{"id":2826,"date":"2021-10-03T18:57:35","date_gmt":"2021-10-03T15:57:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2826"},"modified":"2024-07-22T12:14:00","modified_gmt":"2024-07-22T09:14:00","slug":"bukingem-saroyi-qachon-qurilgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bukingem-saroyi-qachon-qurilgan\/","title":{"rendered":"Bukingem saroyi qachon qurilgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Qirolichaning Angliyadagi koshonasi \u2014 Bukingem saroyi \u2014 qirollar saroylari orasida eng xushnamosi va ko&#8217;hnasi sanaladi. U dilovar maskanda ikkala Bog&#8217;iston \u2014 Grin va Sent Jeyms oralig&#8217;ida joylashgan, tevaragida esa tag&#8217;inam bahrali, a&#8217;lo darajada parvarishlangan bog&#8217;lar yastanib yotibdi. Dastavval hozir saroy turgan joyda o&#8217;sha kezlari Goring-Xaus deb atalgan koshona qurilgan, keyinchalik esa, Charlz II hukmronligi davrining davlat arbobi graf Erlingtonning shahardagi qarorgohiga aylanganida koshona Erlington-Xaus deb atala boshladi. Mazkur koshona 1703 yilda tag-tubidan buzib tashlangan, uning o&#8217;rnida Bukingem va Normand gertsogining farmoyishiga ko&#8217;ra boshqasi tiklangan edi. Saroyning hozirgi nomi ham shundan olingan. Qirol Georg III nikohlanganidan so&#8217;ng ko&#8217;p o&#8217;tmay 1761 yilda bu saroyni sotib oladi va u o&#8217;shandan beri qirollar qarorgohiga aylanadi. Har bir yangi hukmdor kelishi bilan unga qo&#8217;shimcha imoratlar qurildi va saroy yanada ulug&#8217;vor va mahobatli ko&#8217;rinishga ega bo&#8217;lib boraveradi. Shunday qilib, saroyning fasadi faqat 1913 yilda o&#8217;zining hozirgi ko&#8217;rinishiga ega bo&#8217;ldi. Bukingem saroyi nodir san&#8217;at asarlari va osori atiqalarga kon. Saroyga kirib-chiqish omma uchun berk bo&#8217;lganligi tufayli Davlat zallarining diqqatga sazovor joylari bilan televideniye orqali tanishish mumkin, qirolichaning mulki bo&#8217;lmish zebu ziynatlar esa Qirollik Galereyasida tanishish uchun doimiy ko&#8217;rgazmaga qo&#8217;yilgan. Yil \u2014 o&#8217;n ikki oy, xususan yoz oylarida butun dunyodan kelgan va gvardiya qorovuli almashishini kuzatib turadigan turistlar yoki shunchaki saroyga bir nazar tashlovchilar Angliya qirolichasini o&#8217;z ko&#8217;zi bilan ko&#8217;rishdek sirli umid ilinjida saroy istiqbolidagi yo&#8217;lakda g\u2019ujg&#8217;on turishadi. Qirolicha saroyda bo&#8217;lgan paytlarda Bukingem saroyi tepasida Birlashgan Qirollik davlat bayrog&#8217;i hilpirab turadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qirolichaning Angliyadagi koshonasi \u2014 Bukingem saroyi \u2014 qirollar saroylari orasida eng xushnamosi va ko&#8217;hnasi sanaladi. U dilovar maskanda ikkala Bog&#8217;iston \u2014 Grin va Sent Jeyms oralig&#8217;ida joylashgan, tevaragida esa tag&#8217;inam &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/bukingem-saroyi-qachon-qurilgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2826","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2826","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2826"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2826\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2827,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2826\/revisions\/2827"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2826"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2826"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2826"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}