirilmay qolgan va qochgan kishilarni hisobga olsak u vaqtda qo\u2019zg\u2019olonchilarning soni yana bir necha mingga ko\u2019payadi. Urush paytida Mahmud Tarobiyning ikkita ukasi ham o\u2019ldiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Qo\u2019zg\u2019olonning ko\u2019tarilishi va dushmanga qarshi olib borilgan qattiq janglar o\u2019zbek xalqining mustaqillik va ozodlik g\u2019oyasining mahsuli hisoblandi. Bu g\u2019oya mo\u2019g\u2019ul hukmdorlarining vahshiyona qirg\u2019ini va vayronalariga qaramay o\u2019zining kuch-qudratini namoyish etgan edi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mo\u2019g\u2019ul qo\u2019shinlari uch yil mobaynida Turkiston zaminini qonga belab va vayronaga aylantirib o\u2019zlarining hukmronligini o\u2019rnatdilar. Yillar o\u2019tib boraberdi, lekin qirg\u2019in-barotlarni va vayronagarchiliklarning dahshatli oqibatlari hamon ko\u2019zga tashlanib turdi. Shu bois &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/mahmud-tarobiy-ozodlik-kurashchisi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-2777","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2777","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2777"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2777\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2780,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2777\/revisions\/2780"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2777"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2777"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2777"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}