{"id":29058,"date":"2022-06-05T14:41:57","date_gmt":"2022-06-05T11:41:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29058"},"modified":"2022-06-05T14:41:58","modified_gmt":"2022-06-05T11:41:58","slug":"taklamakon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taklamakon\/","title":{"rendered":"TAKLAMAKON"},"content":{"rendered":"\n<p>TAKLAMAKON \u2014 Xitoyning g&#8217;arbiy qismidagi cho&#8217;l, Tarim tekisligining Markaziy qismida. Dunyoda eng yirik qum cho&#8217;llaridan biri. Maydoni 271 ming kilometr kvadrat. Uzunligi g&#8217;arbdan sharqqa 1000 kilometrdan ziyod, eni 400 kilometrgacha. Yer yuzasi tekis bo&#8217;lib, to&#8217;rtlamchi davrda to&#8217;plangan cho&#8217;kindilardan tuzilgan. Shimol va sharqqa tomon 1200-1300 metrdan 900-1000 metrgacha pasayib boradi. Cho&#8217;lning g&#8217;arbiy qismida qumtoshlardan iborat bir necha qoyali qator tepalar (Cho&#8217;ngtog&#8217;, balandligi 1664 metr), qumoq va gilli tepaliklar (Mozortog&#8217;, 1635 metr, To&#8217;xtaqozi, 1560 metr) bor. Taklamakonning Janubi g&#8217;arbida barxanlar, shimoli sharqida balandligi 300 metrgacha bo&#8217;lgan qum uyumlari uchraydi. Chekka qismidagi katta maydonlarni sho&#8217;rxoklar egallagan. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqlim. Yiliga 50 millimetrdan kam yog&#8217;in yog&#8217;adi, ba&#8217;zi yillarda umuman yog&#8217;maydi. Kuchli shamollar esib, qum bo&#8217;ronlari bo&#8217;lib turadi. Kunlundan oqib keladigan daryolar qumga singib ketadi, Xo&#8217;tan daryosigina yozda cho&#8217;lni kesib o&#8217;tib, Tarim daryosiga quyiladi. Yer osti suvlari chuqur. Cho&#8217;lning katta qismida o&#8217;simlik deyarli uchramaydi. Daryo vodiylarida terak, jiyda, yantoq, sho&#8217;ra, saksovul o&#8217;sadi. Hayvonot dunyosi kambag&#8217;al. Aholi voha va Daryo vodiylarida yashaydi, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug&#8217;ullanadi. Taklamakonda foydali qazilmalardan neft, gaz, kumir konlari, polimetall rudalari topilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TAKLAMAKON \u2014 Xitoyning g&#8217;arbiy qismidagi cho&#8217;l, Tarim tekisligining Markaziy qismida. Dunyoda eng yirik qum cho&#8217;llaridan biri. Maydoni 271 ming kilometr kvadrat. Uzunligi g&#8217;arbdan sharqqa 1000 kilometrdan ziyod, eni 400 kilometrgacha. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taklamakon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29058","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29058","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29058"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29058\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29064,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29058\/revisions\/29064"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29058"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29058"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29058"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}