{"id":28976,"date":"2022-06-05T10:18:35","date_gmt":"2022-06-05T07:18:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=28976"},"modified":"2022-06-05T10:18:36","modified_gmt":"2022-06-05T07:18:36","slug":"toquvchilik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toquvchilik\/","title":{"rendered":"TO&#8217;QUVCHILIK"},"content":{"rendered":"\n<p>TO&#8217;QUVCHILIK &#8211; tabiiy (paxta, jun, ipak, zig&#8217;ir, kanop va hokazolar) va sun&#8217;iy tolalardan gazlama va boshqa to&#8217;qimachilik mahsulotlari olish jarayonlari majmui; hunarmandchilikning bir turi, kasb. Dastlab (neolit va ibtidoiy jamoa davrida) yigirish va to&#8217;qishga doyr ishlar qo&#8217;lda bajarilgan. Keyin urchuqlar, dastaki to&#8217;quv dastgohlari paydo bo&#8217;lgan. Chigit ekib, paxtadan ip gazlama olish O&#8217;rta Osiyoda milodning boshidayoq tarqalgan. Lekin ishlab chiqarish texnikasi nihoyatda sekinlik bilan o&#8217;sgani uchun yigirish va to&#8217;qish qo&#8217;lda bajarilgan. Keyinchalik yog\u2019ochdan yasalgan dastaki To&#8217;quvchilik dastgohi (do&#8217;kon) paydo bo&#8217;lgan. To&#8217;quvchilikni mexanizatsiyalashga urinish 16-18-asrlarga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Ingliz ixtirochisi J. Keyning 1733 yilda ixtiro qilgan &#8220;o&#8217;ziuchar&#8221; moki To&#8217;quvchilikda katta ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. 18- asr oxirida Buyuk Britaniyada E. Kartrayt mexanik to&#8217;quv stanogini ixtiro qildi. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida mokisi avtomatik tarzda almashtiriladigan To&#8217;quvchilik stanoklari paydo bo&#8217;ldi. Dastlab, ip yigirish, gazlama to&#8217;qish, pardozlash ishlari yakka tartibda bajarilgan, keyinchalik (18-asr 2-yarmidan) kichik-kichik, keyin yirikroq korxonalar paydo bo&#8217;lgan. To&#8217;quvchilik to&#8217;quv stanoklarida korxonalarda bajariladi. To&#8217;qimagazlama ishlab chiqaradigan korxona to&#8217;quv fabrikasi deyiladi. To&#8217;quv fabrikasining yonida ip yigiruv fkasi va to&#8217;qimaga gul bosadigan fabrika ham bo&#8217;lsa, korxona To&#8217;quvchilik kombinati deyiladi. To&#8217;quvchilikning asosiy xom ashyosi paxta (va boshqa tabiiy tolalar) hisoblanib, kimyoviy tolalardan ham keng foydalaniladi. Gazlama to&#8217;qishning texnologik jarayoniga ko\u2019ra, To&#8217;quvchilik tayyorgarlik, to&#8217;qish va yakunlovchi operasiyalarni o&#8217;z ichiga oladi. Tayyorgarlikda tolalarni aralashtirib, yigirib har xil ip olinadi. Ip tayyorlash tartibi quyidagi ketma-ketlikdan iborat: tanda ipini qayta o&#8217;rash, tandalash, ohorlash, tanda ipini o&#8217;tkazish; arqoq ipini qayta o&#8217;rash, namlash yoki emulsiyalash, tanda ipini qayta o&#8217;rash naychalaridagi ipni bobinaga yoki flanesli g&#8217;altaklarga o&#8217;rashdan iborat. Tandalashda bobinadagi tanda iplari tanda vallariga Parallellab o&#8217;raladi. Bu operatsiya tanda mashinalarida bajariladi. Tanda ipining pishiqligini oshirish uchun ular ohorlanadi. Tanda ipini remizalar ko&#8217;zi va berdo plastinkalari orasidan o&#8217;tkazish (&#8220;proborka&#8221;) maxsus stanoklarda bajariladi. Arqoq ipi yigiruv fabrikalarida to&#8217;quv stanogining mokisiga tushadigan naychalarda ishlab chiqariladi, shuning uchun u maxsus tayyorlash operatsiyasidan o&#8217;tkazilmaydi. Arqoq ipining elastik va silliq bo&#8217;lishi hamda halqa (tugun) hosil qilmasligi uchun uni namlash yoki emulsiyalash lozim. Shu tariqa tayyorlangan tanda va arqoq iplaridan to&#8217;quv stanogida turlicha o&#8217;rilish usullarida gazlama to&#8217;qiladi. To&#8217;qish jarayonida tanda iplariga arqoq iplariga nisbatan to&#8217;quv stanogi ish organlari kuchliroq ta&#8217;sir qiladi. Shuning uchun tanda iplari sifatliroq xom ashyodan tayyorlanadi, aks holda to&#8217;qish jarayonida tanda ipi uzilaverib, ish sur&#8217;ati va gazlama sifatiga ta&#8217;sir qiladi. Yakunlovchi operasiyalar tayyor gazlamani o&#8217;lchash (maxsus mashinalarda), tuklarini qirqish va tozalash, sifatini tekshirish va taxlash mashinalarida taxlash ishlarini o&#8217;z ichiga oladi. Yakunlovchi operasiyalarning barchasi potok liniyalarda bajariladi. Keyin gazlama pardozlash, gul bosish (zarur bo&#8217;lsa) jarayonlaridan o&#8217;tkaziladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TO&#8217;QUVCHILIK &#8211; tabiiy (paxta, jun, ipak, zig&#8217;ir, kanop va hokazolar) va sun&#8217;iy tolalardan gazlama va boshqa to&#8217;qimachilik mahsulotlari olish jarayonlari majmui; hunarmandchilikning bir turi, kasb. Dastlab (neolit va ibtidoiy jamoa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toquvchilik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-28976","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28976","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28976"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28976\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28978,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28976\/revisions\/28978"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28976"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28976"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28976"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}