{"id":29051,"date":"2022-06-05T14:22:40","date_gmt":"2022-06-05T11:22:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29051"},"modified":"2022-06-05T14:22:42","modified_gmt":"2022-06-05T11:22:42","slug":"tayvan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tayvan\/","title":{"rendered":"TAYVAN"},"content":{"rendered":"\n<p>TAYVAN, Formoza \u2014 tinch okeandagi Orol, Osiyoning Janubiy Sharqiy qirg&#8217;oqlari yaqinida, materikdan tayvan bo&#8217;g&#8217;ozi orqali ajralgan. Atrofidagi mayda orollar bilan Xitoy provintsiyasini tashkil etadi. Maydoni 36 ming kilometr kvadrat. Ma&#8217;muriy markazi \u2014 Taybey shahri. Aholisi 22,3 million kishi (2001), 1 kilometr kvadratga 621,7 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Rasmiy til \u2014 Xitoy (mandarin) tili. Aholi buddizm, daosizm va xristian dinlariga e&#8217;tiqod qiladi. Pul birligi \u2014 yangi Tayvan dollari. Tayvanning qirg&#8217;oq chizig&#8217;i tekis, Sharqiy qismida Tayvanshan suvayirg&#8217;ich tizmasi o&#8217;tgan. G&#8217;arbiy sohili tekislik. Shimolda bir necha so&#8217;ngan vulqon bor. Kuchli zilzilalar bo&#8217;lib turadi. Iqlimi shimolda subtropik, Janubda tropik, mussonli iqlim, yanvarning temperaturasi 15\u2014 20\u00b0, iyulniki 25-30\u00b0. Yillik yog&#8217;in 1500-2500 millimetr. Tez-tez tayfun bo&#8217;ladi. Daryolari sersuv. Hududining yarmiga yakini doim yashil o&#8217;rmon bilan qoplangan, 3300 metrdan baland qismi butazor va o&#8217;tloqlar. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, ko&#8217;mir qazib olinadi, oltingugurt konlari bor. Tekisliklarda sholi, choy, batat, shakarqamish, ananas va hokazolar ekiladi. Orol haqidagi dastlabki ma&#8217;lumotlar 1-2-asrlardagi Xitoy manbalarida uchraydi. 1590 yilda Tayvanni portugallar bosib olib, Formoza (go&#8217;zal, nafis) deb ataganlar. 1624 yildan gollandlar nazoratida bo&#8217;ldi. 1861 yilda ulardan ozod etilib, ma&#8217;muriy jihatdan Xitoyning Futszyan provintsiyasi tarkibiga kiritildi. 1887 yilda esa alohida provintsiya kilib ajratildi. 1894-95 yillardagi Yaponiya \u2014 Xitoy urushidan so&#8217;ng Orol yaponlarga o&#8217;tdi. 2-jahon urushida yaponlar yengilgach, Tayvan 1945 yilda Xitoyga qaytarildi. 1949 yilda XXR tashkil etilgach, mag&#8217;lub bo&#8217;lgan gomindanchilar Tayvanga o&#8217;rnashib oldilar va &#8220;Xitoy Respublikasi hukumati&#8221;ni tuzdilar. Tayvanda amal qilinadigan Konstitusiyaga muvofiq Tayvan hukumati Orolni 6 yil muddatga saylangan prezident boshqaradigan &#8220;Xitoy Respublikasi&#8221; deb nomladi. XXR hukumati esa Tayvan ma&#8217;muriyatiga &#8220;bir davlat \u2014 ikki sistema&#8221; shaklini taklif etdi. Unga muvofiq Orol tinch yo&#8217;l bilan yagona Xitoy yurisdiktsiyasi ostidagi o&#8217;z ijtimoiy tizimiga ega ma&#8217;muriy rayon bo&#8217;lishi lozim. Tayvan hukumati esa bunga qarshi va u &#8220;bir mamlakat \u2014 ikki hokimiyat&#8221; shaklini taklif etmoqda. Tayvanning oliy boshqaruv organlari \u2014 Milliy Majlis va 5 asosiy palata (yuan) dan iborat. Prezident, Milliy Majlis va palatalar 6 yil muddatga saylanadi. 40 dan ortiq partiya ro&#8217;yxatga olingan, yetakchi partiyalar \u2014 demokratik progressiv partiya, Gomindan partiyasi (millatparvar partiya). 2-jahon urushidan so&#8217;ng Tayvan iqtisodiy o&#8217;sish va eksport bo&#8217;yicha dunyoda eng yuqori sur&#8217;atlarga ega bo&#8217;lib, iqtisodiy jihatdan kuchli ma&#8217;muriy tuzilmaga aylangan. Hozirda Tayvan Sharqiy Osiyoning &#8220;To&#8217;rt kichik iqtisodiy ajdar&#8221;i \u2014 Koreya Respublikasi, Singapur va Syangan guruhidagi ,yangi industrial mamlakat hisoblanadi. 1991 yildan OsiyoTinch okean iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga a&#8217;zo. Tayvanning yalpi ichki mahsuloti 270 milliard dollardan ziyod bo&#8217;lib, jahonda 20-o&#8217;rinni egallaydi. Iqtisodiy o&#8217;sish sur&#8217;ati \u2014 65,1%. Kompyuter, elektron uyro&#8217;zg&#8217;or apparaturasi, kiyimkechak, poyabzal, sport yaxtalari ishlab chiqarish. bo&#8217;yicha jahon xo&#8217;jaligida yetakchi o&#8217;rinni egallaydi. Tayvan elektronika tarkibiy kismlari, mebel, to&#8217;qimachilik, metallurgiya, kimyo, aniq mashinasozlik mahsulotlarining yirik eksport qiluvchisi. Asosiy sanoat tarmoqlari: to&#8217;qimachilik, radioelektronika, kemasozlik, oziq-ovqat, tsement, o&#8217;rmon-yog&#8217;ochsozlik, po&#8217;lat eritish. Yirik sanoat shaharlari: Taybey, Szilun, Taychjun, Gaosyun. Kamfara ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda 1o&#8217;rinda. Hududining 24% ekin maydoni. Asosiy ekini \u2014 sholi, shuningdek, shakarkamish, batat, ananas ham etishtiriladi; choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda qo&#8217;y boqiladi. Baliq ovlanadi. Tayvanni dunyoning 29 davlati tan olgan. Asosiy savdo hamkorlari \u2014 AQSh, Yaponiya, Syangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAYVAN, Formoza \u2014 tinch okeandagi Orol, Osiyoning Janubiy Sharqiy qirg&#8217;oqlari yaqinida, materikdan tayvan bo&#8217;g&#8217;ozi orqali ajralgan. Atrofidagi mayda orollar bilan Xitoy provintsiyasini tashkil etadi. Maydoni 36 ming kilometr kvadrat. Ma&#8217;muriy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tayvan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29051","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29051","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29051"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29051\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29053,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29051\/revisions\/29053"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29051"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29051"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29051"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}