{"id":28822,"date":"2022-06-04T07:54:06","date_gmt":"2022-06-04T04:54:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28822"},"modified":"2022-06-04T07:54:07","modified_gmt":"2022-06-04T04:54:07","slug":"tavtologiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tavtologiya\/","title":{"rendered":"TAVTOLOGIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>TAVTOLOGIYA (Yunoncha tautologia \u2014 aynan o&#8217;sha so&#8217;z) \u2014 1) bir fikrni, mazmunni boshqa so&#8217;z yoki so&#8217;zlar (so&#8217;z birikmasi, ran) bilan takroran ortiqcha ishlatish, so&#8217;zni ortiqcha takrorlash. Masalan, chin haqiqat, gap gapirmoq, butunlay va to&#8217;laligicha kabi. Tavtologiya tushunchasi pleonazm tushunchasi bilan bog&#8217;liq; ba&#8217;zan Tavtologiyani pleonazmning bir ko&#8217;rinishi deb hisoblashadi. Aslida ular bir xil hodisa emas. Tavtologiya, pleonazmdan farqli o&#8217;laroq, nutq hodisasi hisoblanib, til tizimi va me&#8217;yori doirasiga kirmaydi. U, odatda, so&#8217;zlovchining mantiqan va til jihatdan yetarli darajada savodxon emasligini ko&#8217;rsatadi. Shuning uchun ham frantsuz tilshunosi Sh. Balli uni nuqsonli pleonazm deb atagan edi. Uslubiy g&#8217;alizlik natijasi bo&#8217;lmay, muayyan uslubiy vosita sifatida qo&#8217;llanganda, Tavtologiya nutqning emosional ta&#8217;sirchanligini oshiradi, lekin ilmiy va rasmiy uslublarda Tavtologiyaga yo&#8217;l qo&#8217;yib bo&#8217;lmaydi; 2) mantiqda o&#8217;ziga xos hukm, unda ta&#8217;riflanadigan tushuncha aynan o&#8217;zi vositasida ta&#8217;riflanadi, ya&#8217;ni ta&#8217;rifning aniqlovchi qismi aniqlanuvchi qismida ifoda etilgan ma&#8217;noni takrorlaydi. Natijada mazmun bir xil bo&#8217;lib qolaveradiyu, uni ifodalagan so&#8217;zlar esa turlicha bo&#8217;ladi. Tushunchalarni to&#8217;g&#8217;ri ta&#8217;riflash \u2014 mantiqiy talablardan biri. Ta&#8217;riflanayotgan tushuncha o&#8217;zi bilan emas, boshqa tushunchalar bilan ifodalanishi va tushunchaning mohiyati ochib berilishi lozim. &#8220;Odam insoniy xislatlarga ega bo&#8217;lishi lozim&#8221;, &#8220;tobi qochgan odam kasaldir&#8221; kabi ta&#8217;riflarda qaytariq mavjud. Shunday qaytariq mantiqda Tavtologiya deb ataladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAVTOLOGIYA (Yunoncha tautologia \u2014 aynan o&#8217;sha so&#8217;z) \u2014 1) bir fikrni, mazmunni boshqa so&#8217;z yoki so&#8217;zlar (so&#8217;z birikmasi, ran) bilan takroran ortiqcha ishlatish, so&#8217;zni ortiqcha takrorlash. Masalan, chin haqiqat, gap &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tavtologiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-28822","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28822","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28822"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28822\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28825,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28822\/revisions\/28825"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28822"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28822"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28822"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}