{"id":2781,"date":"2021-10-02T22:01:04","date_gmt":"2021-10-02T19:01:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2781"},"modified":"2024-07-22T11:43:54","modified_gmt":"2024-07-22T08:43:54","slug":"amir-temur-xalq-xaloskori","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-xalq-xaloskori\/","title":{"rendered":"Amir Temur \u2013 xalq xaloskori"},"content":{"rendered":"\n<p>XIV asrning 50-60 yillarida o\u2019lkada parokandalik avj olib keng mehnatkash ommaning ahvoli yanada yomonlashdi. Shunday sharoitda Temur siyosiy maydonga chiqdi hamda vatan mustaqilligini tiklash uchun u nihoyatda mashaqqatli va xavf-xatarli yo\u2019lni bosib o\u2019tdi. Shunisi diqqatga sazovorki, Temur yoshligidanoq aql-idrokli, jasoratli va kelajagi porloq siymo sifatida tanildi. O\u2019rta asr muallifi Mavlono Lutfilloh Nishaburiy so\u2019ziga ko\u2019ra Temur 7 yoshligida otasi Tarag\u2019ay bilan qarindoshlarinikiga borgan. Bu kishi ko\u2019pdan-ko\u2019p mollarga va qullarga ega bo\u2019lib, doimo xavotirlikda yashar ekan. U Tarag\u2019ay debdi: \u201cXudo menga ko\u2019p molu davlat berdi, lekin uni saqlashga ojizman, qullarim sabr-toqatli emaslar, farzandlarim salohiyatsiz. Shu sababdan molu-dunyoyimga nuqson yetmasin deb qo\u2019rqaman\u201d. Temur gapga aralashib debdi: \u201cEy ota, farzandlaringga mollaringni bo\u2019lib ber va undan so\u2019ng ularni o\u2019z mol-mulklariga dahl qilgilkim, ular o\u2019z-o\u2019zi bilan ovora bo\u2019lsin. So\u2019ng turk qullarini hind qullarinign tepasiga qo\u2019ygilkim, hindlarni o\u2019z amr-farmonlariga bo\u2019ysindirsinlar. Keyin har uch qulni ulardan aqlliroq bu qulning ixtiyoriga topshir. So\u2019ng ularni har birini yettitadan amiri qil. Keyin yetmish qulga bosh bo\u2019lgan ana shu yetti qulni bir-birining ta\u2019zim va tasviriga buyur. Ularni ko\u2019zdan qochirma, chunki bir-birlari bilan ko\u2019p suhbatlashadi. O\u2019sha kishi Temurning aql-zakovatiga qoyil qolib uning otasiga debdi: \u201c\u2026Sening bu farzanding jahonga podshoh bo\u2019ladi, chunki buni uning shu gaplaridan fahmlab turibman\u2026\u201d So\u2019ng siyohdon va qalam hozirlab o\u2019sha suhbatda Temurdan xat yozdirib oldiki, bunda \u201cuning farzandlari, zurriyodi va yaqinlaridan xiroj olmasin: ularning gunohlarida o\u2019tsinlar: uning qavmi tarxon qilinsin\u201d. Buni qarangki Temur taxtga chiqqandan keyin va\u2019daga muvofiq o\u2019sha badavlat kishining avlodlariga tarxon unvonini beradi. Umuman aytganda Amir Temurning aql-idroki, farosati, mardligi va jasorati yuksak adab-axloqi bolalik kezlaridayoq jamoa ahliga ayon bo\u2019lgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar uzoq vaqt davomida og\u2019ir soliqlar solib aholini tinkasini quritganlar. Temur ajnabiy bosqinchilarning shafqatsiz zulmi va azob-uqubatlarinign jonli guvohi bo\u2019lib qanday bo\u2019lmasin vatanni ulardan ozod qilishga ahd qilgan. Buni \u201cTemur tuzuklari\u201dda keltirilgan ma\u2019lumotlar yaqqol ko\u2019rsatib turibdi. Mo\u2019g\u2019ul xoni Qazag\u2019on o\u2019lgandan keyin (1358 y.) Movarounnahrda o\u2019zaro chiqishmovchilik va tarqoqlik zo\u2019raydi. U yoki bu viloyatdagi mo\u2019g\u2019ul hokimlari yakkahokimlik uchun o\u2019zaro kurash olib bordilar.