{"id":28199,"date":"2022-05-25T09:34:28","date_gmt":"2022-05-25T06:34:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28199"},"modified":"2022-05-25T09:34:29","modified_gmt":"2022-05-25T06:34:29","slug":"elektroentsefalografiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/elektroentsefalografiya\/","title":{"rendered":"ELEKTROENTSEFALOGRAFIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>ELEKTROENTSEFALOGRAFIYA (elektro&#8230; va Yunoncha bosh miya va &#8230; grafiya) \u2014 bosh miya faoliyatini tekshirish usuli; bosh miyaning bioelektrik faolligini elektroentsefalograf vositasida yozib olish. Bosh miyada sodir bo&#8217;ladigan bioelektrik faol harakatlarni yozib olish mumkinligi va uni klinik ahamiyatini ilk marta nemis psixiatri Gans Berger aniqlagan (1929). Elektroentsefalografiyadan tadqiqot va diagnostika maqsadlarida foydalaniladi. Miya ham o&#8217;z faoliyatida, xuddi boshqa a&#8217;zo va to&#8217;qimalar singari, juda kichik elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil qilib turadi. Uni elektroentsefalografda qayd etish mumkin. Buning uchun tekshirilayotgan odam boshiga plastinkasimon elektrodlar qo&#8217;yilib, ular apparatga ulanadi, apparat miyaning biopotentsiallarini yozib boradi. Bemor boshiga elektrodlarni o&#8217;rnatish sxemasi turlicha, eng qulayi bu Yuing usuli bo&#8217;lib, unda 12 elektrod ishlatiladi. Har xil chastotali to&#8217;lqinlar, turli faza va amplitudalarni aks ettiruvchi egri chiziq \u2014 elektroentsefalogramma (EEG) miyaning murakkab tuzilishidagi xususiyatlar, bosh miya po&#8217;stlog&#8217;idagi neyron va sinapslarnshk funktsional holatiga qarab har xil ko&#8217;rinishda bo&#8217;ladi. Elektroentsefalografiya miyani nafaqat fiziologik, balki patologik holatlarini ham qayd qilishi mumkin. Zamonaviy Elektroentsefalografiya apparatlari ko&#8217;p kanalli (ko&#8217;p tarmoqli) bo&#8217;lib, uning har bir kanali mustaqil kuchaytirish, filtrlash bloki (keraksiz to&#8217;lqinlardan tozalash uchun va boshqalar), bosh miyaning barcha qismlaridan keragini tanlash uchun to&#8217;plash (kommutator) bloki va o&#8217;ziyozar (siyohli) g&#8217;altakli galvanometer bilan ta&#8217;minlangan. Hoz. elektroentsefalograf apparatlari 8-24, ba&#8217;zan 32 kanalli bo&#8217;lib, klinik diagnostikada 8 yoki 16 kanalligidan foydalaniladi; tekshiruv o&#8217;tkaziladigan xona yorug&#8217; va tovushdan himoyalangan, tekshiruvchi yoki bemorga hech qanday ta&#8217;sirotlar xalal bermaydigan bo&#8217;lishi kerak. Shuningdek, uni bemorga (mijozga) mutlaqo bezarar va og&#8217;riqsiz ekanligi ham tushuntirilishi lozim. Ma&#8217;lumki bosh miya biopotentsiallari juda kichik, shu bois uni yozib olishda kuchli elektron kuchaytirgich (usilitel) zarur bo&#8217;ladi. Elektroentsefalografiyani monopolyar va biopolyar usullarda yozish hamda uni xohlagan kombinasiyada amalga oshirish mumkin. Elektroentsefalografiya jarayonida turli funktsional qo&#8217;zg&#8217;otish usullarini qo&#8217;llash mumkin, bu sun&#8217;iy qo&#8217;zg&#8217;otish bosh miyani faollashtirib, ayrim yuzaga chiqmayotgan &#8220;to&#8217;lqinlarni&#8221; jonlantiradi, bu &#8220;chaqirilgan&#8221; elektroto&#8217;lqinlar orqali tegishli kasallikni aniqlasa bo&#8217;ladi. Elektroentsefalografiya yozish paytida bemorni yoshi, umumiy ahvoli hamda kasallikning kelib chiqishi va boshqalar ko&#8217;pgina holatlarga ahamiyat berish lozim. Elektroentsefalografiya shifokorga muhim ma&#8217;lumot berishiga qaramay, uni barcha klinik tekshirishlarga qo&#8217;shimcha diagnostika usuli deb qarash mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ELEKTROENTSEFALOGRAFIYA (elektro&#8230; va Yunoncha bosh miya va &#8230; grafiya) \u2014 bosh miya faoliyatini tekshirish usuli; bosh miyaning bioelektrik faolligini elektroentsefalograf vositasida yozib olish. Bosh miyada sodir bo&#8217;ladigan bioelektrik faol harakatlarni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/elektroentsefalografiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-28199","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28199","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28199"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28199\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28202,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28199\/revisions\/28202"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28199"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28199"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28199"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}