{"id":28832,"date":"2022-06-04T08:03:49","date_gmt":"2022-06-04T05:03:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28832"},"modified":"2022-06-04T08:03:49","modified_gmt":"2022-06-04T05:03:49","slug":"tagor-rabindranat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tagor-rabindranat\/","title":{"rendered":"TAGOR RABINDRANAT"},"content":{"rendered":"\n<p>TAGOR RABINDRANAT (Thakur Robindranath; 1861.7.5 \u2014 Kalkutta \u2014 1941.7.8) \u2014 hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Bengal tilida ijod qilgan. Kalkutta va London untlarida o&#8217;qigan (1878-80). Angliyada chiqadigan &#8220;Gya-nankur&#8221; va &#8220;Bharati&#8221; jurnalilarida dastlabki she&#8217;r, Doston va makrlalari bosilgan (1875 yildan). Vataniga qaytgach (1880), &#8220;Valmika dahosi&#8221; (1881) musiqali dramasini yozgan. Ilk she&#8217;riy tuplami \u2014 &#8220;oqshom qo&#8217;shiqlari&#8221; (1882) panteistik ruvda. &#8220;Tabiat intiqomi&#8221; (1883) pesasi, &#8220;tonggi qo&#8217;shiqlar&#8221; (1883), &#8220;suratlar va qo&#8217;shiqlar&#8221; (1884) she&#8217;riy to&#8217;plamlarida pok muhabbat ulug&#8217;langan. &#8220;Bibha sohili&#8221; (1883) va &#8220;donishmand Raja&#8221; (1886) tarixiy romanlarida zulm va adolatsizlik qoralangan. Tagor 1884-1911 yillarda &#8220;Brahma Samaj&#8221; diniy-ma&#8217;rifiy jamiyatining kotibi vazifasida ishlagan. Hindiston Milliy Kongressining 2kongressi (1886) ishlarida faol qatnashgan. Uning &#8220;Chitra&#8221; (1896), &#8220;Lahza&#8221; (1900) she&#8217;riy to&#8217;plamlari, &#8220;Raja va raniy&#8221; (1889), &#8220;qurbonlik&#8221; (1890), &#8220;Chitrangoda&#8221; (1892), &#8220;Malini&#8221; (1895) falsafiy dramalari va &#8220;hisoblar&#8221; (1891), &#8220;jazo&#8221; (1893), &#8220;Nur va soyalar&#8221; (1894) kabi hikoyalarida hind xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashi tasvirlangan. &#8220;Shadhoda&#8221; jurnali ida siyosiy va ijtimoiy maqolalari chop etilgan. Kalkutta yaqinidagi Shantiniketonda maktab ochib, o&#8217;qituvchilik qilgan. 20-yillarda Vishvabg&#8217;arati untiga asos solgan. &#8220;Ko&#8217;zga tushgan cho&#8217;p&#8221; (1902), &#8220;halokat&#8221; (1905) romanlari va &#8220;buzilgan uya&#8221; (1903) qissasi bilan Bengal adabiyotida maishiypsixologik roman janrini boshlab berdi. 1902 yil Tagorning xotini, otasi, o&#8217;g&#8217;li olamdan o&#8217;tadi. Uning bu musibat va iztiroblari &#8220;Xotira&#8221; (1903), &#8220;farzand&#8221; (1903), &#8220;parom&#8221; (1906) she&#8217;riy to&#8217;plamlarida aks ettirilgan. &#8220;Gora&#8221; romani (1907-10), &#8220;qasos&#8221; (1905) dramasi va &#8220;pochta&#8221; (1912), &#8220;konservatizm qal&#8217;asi&#8221; (1912) pyesalarida Tagor Hindistondagi barcha millat vakillarini, ular qaysi tabaqa va diniy mazhabdan bo&#8217;lishidan qat&#8217;i nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa birlashishga da&#8217;vat etadi. Uning &#8220;Xalq qalbi&#8221; nomli qo&#8217;shig&#8217;i (1911) Hindiston Respublikasining, vatanparvarlik haqidagi &#8220;mening oltin Bengaliyam&#8221; qo&#8217;shig&#8217;i (1913) esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy gimniga aylangan. &#8220;Gitanjali&#8221; (&#8220;Baxshida qo&#8217;shikdar&#8221;, 1910) she&#8217;riy to&#8217;plami uchun unga nufuzli mukofot berilgan. &#8220;Turnalar parvozi&#8221; (1914-16) she&#8217;riy turkumi shoirning G&#8217;arb mamlakatlariga qilgan safari, 1-jahon urushi va insoniyat taqtsiri haqidagi o&#8217;ylarini aks ettirgan. &#8220;To&#8217;rt hayot&#8221; (1916) qissasi, &#8220;Xonadon va jahon&#8221; (1915-16) romani milliy ozodlik harakati voqealariga bag&#8217;ishlangan. 30-yillarda T.ning siyosiy qarashlari yanada o&#8217;sadi, u o&#8217;z ijodida milliy ozodlik harakatiga e&#8217;tibor qaratadi. Bu davrda &#8220;intiho haqida Doston&#8221; (1929), &#8220;to&#8217;rt qism&#8221; (1934) romanlari, &#8220;yaproqlar&#8221; (1936), &#8220;tungi sham&#8221; (1938), &#8220;so&#8217;nggi she&#8217;rlar&#8221; (1941) she&#8217;riy to&#8217;plamlari nashr etildi. Tagor 30-yillarda badiiy asarlar bilan bir qatorda ko&#8217;plab darsliklar, falsafa va din bo&#8217;yicha ilmiy risolalar yozdi, milliy ozodlik harakati masalalarini adabiyotda yanada kengroq yoritishga katta e&#8217;tibor berdi, hind she&#8217;riyatida yangi siyosiy janrni yaratdi (&#8220;Afrika&#8221;, 1936; &#8220;Budda ixlosmandlari&#8221;, 1937 va boshqlar). Tagor ijodi, hozirgi Bengal adabiy tilining shakllanishida, she&#8217;riyatning yangi shakl va mazmun bilan boyishida xal kiluvchi rol o&#8217;ynagan. U o&#8217;z she&#8217;rlariga musiqa bastalab, ommaviy qo&#8217;shiqpar yaratgan. Asarlari jahonning ko&#8217;p tillariga tarjima qilingan. Tagorning &#8220;halokat&#8221; romani asosida tayyorlangan &#8220;Gang daryosining qizi&#8221; dramasi (1956) va &#8220;pochta&#8221; pyesasi (1961) hozirgi O&#8217;zbek milliy teatrida sahnalashtirilgan. &#8220;Uzbekfilm&#8221; kinostudiyasi &#8220;Gang daryosining qizi&#8221; filmini yaratgan (1961). 8 jildli asarlar to&#8217;plami (1958-65) o&#8217;zbek tilida nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1913). Ad.: Hoshimov I., Rabindranat Tagor (hayot va ijodiy yo&#8217;li), T., 1961; ko&#8217;zga tushgan cho&#8217;p, T., 1973. Sa&#8217;dulla Yo&#8217;ldoshev, Ulfatxon Muhibova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAGOR RABINDRANAT (Thakur Robindranath; 1861.7.5 \u2014 Kalkutta \u2014 1941.7.8) \u2014 hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Bengal tilida ijod qilgan. Kalkutta va London untlarida o&#8217;qigan (1878-80). Angliyada chiqadigan &#8220;Gya-nankur&#8221; va &#8220;Bharati&#8221; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tagor-rabindranat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-28832","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28832","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28832"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28832\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28835,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28832\/revisions\/28835"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28832"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28832"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28832"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}