{"id":28220,"date":"2022-05-26T09:47:08","date_gmt":"2022-05-26T06:47:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28220"},"modified":"2022-05-26T09:47:08","modified_gmt":"2022-05-26T06:47:08","slug":"ellikqala-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ellikqala-tumani\/","title":{"rendered":"ELLIKQAL&#8217;A TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>ELLIKQAL&#8217;A TUMANI \u2014 Qoraqalpog&#8217;istondagi tuman. 1977 yil 23 martda tashkil etilgan. Shim. dan Qozog&#8217;iston Respublikasining Qizilo&#8217;rda viloyati, g&#8217;arbdan Beruniy, Taxtako&#8217;pir, Janubdan To&#8217;rtko&#8217;l tumani, sharkdan Navoiy viloyati, Jan.g&#8217;arbdan Xorazm viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 5,4 ming kilometr kvadrat. Aholisi 119,1 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Bo&#8217;ston), 12 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Amirobod, Guldursun, Guliston, Navoiy, Oqchako&#8217;l, Saribiy, Tozabog&#8217;, Sharq Yulduzi, Ellikqal&#8217;a, Qizilqum, Qilchinoq, Qirqqiz) bor. Markazi \u2014 Bo&#8217;ston shahri Tabiati. Tuman relefi Janubdan shim.ga pasayib yassi tekislikdan iborat bo&#8217;lib, bo&#8217;r va paleogen davrlarida paydo bo&#8217;lgan allyuvial dengiz yotqiziqlarilan tuzilgan. Sayoz chuqurliklar, quruq uzanlar, kichik tepalar ham uchrab turadi. Iqlimi keskin kontinental. Shim. sharqdan Sibir sovuq havo massalari etib keladi. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 20\u00b0, -30\u00b0. Yozda eng yuqori temperatura 42\u00b0-45\u00b0. Yillik yog&#8217;in 100\u2014 200 millimetr. Vegetatsiya davri 200-220 kun. Tumanning eng katta ko&#8217;llari \u2014 Oqchako&#8217;l, Dumanqal&#8217;a. Tumandagi Amirobod, Qirqqiz, Ellikqal&#8217;a, Qozoqcha kanallari To&#8217;rtko&#8217;l hududidan o&#8217;tgan Bog&#8217;yop kanalidan suv oladi. Amudaryoda qurilgan nasos stansiyasi Amirobod va Qal&#8217;acha ariqlariga suv yetkazib beradi. Ellikqal\u2019a tumani va qo&#8217;shni tumanlardagi zax suvlari Qizilqum kollektoridagi Ayozqal&#8217;a nasos stansiyasi yordamida Qizilqum yaylovlariga chiqarib tashlanadi. Tuproqlari sho&#8217;rxok, qumloq, bo&#8217;z tuproq. Yovvoyi o&#8217;simliklardan quyonsuyak, selin, yulg&#8217;un, yantoq, qirqbo&#8217;g&#8217;in, sho&#8217;ra, qamish o&#8217;sadi. Saksovul ham bor. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, bo&#8217;rsiq, chiyabo&#8217;ri, tulki, quyon, qobon; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, ilon uchraydi. Ko&#8217;llar chetidagi qamishzorlarda qirg&#8217;ovul, o&#8217;rdak, g&#8217;ozlarning bir necha xili bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbek va qoraqalpoqlar, shuningdek, qozoq, turkman, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 20 kishi. Qishloq aholisi 105,4 ming kishi, shahar aholisi 13,7 ming kishi (2004). Xo&#8217;jaligi. Paxtachilik tuman qishloq xo\u2019jalikdagi yetakchi tarmoq. Chorvachilik, ipakchilik, bog&#8217;dorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Ellikqal\u2019a tumanida shirkat, dehqon, fermer xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Sug&#8217;oriladigan yerlarga paxta, don, kartoshka, poliz, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 44,9 ming qoramol, 67,2 ming qo&#8217;y va echki, 2 mingga yaqin yilqi, shuninglek, tuya bor. Tumanda 1,1 ming kichik ia urta biznes sub&#8217;ekti faoliyat ko&#8217;rsatadi. O&#8217;zbekiston \u2014 Avstraliya \u2014 Bangladesh &#8220;Yuniver&#8221; (jinsi matosidan kiyimkechak tikiladi), O&#8217;zbekiston \u2014 Lixtenshteyn &#8220;Medikal Kotton