<\/p>\n\n\n\n<p>1360 yilda Yettisuv va Sharqiy Turkiston hokimiyatning tepasida turgan mo\u2019g\u2019ul xoni Tug\u2019luq-Temur Movarounnahrni buysunirish uchun harbiy yurish boshlaganligi ma\u2019lum bo\u2019ldi. Bu to\u2019g\u2019risida Temur shunday deydi: \u201cTug\u2019luq-Temurxon (sarkardalari) Bekchik va Xojibek Erkinit va ulug\u2019 Tuqtemir Kerayt va Jetening boshqa amirlardan uch favj (qism) qo\u2019shin tuzib, ularni Movarounnahr mamlakatini talon-taroj qilish uchun yuborganligi, o\u2019sha uch favj qo\u2019shin Huzor degan joyga kelib tushganligi xabari qulog\u2019imga yetdi. Shunda Tug\u2019luq-Temurxonni borib ko\u2019rishdan ilgari bu ochko\u2019z amirlarni mol-dunyo bilan aldab Movarounnahr viloyatini qatli g\u2019oratdan qutqarib qolishga qaror qildim. Tilga olingan amirlarni ko\u2019rganimda ularni haybatim bosdi shekilli, ko\u2019p hurmat ko\u2019rsatib, meni ortiqcha siyladilar. Sovg\u2019a-sovrin yo\u2019sinda ularga berilgan har turli tansiq mollar ko\u2019zlariga ko\u2019p ko\u2019rindi va Movarounnahrni bosib olish va talon-taroj qilish niyatidan qaytdilar. So\u2019ng to\u2019g\u2019ri borib Tug\u2019luq-Temurxon bilan ko\u2019rishdim. Xon kelishimni yaxshilikka yo\u2019yyib, (saltanat ishlarida) mendan kengash so\u2019radi. Ko\u2019rsatgan kengashlarimni to\u2019g\u2019ri deb topib qabul qildi. Shu asnoda Tug\u2019luq-Temurxonga xabar keltirdilarki, (yuqorida aytilgan) uch favj qo\u2019shin amirlari, yerlik xalqdan naqd pul sovrinlar olib, ular bilan kelmishlar. Xon shu ondayoq mol-mulk va naqd pullarni qaytarib olish uchun odam tayin qildi va amirlarni bundan buyon Movarounnahrga borishlarini man etdi. Mansablaridan bo\u2019shatdi. O\u2019rinlariga Xoji Mahmudshoh Yasavuriyni tayin qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu haqda amirlar xabar topgach, dushmanlik bayrog\u2019ini ko\u2019tarib, yurtlariga qaytib keldilar. Yo\u2019lda xonning devon begisi va bosh maslahatchisi O\u2019g\u2019lonxo\u2019jani uchratdilar. Uni ham o\u2019zlariga og\u2019dirib olib Jete tomon yuzlandilar. Aynan shu vaqtda Tug\u2019luq-Temurxonning Dashti Qipchoqdagi amirlari ham isyon tig\u2019ini ko\u2019targani haqida xabar olindi. Bundan xon tashvishga tushdi. U mendan maslahat so\u2019radi va Jete tarafiga qarab yo\u2019l oldi. Movarounnahrni esa menga qoldirildi va bu xususida yorlig\u2019i ahdnoma yozib berdi. Amir Qorochor no\u2019yonning Movarounnahrdagi tumanini ham menga topshirdi. Men butun Movarounnahr viloyatiga, to Jayhun daryosining sohillarigacha yerga hukmron bo\u2019ldim. Davlat, va saltanatimning boshlanishida eng oldin qilgan kengashim shul edi\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019rinib turibdiki, Temur mo\u2019g\u2019ullarni ochko\u2019zlikda va bag\u2019ritoshlikda ayblab, aholini ularning talon-tarojidan ozod qilishni maqsad qilib qo\u2019ygan. U bilimdonlik va tadbirkorlik bilan ish yuritib o\u2019z maqsadiga erishgan va hokimiyatni qo\u2019lga kiritgan. U bu vaqtda 26 yoshda edi. Biroq, Temurning hokimligi uzoqqa cho\u2019zilmadi. 