{"id":28721,"date":"2022-05-29T15:28:10","date_gmt":"2022-05-29T12:28:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28721"},"modified":"2022-05-29T15:28:11","modified_gmt":"2022-05-29T12:28:11","slug":"enterobioz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/enterobioz\/","title":{"rendered":"ENTEROBIOZ"},"content":{"rendered":"\n<p>ENTEROBIOZ (entero&#8230; va Yun. \u2014 hayot) \u2014 ostrisalar qo&#8217;zg&#8217;atadigan gijja kasalligi. Ular odam ichagida parazitlik qiladi. Urg&#8217;ochi gijjalar vaqtvaqti bilan orqa chiqaruv teshigidan o&#8217;rmalab chiqib (ko&#8217;pincha kechasi) shu teshik atrofidagi teri burmalariga tuxum qo&#8217;yadi. Tuxumlar 4-6 soat davomida lichinkalarga aylanadi. Bu davrda orqa chiqaruv teshiga sohasi qattiq qichishadi; qashinish davomida bemor parazit tuxumini qo&#8217;liga ilashtiradi, tuxum o&#8217;rin ko&#8217;rpaga, kiyim-kechakka ham tushadi; o&#8217;rin ko&#8217;rpa yig&#8217;ilganda esa tuxum ba&#8217;zan havoga o&#8217;tadi, o&#8217;yinchoqlarga, ro&#8217;zg&#8217;or buyumlariga, suv, oziq-ovqatlarga, og&#8217;iz va burun shilliq pardalariga o&#8217;tirib qoladi. Parazitning organizmda (ichakda) yashash davri 3-4 hafta. Shunday qilib, odamning ostrisa bilan zararlanishi doimiy ravishda davom etadi. Ostrisalar ichak devorining shilliq qavatiga boshi bilan yopishib olib, o&#8217;sha joyda qon sizib turadigan mayda yuza yaralar hosil bo&#8217;lishiga olib keladi. Ostrisalarning yashash davomida ajratgan mahsuloti ta&#8217;sirida va unga bakterial infektsiya qo&#8217;shilishi oqibatida ichak shilliq qavatining yallig&#8217;lanishi, teri qattiq qichishishi bilan kechadigan allergik holat, shuningdek, bemor qichinaverishi natijasida uzoq vaqt bitmaydigan, jzemaga o&#8217;xshash yara hosil bo&#8217;lishi, atrofi qizarib yallig&#8217;lanishi mumkin. Bemor uyqusizlikdan qiynaladi, ishtahasi yo&#8217;qoladi, boshi, qorni og&#8217;riydi, ichi ketib, kuchaniq keladi, asabi, ruhiyati buziladi. Enterobioz bilan kasallangan bolalarda uyqusizlik, bosh og&#8217;rishi, tez toliqish, ishtaha pasayishi, uyquda tish g&#8217;ijirlatish, kechasi siyib qo&#8217;yish, burun qichishishi va boshqalar qolatlar kuzatiladi. Enterobioz bo&#8217;lgan qizlarda ostrisalar jinsiy a&#8217;zolarga o&#8217;rmalab chiqishi va qattiq qichishtirishi oqibatida onanizm kelib chiqadi. Enterobiozni vrach davolaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ENTEROBIOZ (entero&#8230; va Yun. \u2014 hayot) \u2014 ostrisalar qo&#8217;zg&#8217;atadigan gijja kasalligi. Ular odam ichagida parazitlik qiladi. Urg&#8217;ochi gijjalar vaqtvaqti bilan orqa chiqaruv teshigidan o&#8217;rmalab chiqib (ko&#8217;pincha kechasi) shu teshik atrofidagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/enterobioz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-28721","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28721","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28721"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28721\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28730,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28721\/revisions\/28730"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28721"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28721"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28721"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}