{"id":27963,"date":"2022-05-23T14:33:07","date_gmt":"2022-05-23T11:33:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=27963"},"modified":"2022-05-23T14:33:08","modified_gmt":"2022-05-23T11:33:08","slug":"estetika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/estetika\/","title":{"rendered":"ESTETIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>ESTETIKA (Yunoncha \u2014 his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) \u2014 inson bilan dunyo o&#8217;rtasidagi qadriyat munosabatining o&#8217;ziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini o&#8217;rganuvchi falsafiy fan. &#8220;Estetika&#8221; terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714-62) ilmiy muomalaga kiritgan. Estetikaning sinonimi sifatida go&#8217;zallik falsafasi, san&#8217;at falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qo&#8217;llanib kelingan. Keyingi paytlarda nafosatshunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham Estetikani anglatadigan bo&#8217;ldi. Estetika o&#8217;z ichiga san&#8217;at Estetikasi, tabiat Estetikasi, texnika Estetikasi, dizayn, sport Estetikasi, turmush Estetikasi, atrof muhitni go&#8217;zallashtirish va boshqalar sohalarni qamrab oladi. Estetika nafosat, did, go&#8217;zallik, xunuklik, ulug&#8217;vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, mo&#8217;jizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish ko&#8217;radi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida o&#8217;rin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni \u2014 amaldagi go&#8217;zallik, ulug&#8217;vorlik, fojiaviylik, kulgililik va hokazo jihatlarni o&#8217;z ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat ba&#8217;zan Estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi. Estetikaning tadqiqot ob&#8217;yektlari ichida san&#8217;at alohida o&#8217;rinni egallaydi, u qadimdan to hozirgi kungacha eng ko&#8217;p tadqiq etilgan estetik soha hisoblanadi. Estetikaning bu borada san&#8217;atshunoslik fanlaridan farqi shundaki, u o&#8217;z ob&#8217;yektiga falsafiy-nazariy jihatdan yondashadi. Estetika san&#8217;atni \u2014 san&#8217;atkor, san&#8217;at asari, san&#8217;at asarini idrok etuvchi shaxsdan iborat yaxlit tizimda olib o&#8217;rganadi, barcha san&#8217;at turlari uchun zarur bo&#8217;lgan umumiy qonun-qoidalarni ishlab chiqadi. Masalan, adabiyotshunoslikdatch qofiya nazariyasini musiqaga yoki haykaltaroshlikka nisbatan qo&#8217;llab bo&#8217;lmaydi. Estetikadagi kompozisiya yoki uslub nazariyasi esa me&#8217;morlikdan tortib badiiy suratkashlikkacha bo&#8217;lgan hamma san&#8217;at turlariga taalluklidir. Ayni paytda Estetika san&#8217;atning tabiati, uning ijodiyligi va boshqalar jihatlarini tadqiq etadi; badiiy oqimlar va yo&#8217;nalishlarning, ijodiy uslublarning mohiyatini o&#8217;rganadi. Estetika falsafiy ilm sifatida ko&#8217;plab ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqadordir. Uning etika bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Bu ikkala fanning o&#8217;zaro yaqinligi, avvalo, inson xatti-harakatining ko&#8217;p hollarda ham axloqiylik, ham nafosat uyg&#8217;unligidan iborat ekanligida; 2-dan, Estetikaning asosiy tadqiqot ob&#8217;yekti bo&#8217;lmish san&#8217;at mohiyatan ezgulik va yovuzlik o&#8217;rtasidagi kurashning badiiy in&#8217;ikosi sifatida doimo dolzarb axloqiy muammolarni ko&#8217;tarib chiqadi; 3-dan, Estetikaning ba&#8217;zi tushunchalari etika uchun ham birdek xizmat qiladi; 4-dan, Estetika o&#8217;rganadigan xulqiy go&#8217;zallik sohasi axloq bilan bevosita bog&#8217;liq. Ayni paytda ikkala fan bir-biriga juda o&#8217;xshash