1361 yilda Tug\u2019luq Temur Movarounnahrga qo\u2019shin tortib kelib, hokimiyatni Temurdan olib o\u2019z o\u2019g\u2019li Ilyosxo\u2019jaga berdi. Temur esa bosh qo\u2019mondonlik vazifasiga tayinlandi. Shundan keyin mo\u2019g\u2019ullarning zulmi va zo\u2019ravonligi yanada kuchayib ketdi. Ular islom dinini ham oyoqosti qildilar. Ularning hukmdorlarini talay qismi sirtdangina dinga o\u2019zlarini moyilligini namoyish etib, amalda budda diniga sodiq bo\u2019lib qolaverdilar. \u201cTemurnoma\u201dda yozilishicha Amir Qazag\u2019on (1346-1358) 40 kun ichida yuzlab mullalarni o\u2019ldirib din peshvolarini jazolagan. Uni maktab va madrasalarni xarobaga aylantirishi orqasidan o\u2019quvchilar tarqalib ketganlar. Manbada dinni achinarli holati haqida quyidagi bayt keltiriladi.<\/p>\n\n\n\n<pre class=\"wp-block-verse has-text-align-center\"><em>Qizil qon bo\u2019lub mavji to\u2019fonlar,\nShahid o\u2019ldirdilarkim aziz jonlar.\nKetub arbobi din, chu islomdin,\nAlar ichra tushti ajab kibru kin.\nJaloyi vatan bo\u2019ldi ustodlar,\nDin ahli xafadur, kuffor shodlar.\nKalisoyu buxtonalar zeb ilan,\nBerib necha oroyu tortib ilan,\nBo\u2019lub madrasayu masjid xarob,\nMusulmon parishonu hayron sob,\nShariat chirog\u2019i qolibdur o\u2019chib,\n\nShariatning talabi har yon qochib,\nMusulmon barisi g\u2019amu qayg\u2019uda.<\/em>\n<\/pre>\n\n\n\n<p>Qazag\u2019onning islom diniga nisbatan dushmanligi xalqning nafratini qo\u2019zg\u2019atgan. Xususan, Buxoro ahli \u201cbizlar yarog\u2019 va aslaha olib, jonimizdan kechduk, zolim ila jang qilurmiz\u201d \u2013 deyishib bosh ko\u2019targanlar. Olomon orasidan Inoq ismli kishi Qazag\u2019onga tosh otib boshini yorgan. Buni orqasidan u o\u2019lganligi haqida ma\u2019lumot mavjud. Bosqinchilar mol-mulklarni talash va odamlarni o\u2019ldirishdan tashqari nufuzli kishilarni asirlikka olgan. Masalan, ular tomonidan yetmishta sayid va sayidzodalar olib ketilgan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Temur ularning zulmiga qarshi kurashib, sayidlarni, mazlumlarni zolimlardan xalos qilgan. Uning bunday harakatlari aholining barcha toifalarini fikri-zikrini ifoda etardi. Shuning uchun ham ular ozodlik kurashida Temurga katta umid va ishonch bilan qaradilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cMovarounnahr aholisi mening bu ishimdan xabar topishi bilanoq, &#8211; deb yozadi Temur, tezda (mo\u2019g\u2019ullarga) hujum qilishim kerakligi haqida istak bildirdilar. Chunki ularning qalbi zolim (mo\u2019g\u2019ullar) toifasidan butunlay bezigan edi. Movarounnahrning aholisining kattayu-kichigi menga birlashdi. Mamlakatning ulamo va mashoyixlari esa (Mo\u2019g\u2019uliya) toifasini daf qilib yo\u2019qotish haqida fatvo yozib berdilar. Ulus amirlari va qo\u2019shin boshliqlarining ba\u2019zilari ham bu ishga qo\u2019shilib, bizga birlashdilar. Bu to\u2019g\u2019rida yozgan ahdnoma va fatvolarning nusxasi bu edi: \u201cTo\u2019g\u2019ri yo\u2019llik xalifalar, Alloh taolo ularning jamisidan mamnun bo\u2019lsin, tutgan yo\u2019llariga va qilgan ishlariga muvofiq Movarounnahrdagi butun aholi islom, sipohu raiyat yoxud ulamo-yu mashoyix bo\u2019lsin, Amir Temur izzatu-ikrom ko\u2019rsatib, uni Amir Temur Qutbi saltanati Oliy deb atasinlar va uni Allohning (yerdagi) qudrati \u2013 saltanat taxtiga loyiq ko\u2019rsinlar. Musulmonlarning yeri, nomusi, mol-mulki hamda joniga zulm-sitam qo\u2019lini