{"id":28180,"date":"2022-05-24T16:13:08","date_gmt":"2022-05-24T13:13:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28180"},"modified":"2022-05-24T16:13:09","modified_gmt":"2022-05-24T13:13:09","slug":"elektronoptik-aberrasiyalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/elektronoptik-aberrasiyalar\/","title":{"rendered":"ELEKTRONOPTIK ABERRASIYALAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ELEKTRONOPTIK ABERRASIYALAR \u2014 elektronoptik tizim (masalan, elektron linzalar)ning risoladagidek (ideal) emasligi va boshqalar omillar tufayli tasvirning buzilishi (aniq chiqmasligi, asliga to&#8217;liq mos kelmasligi yoki chaplashib ko&#8217;rinishi). Elektronoptik qurilmalarda tizimning optik o&#8217;qiga nisbatan simmetrik tarzda aylanadigan elektr va magnit maydonlar keng qo&#8217;llanadi. Shunday maydonlarga ega bo&#8217;lgan elektron linzalar (el) va elektron ko&#8217;zgular (EK) simmetrik o&#8217;qli sistemalardebataladi. Agar zaryadlangan zarralar maydonning simmetriya o&#8217;qiga ancha yaqin harakatlansa va ularning boshlang&#8217;ich tezliklari bir-biridan uncha farq qilmasa, bunday linza va ko&#8217;zgular to&#8217;g&#8217;ri elektronoptik tasvirlarni hosil qiladi. Agar bu shartlar bajarilmasa, tasvir ancha buzilib chiqadi. Tasvirning buzilib chiqishiga boshqa sabablar ham bor. El va EK sifat jihatidan yorug&#8217;lik optik tizimlardan ancha past hisoblanadi. El va EK larda elektron zarralar dastalari va ularning o&#8217;zaro joylashuv tartibi buzilishi mumkin, bunday buzilishlar geometrik aberrasiyalar (sferik aberrasiya, koma, astigmatizm, tasvir maydonining egriligi, distorsiya) deb ataladi. El va EK larni energiya bilan ta&#8217;minlash manbalari va yuqori kuchlanishli manbalarning nobarqarorligi dam E.yu.a.ga sabab bo&#8217;ladi, chunki fokuslovchi tok yoki kuchlanish o&#8217;zgarishi mumkin. Bular xromatik aberrasiyani keltirib chiqaradi. Xromatik aberrasiyaning kattalashtirish va burish (faqat magnit linzalarda) xillari bo&#8217;ladi. Bundan tashqari, difraktsion aberrasiya (elektronlar, neytronlar, atomlar, molekulalar va boshqalar sochilishi) ham mavjud. Murakkab elektronoptik tizimlardagi aberrasiyani bartaraf qilish ancha qiyin masala bo&#8217;lib, buning uchun linzalarni muayyan tarzda uyg&#8217;unlashtirib tanlashga to&#8217;g&#8217;ri keladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ELEKTRONOPTIK ABERRASIYALAR \u2014 elektronoptik tizim (masalan, elektron linzalar)ning risoladagidek (ideal) emasligi va boshqalar omillar tufayli tasvirning buzilishi (aniq chiqmasligi, asliga to&#8217;liq mos kelmasligi yoki chaplashib ko&#8217;rinishi). Elektronoptik qurilmalarda tizimning optik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/elektronoptik-aberrasiyalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-28180","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28180","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28180"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28180\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28185,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28180\/revisions\/28185"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28180"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28180"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28180"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}