ekan degan taassurot tug&#8217;ilmasligi kerak. Estetika har bir ob&#8217;yektga aniq, muayyan yondashuvni talab qiladi, etika esa hamma uchun umumiy bo&#8217;lgan qonun-qoidalarni, hikmatlarni ishlab chiqadi. Estetikaning psixologiya bilan aloqasi ham juda muhim: har ikkala fan ruhiy holatlarni o&#8217;rganadi. Har ikkala fan uchun umumiy bo&#8217;lgan san&#8217;at psixologiyasi va badiiy ijod psixologiyasi degan maxsus yo&#8217;nalishlar mavjud. Estetika va sotsiologiyaning o&#8217;zaro munosabatlarida san&#8217;atni hamkorlikda o&#8217;rganish masalalari muhim. San&#8217;at asari alohida inson shaxsiga e&#8217;tibor qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi, ijtimoiy tuzilma sifatida badiiy tadqiq etadi, ayni paytda sosiologik tadqiqotlar uchun o&#8217;ziga xos material bo&#8217;lib xizmat qiladi; sotsiologiya jamiyat bilan san&#8217;atning o&#8217;zaro aloqalarini, san&#8217;atning ijtimoiy vazifalarini; san&#8217;atkorning jamiyatdagi o&#8217;rni, mavqei, kitobxon va tomoshabinlarning ijtimoiydemografik holatlarini; shaxs ijtimoiylashuvida san&#8217;atlar va san&#8217;at asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Mazkur muammolarni o&#8217;rganish uchun Estetika va san&#8217;at sotsiologiyasi sohasi mavjud. Estetikaning dinshunoslik bilan aloqasi ham katta ahamiyatga ega; din va san&#8217;at doimo bir-birini to&#8217;ldirib keladi, ko&#8217;p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo&#8217;lib xizmat qiladi. Asrlar mobaynida, ana shu aloqalar natijasi o&#8217;laroq, san&#8217;at asarining o&#8217;ziga xos ko&#8217;rinishi \u2014 diniy-badiiy asar vujudga keldi. Masalan, Shohizinda me&#8217;moriy majmui, Kyoln jomesi, Rembrandtning &#8220;Muqaddas oila&#8221; asari, &#8220;Abu Muslim jangnomasi&#8221; qissasi va boshqalar Estetika bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik fani bilan hamkorlik qiladi. Estetikaning pedagogika bilan bog&#8217;liqligi estetik tarbiya masalalariga borib taqaladi; pedagogika ham estetik tarbiya bilan shug&#8217;ullanadi. Lekin u alohida-alohida, mustaqil qismlarga bo&#8217;lingan holda, turli yosh va sohalar uchunmaxsus belgilangan tarbiya tarzida olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o&#8217;quvchilar tarbiyasi, jismoniy tarbiya va hokazolar. Estetika esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini ishlab chiqadi \u2014 inson tug&#8217;ilganidan boshlab, to o&#8217;limigacha o&#8217;tadigan umr bosqichlari uchun taalluqli bo&#8217;lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko&#8217;radi. Estetikaning semiotika (belgilar va belgilar tizimlari haqidagi fan) bilan aloqadorligi keyingi paytlarda yanada teranroq tadqiq etilmoqda. Ma&#8217;lumki, har bir san&#8217;at asarining mazmunmohiyati muayyan belgilar vositasida namoyon bo&#8217;ladi, ya&#8217;ni bilish va baholash natijalari bo&#8217;lmish semiotik hamda pragmatik axborotni o&#8217;zida mujassam qilgan san&#8217;at asari o&#8217;sha axborotni yetkazib berishga ham mo&#8217;ljallangan; u san&#8217;at turiga qarab turlicha belgilar \u2014 harflar, chiziqlar, notalar va hokazolar orqali amalga oshiriladi. San&#8217;atning semiotik belgilar bilan bog&#8217;liq ana shu tomonlarini \u2014 kommunikativ-vositachilik jihatlarini semiotika o&#8217;rganadi; bu borada alohida tuzilma-semiotik deb nomlangan nazariy yondashuv ham mavjud. Shuningdek, Estetika barcha san&#8217;atshunoslik fanlari hamda tabiat Estetikasi nuqtai nazaridan ekologiya, axborot nazariyasi jihatidan kibernetika bilan aloqadorlikda ish ko&#8217;radi. Estetika tarixining ibtidosi Somir (Shumer), Bobil, qadimiy