{"id":2815,"date":"2021-10-03T18:27:22","date_gmt":"2021-10-03T15:27:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2815"},"modified":"2024-07-22T12:14:22","modified_gmt":"2024-07-22T09:14:22","slug":"moskva-kremli-qay-tariqa-qurilgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/moskva-kremli-qay-tariqa-qurilgan\/","title":{"rendered":"Moskva kremli qay tariqa qurilgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Siz, albatta, shunday bir naqlni ko&#8217;p marotaba eshitgansiz: &#8220;Moskva birdaniga qurilmagan&#8221;. Bu e&#8217;tirof teng ma&#8217;noda Kremlga ham taalluqlidir. Tag&#8217;in shunisi ma&#8217;lumki, ulug&#8217; Knyaz Yuriy Dolgorukiy bu maskanda shahar qurishga qaror qilishidan ancha oldin ham aynan shu joyda yog&#8217;och qal&#8217;a mavjud bo&#8217;lib, u keyinchalik, agar aniqroq aytadigan bo&#8217;lsak, XV yuzyillikning birinchi yarmidan e&#8217;tiboran endilikda bag&#8217;oyat jarangdor nom bilan ataladigan bo&#8217;ldi: Kreml. Uni qadimdan tosh ertak deb ataydilar. Va bu ertak ko&#8217;p asrlar davomida to&#8217;qildi. XIV asrga qadar qal&#8217;a baquvvat bolut devor bilan o&#8217;ralgan, bu esa o&#8217;sha zamonlarda ishonchli istehkom sanalardi. Qal&#8217;a devoridan tashqarida bo&#8217;lgan barcha imoratlar posad, qal&#8217;adan xiyla uzoqroq bo&#8217;lgan slobodalar esa zagorodye deb atalardi. Knyaz Dmitriy Ivanovich Donskoy zamonasida 1367 yili yog&#8217;och devorlar o&#8217;rnida pastak tosh devorlar tiklanadi. Va o&#8217;shanda Kreml ilk bora tosh shahar nomini olgan edi. Ammo bular biz bugun ko&#8217;zimiz tushadigan devorlar emasdi. Har bir asr Moskva Kremli arxitekturasiga qandaydir yangilik qo&#8217;shdi, har bir podshoh ham o&#8217;zi buni anglagan-anglamagan holda bu tosh solnomada o&#8217;zidan esdalik qoldirdi. Biroq, Kremlda ko&#8217;p narsa qayta qurilganiga, qo&#8217;shimcha imoratlar tirkab solinganiga qaramay, Kreml baribir asosan XV\u2014XVI asrlarda qanday qurilgan bo&#8217;lsa, o&#8217;shandayligicha qoldi. Chindan-da bir talay imoratlar qo&#8217;shimcha qurilgan edi. Binobarin XVII asr da minoralari ustida murakkab sherozalar qo&#8217;shimcha qurilgan. Spasskaya minorasi dastlabki yangi qiyofasini kasb etadi. Inshoot o&#8217;shanda odamlarning ko&#8217;plab oq toshlardan ishlangan figuralari bilan bezatilgani haqida hikoya qiladilar. Bu narsa o&#8217;sha kezlardagi Moskva uchun noodatiy voqea bo&#8217;lgani tufayli podshoh figuralarga kaftan kiygazishni amr qiladi. Xuddi o&#8217;sha zamonlarda minorada zang chaluvchi soatlar \u2014 Kreml kurantlari paydo bo&#8217;lgan edi. Biroq Moskvaning hamma narsani xarobaga aylantiruvchi navbatdagi yong&#8217;inlaridan birida soatlar yonib ketadi, figuralar qulab tushadi va ancha keyinroq Spasskaya minorasi biz hozir biladigan ko&#8217;rinishida qayta tiklanadi. Misoli handaq ustidagi ko&#8217;prikdan so&#8217;ng tuyqus yerdan o&#8217;sib chiqqandek tuyuluvchi barvasta Kutafya, olg&#8217;a talpinib turgan jiddiy va mag&#8217;rur Troiskaya minorasi Kremlning barcha minoralari orasida eng tahdidli ko&#8217;rinishga ega. Moskvani egallagan Napoleon qo&#8217;shinlari aynan shu yerda 1812 yildagi Vatan urushi ilk partizanlarining jiddiy qarshiligiga duch kelganligi haqida rivoyat borligi ham bejiz bo&#8217;lmasa kerak. Darvoqe, Kreml devorlarining har bir minorasi o&#8217;zicha yaxshi va ahamiyatli; Kreml devorlarining minoralar bilan birgalikdagi umumiy uzunligi esa 2 235 metrga teng; Kreml devorlari 1045 ta dandanaga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Siz, albatta, shunday bir naqlni ko&#8217;p marotaba eshitgansiz: &#8220;Moskva birdaniga qurilmagan&#8221;. Bu e&#8217;tirof teng ma&#8217;noda Kremlga ham taalluqlidir. Tag&#8217;in shunisi ma&#8217;lumki, ulug&#8217; Knyaz Yuriy Dolgorukiy bu maskanda shahar qurishga qaror &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/moskva-kremli-qay-tariqa-qurilgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2815","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2815","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2815"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2815\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2816,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2815\/revisions\/2816"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2815"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2815"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2815"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}