{"id":29056,"date":"2022-06-05T14:33:15","date_gmt":"2022-06-05T11:33:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29056"},"modified":"2022-06-05T14:33:16","modified_gmt":"2022-06-05T11:33:16","slug":"takash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/takash\/","title":{"rendered":"TAKASH"},"content":{"rendered":"\n<p>TAKASH &#8211; Alouddin Muhammad Xorazmshoh (to&#8217;liq ismi Alouddin Takash ibn Elarslon ibn Otsiz ibn Anushtegin) (taxminan 1152-1200.3.7) \u2014 anushteginiylar sulolasidan bo&#8217;lgan Xorazmshohlar davlatining hukmdori (1172-1200 yil). Takash otasi Elarslon vafoti arafasida Jand viloyati voliysi bo&#8217;lib turgan. Shuning uchun Elarslon kenja o&#8217;g&#8217;li Sultonshohda valiaxd qilib tayinlaydi va Sultonshoh taxtga o&#8217;tirgan (1172). Takash Sultonshohni tan olmasligini aytgach, Sultonshoh unga qarshi onasi maslahati bilan qo&#8217;shin jo&#8217;natgan. Takash esa qoraxitoylar malikasi Chen Tiyon (1164\u2014 1177)ga har yili o&#8217;lpon to&#8217;lab turishi haqida va&#8217;da berib, o&#8217;gay ukasi Sultonshoh bilan kurashish uchun harbiy yordam so&#8217;ragan va undan olgan qo&#8217;shin bilan Gurganch (ko&#8217;hna Urganch)ga yurish qilgan. Sultonshoh va onasi Turkon xotun Xurosonga qochgan. Gurganchni qo&#8217;lga kiritgach, Takash 1172 yil 11 dekabrda halqning madadi bilan rasman Xorazm taxtiga o&#8217;tirgan. Lekin, ukasi bilan Xorazm taxti uchun yana 20 yil kurash olib borishga majbur bo&#8217;lgan. Sultonshoh vafotidan so&#8217;ng Xurosonning Toliqon Marvirud Hirot yo&#8217;nalishidagi yerlar Takashga o&#8217;tgan. U o&#8217;g&#8217;li Nosiruddin Malikshohni Marvga, boshqa o&#8217;g&#8217;li Qutbiddin Muhammad II ni Nishopurga voliy kilib tayinlagan. Shundan so&#8217;ng Takash Sharqiy Eronga o&#8217;z ta&#8217;sirini o&#8217;tkazish bilan birga, G&#8217;arbiy Eron ishlariga ham aralasha boshlagan. Takash Sultonshoxga qarshi kurashayotgan vaqtida (1172-1193) g&#8217;uriylar, saljukiylar va Abbosiy xalifalar, hatto ba&#8217;zan qoraxitoylar bilan ham yaxshi munosabatlarni saklab ular bilan do&#8217;stona maktublar yozishib turgan (bu maktublar mazmuni saqlanib qolgan). 1192-93 yillarda Saljuqiylar sultoni To&#8217;g&#8217;rul III Takash bilan yaxshi munosabatni saqlash uchun uning o&#8217;g&#8217;li Yunusxonga o&#8217;z qizini bergan va sulh shartnomasini tuzgan, bunga ko&#8217;ra Ray Xorazmshoh mulki deb tan olingan. Lekin, To&#8217;g&#8217;rul III shartnomani buzgan. To&#8217;g&#8217;rul shga xalifa shNosir ham qarshi bo&#8217;lib, u Takashga maktub yozib To&#8217;g&#8217;rul III ga qarshi kurashda yordam so&#8217;ragan. Takash 1194 yil 4 martdagi jangda To&#8217;g&#8217;rul III qo&#8217;shinlarini mag&#8217;lubiyatga uchratib, unga qaram yerlarni o&#8217;z tasarrufiga qo&#8217;shib olgan, lekin, xalifaga o&#8217;ljadan hech narsa tegmagan. Bu ular o&#8217;rtasidagi munosabatlarning buzilishiga olib kelgan. To&#8217;g&#8217;rul III vafot etgach, Eron va Iroqi Ajam yerlari Xorazmga o&#8217;tadi, Saljuqiylar sulolasi barham topadi. Takash o&#8217;sha yildan e&#8217;tiboran &#8220;Sulton&#8221; unvonini qo&#8217;llay boshlaydi. Takash 1195 yilda Kirmonni o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirgan. Umrining oxirgi yillarida ismoiliylar bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan. 1200 yil xalifa bilan munosabati yana yomonlashgan Takash Bag&#8217;dodga yurish qilgan, lekin yarim yo&#8217;lda Nishopur va Xorazm oralig&#8217;idagi Shahriston shahrida vafot etgan. Takashning jasadi Gurganchga keltirilib o&#8217;zi qurdirgan katta madrasa qoshidagi maqbaraga dafn qilingan. O&#8217;rta asr mualliflarining yozishicha, Takash adolatparvar, iqtidorli, buyuk diplomat va lashkarboshi bo&#8217;lgan. Takash musiqani sevgan, udni juda yaxshi chalgan, hozirjavob bo&#8217;lishi bilan birga siyosiy ahvolni to&#8217;g&#8217;ri baholab, harbiy kuchdan to&#8217;g&#8217;ri foydalana olgan. Takash qipchoq xoni Jonkishining qizi Turkon xotunga uylangan. Uning bilan birga kelgan qipchoqlar keyinchalik mamlakat tanazzuliga sabab bo&#8217;lgan. Takash davrida Xorazmshohlar davlati kuchaygan. U o&#8217;g&#8217;li Qutbiddin Muhammadga markazlashgan mustahkam davlat va tashkiliy jihatdan qudratli qo&#8217;shinni meros qoldirgan. Ad.: Buniyodov Z., Anushtagin \u2014 Xorazmshohlar davlati (1097-1231), T., 1998; Tanoriy O., Jaloliddin Xorazmshohva uningdavri, T., 1998; Nasavi y Sh., Sulton Jaloliddin Manguberdi tarixi, T., 2000. Ne&#8217;mat Polvonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAKASH &#8211; Alouddin Muhammad Xorazmshoh (to&#8217;liq ismi Alouddin Takash ibn Elarslon ibn Otsiz ibn Anushtegin) (taxminan 1152-1200.3.7) \u2014 anushteginiylar sulolasidan bo&#8217;lgan Xorazmshohlar davlatining hukmdori (1172-1200 yil). Takash otasi Elarslon vafoti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/takash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29056","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29056","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29056"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29056\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29057,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29056\/revisions\/29057"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29056"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29056"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29056"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}