Misr, qadimiy Xitoy va keyinroq yunon miflariga borib taqaladi. Bundan 5-6 ming yil avval ilk yozuv \u2014 mix xatda bitilgan Somir giltaxtalaridagi matnlarda &#8220;go&#8217;zallik&#8221;, &#8220;san&#8217;at&#8221;, &#8220;musiqa&#8221; singari so&#8217;zlarda aks etgan. Dastlabki estetik tushunchalarni uchratish mumkin. qadimiy Misrda miloddan 4-4,5 ming yil avval san&#8217;atning barcha asosiy turlari, sal keyinroq esa professional teatr vujudga keldi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestosh ilgari surilgan estetik g&#8217;oyalar keyinchalik Hindistonda, undan so&#8217;ng Yunonistonda Estetika rivojiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. qadimiy Sharqdagi estetik g&#8217;oyalar dastlab foydalilik (nima foydali bo&#8217;lsa \u2014 o&#8217;sha go&#8217;zal), keyinroq axloqiylik (nima ezgu bo&#8217;lsa \u2014 o&#8217;sha go&#8217;zal) tamoyillari asosida shakllandi. Yunon mumtoz Estetikasi namoyandalari, ayniqsa, Aristotel go&#8217;zallikning foydalilikdan va ezgulikdan alohida holda mavjud bo&#8217;lishi mumkinligini aytib o&#8217;tdi; bu jihatdan uning &#8220;Poetika&#8221; (&#8220;She&#8217;riyat san&#8217;ati&#8221;) asari e&#8217;tiborga molik. O&#8217;rta asrlarda musulmon sharqi tasavvuf Estetikasi bu g&#8217;oyalarni takomiliga etkazib, yangi bosqichga ko&#8217;tardi; Uyg&#8217;onish davri va yangi davr Estetikasi taraqqiyoti uchun nazariy asos bo&#8217;lib xizmat qildi. E. Byork, D.Yum, I.Kant va boshqalar merosida buni yaqqol ko&#8217;rish mumkin. Masalan, Kantning go&#8217;zallik haqidagi mashhur 4 tamoyilidan 3 tasi Sharq faylasuflari nazariyalari asosiga qurilgan. Mazkur 3 tamoyil \u2014 go&#8217;zallikning beg&#8217;araz manfaatsiz munosabatga asoslanganligi; uning zaruratga aylangan muhabbatning ob&#8217;yekti ekanligi (G&#8217;azoliy); go&#8217;zallikni oddiy mantiqiy yondashuv orqali bilishimiz mumkin emasligi (Forobiy) Kantni, go&#8217;zallik biz uchun o&#8217;zini maqsad shaklida emas, maqsadga muvofiqlik shaklida namoyon etadi degan 4 tamoyilni yaratishga olib keldi. Kantdan so&#8217;ng nemis ratsional Estetikasida Shiller, Shelling, Gegel nazariyalarining Estetika taraqqiyoti uchun ahamiyati katta bo&#8217;ldi. Shopengauer, Nisshe, Diltey singari norasional yo&#8217;nalishdagi faylasuflarning estetik qarashlarida ham o&#8217;ziga xos yangi g&#8217;oyalar ilgari surildi, masalan, Shopengauer Estetikaga yangi \u2014 &#8220;qiziqarlilik&#8221; kategoriyasini kiritdi, Nisshe esa san&#8217;atni ikki \u2014 apolloncha va dionisiycha turga ajratib o&#8217;rganishni taklif etdi. Eng yangi davr Estetikasida, Z.Freyd, ayniqsa, K.Yung ta&#8217;limotida san&#8217;at asari va san&#8217;atkorning o&#8217;zaro munosabatlarini ruhiy tiplar asosida o&#8217;rganilishi olg&#8217;a tashlangan yangi qadam bo&#8217;ldi. Shuningdek, J.P.Sartr, A.Kamyu, G.Marsel, X. Ortega i Gaset va boshqalar mutafakkirlar industrial jamiyatda go&#8217;zallik va san&#8217;atning takdiri masalalari bilan qiziqdilar. Hozirgi Estetikaning miqyosiylashuv jarayonida texnika, tabiat va turmush Estetikasiga ham jiddiy e&#8217;tibor berilmoqda; xulqiy go&#8217;zallik muammosi yanada muhim o&#8217;rin egallay boshladi. O&#8217;zbek milliy Estetikasi taraqqiyoti tarixan mintaqaviy tabiatga ega bo&#8217;lib, uning ildizlari dastlab Avesto, keyin moniylikning muqaddas kitobi Xuastuanift (za.)ga borib taqaladi. Islom dini qabul qilingach, milliymintaqaviy Estetika Qur&#8217;oni Karim oyatlari va hadisi sharifdagi &#8220;Alloh go&#8217;zal va u go&#8217;zallikni sevadi&#8221; degan tamoyil asosida rivojlandi. Bunda mashshoiyyunlik (Forobiy, Ibn