{"id":28837,"date":"2022-06-04T08:31:40","date_gmt":"2022-06-04T05:31:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28837"},"modified":"2022-06-04T08:31:40","modified_gmt":"2022-06-04T05:31:40","slug":"tadbirkorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tadbirkorlik\/","title":{"rendered":"TADBIRKORLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>TADBIRKORLIK \u2014 kapital sarflab tovar va xizmatlar yaratish bilan foyda topishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat, biznesning asosiy turi; Tadbirkorlik mulkchilik sub&#8217;yektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi krnunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko&#8217;rsatishidir. Tadbirkorlik noyob qobiliyat, yer, mehnat, kapital, axborotlar bilan bir qatorda iqtisodiyot va ishlab chiqarishning bosh omillaridan biri hisoblanadi. Tadbirkorlik biznesga kiradi, lekin har qanday biznes Tadbirkorlik bo&#8217;lavermaydi. Biznesda tovar va xizmatlar yaratilib, bozordagi talab qondirilganda Tadbirkorlik faoliyati yuzaga keladi. Tadbirkorlik tarixi uzoq o&#8217;tmishga borib taqalsada, Tadbirkorlik tushunchasi 18-asrda paydo bo&#8217;lgan va ko&#8217;pincha &#8220;mulkdor&#8221; iborasi bilan bir ma&#8217;noda qo&#8217;llanilgan. Xususan, A. Smit tadbirkorni foyda olish uchun biron-bir tijorat g&#8217;oyasini amalga oshirish maqsadida tavakkalchilik bilan ish ko&#8217;ruvchi mulkdor deb tavsiflaydi. Hozirgi zamon G&#8217;arb adabiyotida ham Tadbirkorlik foyda olish maqsadida xo&#8217;jalik yuritish san&#8217;ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik va tashabbusning erkin namoyon bo&#8217;lishi, novatorlik, xavf-xatarga doim tayyor turish kabi belgilar bilan tavsiflanadi. Tadbirkorlik quyidagi tamoyillarga tayanadi: bozor talabiga ko&#8217;ra mustaqil iqtisodiy faoliyat olib borish; foyda olishdan iborat maqsadga ega bo&#8217;lish; iqtisodiy mas&#8217;uliyat va majburiyatni o&#8217;z zimmasiga olib, tavakkaliga ish qila bilish; yangilikka intilish; belgilangan qonunqoidalarga rioya qilish; tadbirkorlik sirini saklash; ijtimoiy mas&#8217;uliyatni his etish, ya&#8217;ni o&#8217;z jamoasi, xalqi farovonligini ta&#8217;minlashni o&#8217;z faoliyatining asosiy yo&#8217;nalishi deb bilish va boshqalar. Tashkiliy jihatdan Tadbirkorlik jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatidan iborat. Tadbirkorlik biznes sifatida, asosan, sanoat, agrar va servis sohalarda kechadi. Tadbirkorlik mulkiy jihatdan 4 xil ko\u2019rinishga ega: davlat tadbirkorligi; xususiy tadbirkorligi; jamoa tadbirkorligi; aralash Tadbirkorlik Ish ko&#8217;lami jihatidan kichik, o&#8217;rta va yirik Tadbirkorlikka bo\u2019linadi. Ular bir-biridan kapital miqdori, ishlovchilar soni, yaratilgan mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati (hajmi) va olingan foyda miqdoriga qarab farqlanadi. Tadbirkorlik g&#8217;oyat murakkab faoliyat bo&#8217;lganidan, maxsus iste&#8217;dod, tayyorgarlik va tajribani talab qiladi. Yer yuzida Tadbirkorlik bilan aholining 8-10% shug&#8217;ullanadi, xolos. Xitoyda 2002 yilda aholining 12,5% Tadbirkorlik qilgan. O&#8217;zbekistonda 2003 yil mehnatga layoqatli aholining 15,4% Tadbirkorlik bilan shug&#8217;ullandi. Ulardan mikrofirma sohiblari (ming kishi) \u2014 214,0, kichik korxona egalari \u2014 17,3, o\u2019rta korxona egalari \u2014 7,4, fermerlar \u2014 87,5, yakka tartibda Tadbirkorlik qiluvchilar \u2014 97,1, mayda dehqon xo&#8217;jaligi sohiblari \u2014 160,0 dan iborat buldi (2004). O&#8217;zbekistonda Tadbirkorlik tarixan ko&#8217;hna hodisa hisoblansada, bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish munosabati bilan o&#8217;tkazilgan iqtisodiy islohotlar natijasida 20-asrning 90-yillaridan boshlab kichik va o\u2019rta savdo, umumiy ovqatlanish, aholiga xizmat kursatish korxonalarining xususiylashtirilishi munosabati bilan xususiy Tadbirkorlik ancha rivojlandi. Respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki bosqichida &#8220;O&#8217;zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to&#8217;g&#8217;risida&#8221; qonuni (1991, 15 Fevral), &#8220;Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag&#8217;batlantirish to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1995, 12 dekabr), &#8220;Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (1999, 15 aprel). &#8220;Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to&#8217;g&#8217;risida&#8221; (2000, 25 may) qonunlari, O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 23 Fevraldagi &#8220;Kichik tadbirkorlik sub&#8217;yektlarini moliyaviy qo&#8217;llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to&#8217;g&#8217;risidagi&#8221; farmoni O&#8217;zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosiy tayanchi bo&#8217;lgan tadbirkorlar toifasini shakllantirishga huquqiy bazani yaratdi. Ahmadjon O&#8217;lmasov, Rustam Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TADBIRKORLIK \u2014 kapital sarflab tovar va xizmatlar yaratish bilan foyda topishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat, biznesning asosiy turi; Tadbirkorlik mulkchilik sub&#8217;yektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tadbirkorlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-28837","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28837","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28837"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28837\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28844,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28837\/revisions\/28844"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28837"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28837"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28837"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}