{"id":28742,"date":"2022-05-29T16:17:24","date_gmt":"2022-05-29T13:17:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28742"},"modified":"2022-05-29T16:17:25","modified_gmt":"2022-05-29T13:17:25","slug":"etimologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/etimologiya\/","title":{"rendered":"ETIMOLOGIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>ETIMOLOGIYA (Yunoncha\u2014 haqiqat; so&#8217;zning haqiqiy ma&#8217;nosi va &#8230;logiya) \u2014 1) so&#8217;z va morfemalarning kelib chiqishini o&#8217;rganuvchi tilshunoslik bo&#8217;limi; 2) so&#8217;zning kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullari majmui; 3) so&#8217;zning kelib chiqishi. 19-asr tilshunosligida &#8220;Etimologiya&#8221; termini &#8220;grammatika&#8221; ma&#8217;nosida ham qo&#8217;llangan. Tilshunoslik bo&#8217;limi hisoblangan Etimologiyaning asosiy vazifasi qadimiy manbalarni hamda til lug&#8217;at tarkibining shakllanish jarayonini va uning dastlabki, qadimiy holatini tiklashdan iborat. Har bir til leksikasida muayyan miqsordagi so&#8217;zlar borki, ularning shakli bilan ma&#8217;nosi o&#8217;rtasidagi bog&#8217;liqlik shu til egalari uchun tushunarsiz bo&#8217;lib qolgan, chunki so&#8217;zning tarixan o&#8217;zgara borishi uning dastlabki shakl va ma&#8217;nosini xiralashtirib qo&#8217;yadi, bunday so&#8217;z strukturasini tildagi mavjud yasalish qoliplari orqali izohlab bo&#8217;lmaydi. Etimologik tahlilning maqsadi muayyan so&#8217;zning qachon, qaysi tilda, qanday yasalish qolipi bo&#8217;yicha, qaysi til materiali asosida qanday shakl va ma&#8217;noda paydo bo&#8217;lganini aniqlashdir. Etimologik tahlilning asosiy metodi qiyosiy-tarixiy usul bo&#8217;lib, u fonetik qonuniyatlar, morfologik qoidalar, morfologik o&#8217;zgarishlarga tayanib ish ko&#8217;radi. Bunday tadqiqot natijalari til tizimi va strukturasidagi turli jarayonlarni hamda so&#8217;zlarning etimologik ma&#8217;nolarini aniqlashda, etimologik lug&#8217;atlar tuzishda ahamiyatlidir. Muayyan til uchun o&#8217;zlashma hisoblangan so&#8217;zlar Etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas. Masalan, hozirgi o&#8217;zbek tilida qo&#8217;llanayotgan &#8220;daftar&#8221;, &#8220;piyola&#8221;, &#8220;qalam&#8221; kabi so&#8217;zlarning yunon tiliga mansubligi, o&#8217;sha tildagi (dastlabki) ma&#8217;nosini aniqlash uchun leksikografik izlanish \u2014 tegishli tillar (Arab, fors, yunon) lug&#8217;atlarini solishtirish kifoya qiladi. Biroq &#8220;juda qadimiy&#8221; ma&#8217;nosidagi &#8220;Daqyonus (Daqqiyunus)dan qolgan&#8221; iborasining Etimologiyasini aniqlash uchun din tarixidan, Qur&#8217;oni karimdagi &#8220;Kahf surasi&#8221;dan, Rim imperiyasi tarixidan xabardor bo&#8217;lish kerak. So&#8217;z Etimologiyasining ilmiy Etimologiya, soxta Etimologiya va xalq Etimologiyasi kabi turlari bor. Ilmiy etimologik tahlil til tarixiga, lahja va shevalarga murojaat qilish, faktlarni turli yo&#8217;llar bilan qiyoslash orqali yuzaga keladi. Masalan, pichoq so&#8217;zining &#8220;bi&#8221; (tig&#8217;) o&#8217;zagiga chak qo&#8217;shimchasini yoki &#8220;Bich&#8221; (kes, kesib tashla) fe&#8217;liga AK qo&#8217;shimchasini qo&#8217;shish orqali, &#8220;kuy&#8221; so&#8217;zining qadimiy turkiycha &#8220;KBG&#8221; (ko&#8217;p ma&#8217;noli so&#8217;z; bir ma&#8217;nosi \u2014 ashulada ovozning pastbalandligi) so&#8217;zining &#8220;ko&#8217;y&#8221;, &#8220;kuy&#8221; kabi shakl o&#8217;zgarishi va qisman ma&#8217;no o&#8217;zgarishi orqali paydo bo&#8217;lganligi ilmiy etimologik tahlillar bilan