Sino) bilan yonma-yon tasavvuf Estetikasida kubroviylik (Najmiddin Kubro). jo&#8217;mardlik (Pahlavon Mahmud), Naqshbandiya (Alisher Navoiy) singari tariqat mutafakkirlarining go&#8217;zallik, san&#8217;at va san&#8217;atkor borasidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etdi. O&#8217;zbek Estetikasi tarixida, ayniqsa, Temuriylar davri alohida o&#8217;ringa ega; Navoiyning &#8220;Mahbub ul-qulub&#8221;, &#8220;Majolis unnafois&#8221;, &#8220;mezon ulavzon&#8221; asarlari, 15-16-asrlarda qator tazkiralar va musiqa nazariyasi borasidagi risolalar o&#8217;zbek Estetikasi rivojiga ulkan hissa bo&#8217;lib qo&#8217;shildi. Xonliklar va chorizm mustamlakasi davrida esa o&#8217;zbek Estetikasi ko&#8217;proq tazkiralarda (Fazliy) va she&#8217;riy shakllarda (Furqat) o&#8217;z ifodasini topdi. O&#8217;zbek milliy Estetikasidagi yuksalish 19-asr oxirlari \u2014 20-asr boshlariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Bu davrda ma&#8217;rifatchi-jadid mutafakkirlar yangicha estetik g&#8217;oyalarni o&#8217;rtaga tashladilar, badiiy adabiyotda, dramaturgiya janriga va zamonaviy teatr san&#8217;atiga asos soldilar. Anbar Otinning &#8220;qarolar falsafasi&#8221; (1910), Fitratning &#8220;oila&#8221; (1914), keyinroq &#8220;Adabiyot qoidalari&#8221; (1926) risolalari yuzaga keldi, Cho&#8217;lponning badiiy adabiyot, teatr san&#8217;atiga bag&#8217;ishlangan turqum maqolalari e&#8217;lon qilindi. Lekin sho&#8217;rolar hukmronligi davridagi totalitarizm barcha falsafiy fanlar qatori Estetikani ham sinfiylik va partiyaviylik tamoyillari asosida biryoqchamalikka, mahdudlikka, soxtalikka mahkum qildi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishganidan so&#8217;ng Estetikaga alohida e&#8217;tibor berila boshlandi, estetik madaniyat (M.Nurmatov, M.Abdullayev), estetik qadriyatlar (T.Mahmudov) borasida yirik tadqiqotlar e&#8217;lon qilindi. Hozirgi vaqtda Estetika nazariyasi va tarixiga doir jiddiy izlanishlar olib borilmoqda (T.Mahmudov, A.Qurbonmamadov, E.Umarov, A.Sher, B. Husanov). O&#8217;zbekiston milliy universitetida Estetika yo&#8217;nalishi bo&#8217;yicha magistratura faoliyat ko&#8217;rsatmoqda, shu yo&#8217;nalishda aspirantura va doktorantura mavjud. Mamlakatimizda fuqarolarning estetik tarbiyasiga taalluqti turli tadbirlar, ularning estetik didini yuksaltirishga qaratilgan ma&#8217;naviyma&#8217;rifiy ishlar muntazam olib boriladi. Ad.: Aristotel, Poetika, T., 1981; Mahmudov T., Go&#8217;zallik va hayot. T, 1974; Nurmatov M., Tanqid va estetika, T, 1976; Maxmudov T., Estetika i duxovnme tsennosti, T, 1993. Abdulla Sher.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ESTETIKA (Yunoncha \u2014 his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) \u2014 inson bilan dunyo o&#8217;rtasidagi qadriyat munosabatining o&#8217;ziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini o&#8217;rganuvchi falsafiy fan. &#8220;Estetika&#8221; terminini nemis faylasufi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/estetika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-27963","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27963","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27963"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27963\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27971,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27963\/revisions\/27971"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27963"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27963"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27963"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}