cho\u2019zgan (mo\u2019g\u2019ullar) toifasini daf qilishda va umuman yo\u2019qotishda Temurga (yordamlashish uchun) o\u2019z mol va jonlarini (ayamay), tirishib harakat qilsinlar. Biz o\u2019z ahdu-bay\u2019atimizga sodiq qolurmiz. Agar bergan ahd-paymonimizdan qaytsak Allohning qudratiyu-quvvati va yordamidan chiqib, shayton qudrati va yordami yo\u2019liga kirgan bo\u2019laylik\u201d. Bu fatvoni menga ko\u2019rsatganlaridan keyin jangu-jadal bayrog\u2019ini ko\u2019tarib, (mo\u2019g\u2019ullar) ustiga lashkar tortishga qaror qildim va mazlumlar haqqini zolimlardan olmoqchi bo\u2019ldim. Lekin bir necha razil kishilar bu sirni fosh qilib qo\u2019ydilar\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Binobarin, Temur aholining barcha toifalari tomonidan ajnabiylarga qarshi kurashning ramzi va sardori sifatida tan olingan edi. Shuning uchun ham Tug\u2019luq-Temurxon uni yashirincha o\u2019ldirish haqida ko\u2019rsatma bergan edi. Natijada Temur hayoti xavf ostida qoldi. Shu bois u Samarqanddan ketishdan boshqa iloji qolmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>1361-1366 yillarda Amir Temur ayrim mo\u2019g\u2019ul hukmdorlari bilan murosa qilishga majbur bo\u2019ladi. Xususan u dastavval Tug\u2019luq Temur, so\u2019ngra Amir Xusaynlar bilan hamkorlikda ish yuritadi. Ayniqsa Amir Husayn bilan aloqasi qizg\u2019in tus olgan. Ma\u2019lumki, u Amir Husaynning singlisi \u2013 O\u2019ljaoy Turkanga uylanib, qarindoshchilik yuzaga kelgan edi. Mo\u2019g\u2019uliston xonlari Amir Temurni ham, Amir Husaynni ham umumiy dushmani hisoblangan. Bu holat ham ularni bir-birlariga zid edi. Chunonchi Amir Temur hali yetarli harbiy kuchga ega bo\u2019lmaganligi uchun Amir Husayndan foydalanib, ashaddiy dushman Mo\u2019g\u2019ulistonga, xususan Ilyosxo\u2019jaga zarba berishni o\u2019ylagan. Amir Husayn ham unga tayangan holda o\u2019lkada yakkahokimlikni qo\u2019lga kiritishni maqsad qilib qo\u2019ygan. Shu tariqa Amir Temur sharoit taqozosiga ko\u2019ra dushmanlar bilan vaqtinchalik murosa qilishni lozim topgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XIV asrning 50-60 yillarida o\u2019lkada parokandalik avj olib keng mehnatkash ommaning ahvoli yanada yomonlashdi. Shunday sharoitda Temur siyosiy maydonga chiqdi hamda vatan mustaqilligini tiklash uchun u nihoyatda mashaqqatli va xavf-xatarli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/amir-temur-xalq-xaloskori\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2640,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[98],"tags":[],"class_list":["post-2781","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-tarix","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2781","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2781"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2781\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3131,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2781\/revisions\/3131"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2640"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2781"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2781"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2781"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}