{"id":2882,"date":"2021-10-05T13:31:18","date_gmt":"2021-10-05T10:31:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2882"},"modified":"2024-07-22T12:17:56","modified_gmt":"2024-07-22T09:17:56","slug":"ikona-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ikona-nima\/","title":{"rendered":"Ikona nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ibodatxonaga qadam qo&#8217;ygan paytimizda aziz avliyolarning liqolari-siymolari bizni hamma tomondan qurshab oladi: ularning gohida badqahr, ba&#8217;zan esa o&#8217;ychan va g\u2019amgin nigohlari go&#8217;yo bizga asrlar qa&#8217;ridan tikilib turgandek tuyuladi. Bular ikonalar. Ular odatda alohida tartibda tayyorlangan har xil kattalikdagi yog\u2019och taxtachalarga ishlangan. &#8220;Ikona&#8221; degan nomlanish yunoncha &#8220;eykon&#8221; so&#8217;zidan kelib chiqqan bo&#8217;lib: tasvir, timsol, taqlid ma&#8217;nolarini anglatadi. Rassomchilikning ikonakashlik degan turi ham mavjud: \u2014 bu, ikonalar chizish, Xudoni, aziz-avliyolarni, turli-tuman injiliy syujetlarni manzarali tasvirlash. Ikonakashlik ilk marotaba nasroniylikda milodning IV asridayoq vujudga kelgan edi, lekin eng birinchi ikonalar bizning zamonamizga qadar saqlanib qolmagan. Bizgacha yetib kelgan ikonalardan eng qadimiysi, \u2014 bu, vizantiyaliklar va qibtiylarning milodning VI\u2014VII asrlariga mansub ikonalari. Ular Sinaydagi Ayo Yekaterina monastirida o&#8217;rnatilgan. Ikonakashlik o&#8217;z-o\u2019zidan paydo bo&#8217;lib qolmadi, uning o&#8217;tmishdoshlari bo&#8217;lgan, masalan, portret rassomchiligi. Quyi Misrdagi Fayyum vohasida qazish ishlari chog&#8217;ida o&#8217;sha olis zamonlarda (miloddan avvalgi III\u2014I asrlarda) yashagan qadimgi odamlarning portretlari topilgan edi (shu tufayli ular &#8220;Fayyum portretlari&#8221; deb atala boshladi). Ular chizilish uslubi va texnikasi, tayyorlash paytida ishlatiladigan materiallarga \u2014 taxtachalar, mumli bo&#8217;yoqlar \u2014 ko&#8217;ra saqlanib qolgan ikonalarga hayratlanarli darajada o&#8217;xshash edilar. Xo&#8217;sh, nega ikonalarga sig&#8217;inadilar? Buning ham o&#8217;z talqini bor. Birinchidan, shuning uchunki, ikonalarda tasvirlangan liqolar kishilarning Xudo va aziz-avliyolar tashqi qiyofasi haqidagi tasavvurlariga mos keladi, nasroniylik dini esa ularga cho&#8217;qinish farz ekanligidan ta&#8217;lim beradi. Biroq, bu an&#8217;ana boshqa, diniy bo&#8217;lmagan talqinga ham egadir. U Rim imperiyasida, xususan, uning nasroniylik ilk kurtak yoygan sharqiy viloyatlarida keng tarqalgan \u2014 Rim qaysarlari va shavkatli sarkardalarning portretdagi tasviriga topinish odatidan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Diniy marosimlarning xossasi-fazilati sifatida ikona barcha dinlarda emas, balki faqatgina nasroniylik va buddoviylikda mavjuddir. Rusda ilk ikonalar X asrda nasroniylik joriy etilishi bilan birga paydo bo&#8217;ldi. Qadimgi rus nasroniylikni Vizantiyadan qabul qilganligi tufayli bu mamlakatdagi ikonalar dastlab yunonlar, vizantiyaliklar tomonidan yaratilgan edi. Shunday bo&#8217;lsa-da, XI asrdayoq yunonlar qavatida rus mo&#8217;qhalam sohiblari ham asarlar yarata boshladilar. XI asrning faqat ikki ikonasigina bizning zamonamizga qadar saqlanib qolgan. Bular, Tretyakovskaya galereyasida saqlanayotgan &#8220;Novgorod Bibi Maryami&#8221; ikonasi, darvoqe, ikona vizantiyaliklar asari sanaladi; ikkinchi ikona esa \u2014 noma&#8217;lum muallifning havoriylar Petr va Pavel ikonasi (XVII asrga qadar mualliflar odatda o&#8217;z asarlariga imzo qo&#8217;yishmagan) \u2014 Novgorod tarix-badiiy muzeyining xazinasida saqlanayotir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ibodatxonaga qadam qo&#8217;ygan paytimizda aziz avliyolarning liqolari-siymolari bizni hamma tomondan qurshab oladi: ularning gohida badqahr, ba&#8217;zan esa o&#8217;ychan va g\u2019amgin nigohlari go&#8217;yo bizga asrlar qa&#8217;ridan tikilib turgandek tuyuladi. Bular ikonalar. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ikona-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2882","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2882","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2882"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2882\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2883,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2882\/revisions\/2883"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2882"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2882"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2882"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}