{"id":28948,"date":"2022-06-04T20:08:32","date_gmt":"2022-06-04T17:08:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28948"},"modified":"2022-06-04T20:08:35","modified_gmt":"2022-06-04T17:08:35","slug":"estrada","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/estrada\/","title":{"rendered":"ESTRADA"},"content":{"rendered":"\n<p>ESTRADA (ispancha \u2014 taxtasupa), estrada san&#8217;ati \u2014 1) keng ma&#8217;noda \u2014 ko&#8217;ngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor ma&#8217;noda \u2014 sahnaviy professional san&#8217;at turi. Rossiya va boshqalar ba&#8217;zi mamlakatlarda Estrada, Angliyada myuzikxoll, Frantsiyada Varete, kafeshantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan yuritiladi. Estradaning kelib chiqishi xalq og&#8217;zaki ijodi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lsada, u muayyan (tijoratommabop) san&#8217;at turi sifatida 19-asrda Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiymadaniy muhitida yuzaga kelgan. Estradaning asosiy shakli \u2014 maxsus joylarda, muntazam ravishda o&#8217;tkaziladigan Estrada kontsertidir. U bir nechta (yoki yakka) artist (so&#8217;z ustasi, xonanda, raqqos, aktyor va boshqalar)ning badiiy tugal, turfa mazmundagi kichik chiqishlaridan iborat bo&#8217;lib, ifoda vositalarining lo&#8217;nda va yorqinligi, o&#8217;ziga xosligi, ishtirokchilarning tomoshabin bilan bevosita muloqotda bo&#8217;lishi bilan ajralib turadi. Estrada tomoshalari ba&#8217;zan konferanse birlashtirgan mavzuli dastur asosida tuziladi. Yevropada Estrada tomoshalari dastlab kafe va restoranlarda, keyinchalik moslashtirilgan teatr binolari va boshqalar joylarda o&#8217;tkazilgan. Ularda so&#8217;z ustalari, qo&#8217;shiqchilar, raqqos va raqqosalar, shuningdek, akrobat, ko&#8217;zbog&#8217;lovchilar ishtirok etgan. Hozirda estrada sahnalarida monolog, feleton, hajviy hikoya kabi nutq janrlari, Estrada (milliy, bal va boshqalar) raqsya, kuplet va Estrada qo&#8217;shig&#8217;i, ko&#8217;pgina tsirk turlari (akrobatika, jonglyorlik, fokus va boshqalar), teatr miniatyurasi, qo&#8217;g&#8217;irchoqbozlar chiqishlari, pantomime va boshqalar mavjud. O&#8217;zbekistonda (boshqa Sharq mamlakatlarida bo&#8217;lgani kabi) Estradaning rivojlanishi quyidagi ko&#8217;rinishlarda bo&#8217;lgan: bir tomondan unda an&#8217;anaviy san&#8217;at namunalari sahna talablariga moslashtirib o&#8217;zgartirilgan (masalan, Tamaraxonim va M.Qoriyoqubov ijrosidagi xalq lalarlarining sahna talqinlari, Yusufjon qiziq\\shsh askiya an&#8217;analariga asoslangan konferanselik chiqishlari va boshqalar) yoki milliy janrlar negizida yangi sahna turlari yaratilgan (M.Turg&#8217;unboyeva usta olim bilan birgalikda ijod qilgan &#8220;paxta&#8221;, &#8220;pilla&#8221; kabi ommaviy sahna raqslari). Ikkinchi tomondan O&#8217;zbekiston Estradasi chet el san&#8217;ati shakl va uslublari (mas, jaz, Estrada orkestri, myuzikxoll)ni o&#8217;zlashtirishi bilan boyidi. 1956 yildan O&#8217;zbek estrada teatri, keyinchalik O&#8217;zbek davlat estrada birlashmasi (1996 yilgacha) faoliyat ko&#8217;rsatgan. Hozirda Estrada san&#8217;atini rivojlantirish, Estrada jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar &#8220;O&#8217;zbeknavo&#8221; birlashmasiga yuklatilgan. Estrada o&#8217;quv yo&#8217;nalishi sifatida maxsus ta&#8217;lim tizimiga kiritilgan. 1996 yildan Toshkent estrada kolleji, O&#8217;zbekiston davlat konservatoriyasi va boshqalar san&#8217;at (musiqa) o&#8217;quv yurtlarida Estrada fakultetlari faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Ad.: Klitin S, Estrada, L., 1987. Olimjon Bekov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ESTRADA (ispancha \u2014 taxtasupa), estrada san&#8217;ati \u2014 1) keng ma&#8217;noda \u2014 ko&#8217;ngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor ma&#8217;noda \u2014 sahnaviy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/estrada\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-28948","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28948","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28948"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28948\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28949,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28948\/revisions\/28949"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28948"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28948"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28948"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}