aniqlangan. Lisoniy birliklarni etimologik tahlil qilishda ular tarkibida tejamkorlik natijasida ro&#8217;y bergan o&#8217;zgarishlarga jiddiy e&#8217;tibor qaratiladi. Masalan, hozirgi kunda o&#8217;zbek tilida qo&#8217;llanayotgan, payt ma&#8217;nosini bildiruvchi tunovgi \u2014 tunovkun \u2014 tunovin so&#8217;zlari aslida 3 tarkibiy qismdan iborat bo&#8217;lib, &#8220;tun og&#8217;gan kun&#8221; shaklida qo&#8217;llangan; bir qancha shakl o&#8217;zgarishlaridan keyin mazkur qo&#8217;rinishlarga ega bo&#8217;lgan. Demak, &#8220;tunovin&#8221;, &#8220;tunovgi&#8221; so&#8217;zlari, mavjud lug&#8217;atlardagidek o&#8217;tgan kun, burnog&#8217;i kun, kechadan oldingi kun ma&#8217;nolarini emas, balki kecha, ya&#8217;ni tun og&#8217;gan kun (tun chappa bo&#8217;lgan kun) ma&#8217;nosini ifodalagan. Soxta Etimologiya eskirgan yoki o&#8217;zlashma so&#8217;zning morfologik tuzilishi va boshqalar xususiyatini noto&#8217;g&#8217;ri tushunish natijasida yuzaga keladigan izoh. Masalan, &#8220;meditsina&#8221; so&#8217;zini &#8220;madadi Sino&#8221; tarzida ajratib, Ibn Sino nomi bilan yoki &#8220;dorchin\/dolchin&#8221; so&#8217;zini &#8220;haqiqiy dori&#8221; birikmasi bilan bog&#8217;lash soxta E. bo&#8217;lib, aslida lot. tesista \u2014 &#8220;vrachlik mahorati davolash&#8221; ma&#8217;nosini, forscha dorchin-dolchin esa &#8220;doruyi chin&#8221; \u2014 Xitoy dorisi ma&#8217;nosini bildiradi. Xalq Etimologiyasi muayyan so&#8217;z ma&#8217;nosini aniq faktlarga asoslanmagan holda, faqat tovush tomonining tasodifiy o&#8217;xshashligiga qarab, shuningdek, afsona va rivoyatlarga tayanib izohlashdan iborat. Tillardagi so&#8217;zlarning dastlabki kelib chiqish ma&#8217;nosi etimologik lug&#8217;atlarda beriladi. Entsiklopedik nashrlarda, jumladan, O&#8217;zbekiston milliy entsiklopediyasida, odatda, boshqa tildan o&#8217;tgan so&#8217;zlargagina Etimologiya ko&#8217;rsatiladi. O&#8217;zbek tilshunosligiga bag&#8217;ishlangan bir qator tadqiqotlarda va ayrim sohalar bo&#8217;yicha tuzilgan lug&#8217;atlarda etimologik izlanishlar mavjud bo&#8217;lsada, Etimologiya to&#8217;la ma&#8217;nodagi fan sohasi sifatida shakllanib etmagan. Professor Sh.Rahmatullayevning keyingi yillardagi tadqiqot va lug&#8217;atlari bu sohadagi dastlabki tajribalar hisoblanadi. L.E..Pizani V., Etimologiya, Per. sital., M., 1956; Sevortyan E.V., Etimologicheskiy slovar tyurkskix yazmkov, T., 1-4, M., 1974-84; Rahmatullaev Sh., O&#8217;zbektilining etimologik lug&#8217;ati, T., 2000. Nemat Mahkamov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ETIMOLOGIYA (Yunoncha\u2014 haqiqat; so&#8217;zning haqiqiy ma&#8217;nosi va &#8230;logiya) \u2014 1) so&#8217;z va morfemalarning kelib chiqishini o&#8217;rganuvchi tilshunoslik bo&#8217;limi; 2) so&#8217;zning kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullari majmui; 3) so&#8217;zning kelib &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/etimologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-28742","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28742","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28742"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28742\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28746,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28742\/revisions\/28746"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28742"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28742"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28742"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}