Interneyshnl&#8221; (tibbiyot momig&#8217;i ishlab chiqariladi), O&#8217;zbekiston \u2014 Rossiya &#8220;Elrosles&#8221; qo&#8217;shma korxonalari, araqvino zavodi (Bo&#8217;ston) va sutni qayta ishlash tsexi mahsulot bera boshladi. &#8220;Ellikqal&#8217;a oltin tola&#8221;, &#8220;Elnur&#8221;, &#8220;Elteks&#8221; aktsiyadorlik jamiyatlari ham faoliyat ko&#8217;rsatadi. &#8220;Ellikqal&#8217;a&#8221; neft bazasi, moliyabiznes markazi, supermarket, 2 minimarket, &#8220;Otalar choyxonasi&#8221;, g&#8217;isht zavodlari va boshqalar qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari bor. Tumanda 66 umumiy ta&#8217;lim maktabi (30 mingdan ziyod o&#8217;quvchi), akademik litsey (500 ga yaqin o&#8217;quvchi), 4 kasb-hunar kolleji (2500 dan ortiq talaba), 7 iste&#8217;dodli bolalar maktabi (1 mingga yaqin o&#8217;quvchi) ishlab turibdi (2004). Markaziy kutubxona va uning 31 ta tarmog&#8217;i, al-Xorazmiy, yoshlar xiyobonlari, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, 12 klub muassasasi, san&#8217;at saroyi, &#8220;Ayozqal&#8217;a \u2014tur&#8221; sayyohlik firmasi bor. Ellikqal\u2019a tumanida har yili Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag&#8217;ishlangan yosh qo&#8217;shiqchilar respublika ko&#8217;riktanlovi o&#8217;tkaziladi. Markaziy stadion (20 ming o&#8217;rin), 3 tennis korti, 19 futbol maydonchasi, 28 sport zali, 35 kichik futbol, 68 voleybol, 43 basketbol, 22 qo&#8217;l to&#8217;pi maydonchalari, sog&#8217;lomlashtirish sport markazi, 3 bolalar sport majmuasi mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, tug&#8217;ruqxona, qishloq vrachlik punktlari, poliklinika, &#8220;Javhar&#8221; xususiy tibbiy markazi va boshqalar tibbiy muassasalar ishlab turibdi. &#8220;Gulshan&#8221; bolalar oromgohi, 3 sog\u2019lomlashtirish sanatoriysi, &#8220;Orol bolalari&#8221; xalqaro o&#8217;quv sog&#8217;lomlashtirish markazi faoliyat ko&#8217;rsatadi. &#8220;Ustozga ehtirom&#8221; me&#8217;morlikhaykaltaroshlik majmuasi bor. Tuman hududidan Uchquduq \u2014 Nukus temir yo\u2019l o&#8217;tadi (Ellikqal&#8217;a stansiyasi). Bo&#8217;ston \u2014 Beruniy, Ellikqal&#8217;a \u2014 Saribiy, Ellikqal&#8217;a \u2014 Qirqqiz, Ellikqal&#8217;a \u2014 BuxanMerey yo&#8217;nalishlari bo&#8217;yicha asfalt yo&#8217;llar yetkizilgan. Ellikqal\u2019a tumani hududida qadimiy Tuproqqal&#8217;a, Qavatqal&#8217;a, Ellikqal&#8217;a, Qirqqizqal&#8217;a, Qo&#8217;rg&#8217;oshinqal&#8217;a, Guldursun qal&#8217;asi va boshqalar bor. 1978 yil 1 apreldan &#8220;davr ko&#8217;zgusi&#8221; tuman gazetasi nashr etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ELLIKQAL&#8217;A TUMANI \u2014 Qoraqalpog&#8217;istondagi tuman. 1977 yil 23 martda tashkil etilgan. Shim. dan Qozog&#8217;iston Respublikasining Qizilo&#8217;rda viloyati, g&#8217;arbdan Beruniy, Taxtako&#8217;pir, Janubdan To&#8217;rtko&#8217;l tumani, sharkdan Navoiy viloyati, Jan.g&#8217;arbdan Xorazm viloyati bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ellikqala-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-28220","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28220","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28220"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28220\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28221,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28220\/revisions\/28221"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28220"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28220"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28220"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}