{"id":2911,"date":"2021-10-05T15:04:32","date_gmt":"2021-10-05T12:04:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=2911"},"modified":"2024-07-22T12:48:24","modified_gmt":"2024-07-22T09:48:24","slug":"gliptika-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gliptika-nima\/","title":{"rendered":"Gliptika nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Gliptika&#8221; so&#8217;zi yunonchadan tarjima qilganda &#8220;kesaman&#8221;, &#8220;cho&#8217;kichlayman&#8221; degan ma&#8217;nolarni anglatadi. Noyob yoki yortinoyob toshlarga nimanidir o&#8217;yish san&#8217;atini gliptika deb atash odat tusiga kirgan. Bu, amaliy-bezak san&#8217;atining ko&#8217;rinishlaridan biri. O&#8217;ymakorlik toshlar yoxud &#8220;Gemma&#8221; deb ataluvchi jihozlar qadim zamonlardan beri muhrlar, va zebu ziynatlar sifatida xizmat qilgan. Botiq tasvirli gemmalar intaliylar, bo&#8217;rtiqlilari esa \u2014 kameylar deb atalgan. Intaliylar va kameylar (steatitlar, gematitlar, serpantinlar) toshlardan ham (serdolik, xaltsedon va billur) toshlardan ham ishlangan. Yumshoq va qattiq jinsli toshlarga qo&#8217;lda yoki uncha murakkab bo&#8217;lmagan aylanuvchi toshpichoq yordamida ishlov berilgan edi. Ikkidaryo oralig&#8217;i va Misrda yaratilgan, eng qadimiy sangtaroshlik asarlari miloddan avvalgi to&#8217;rtinchi mingyillikka mansub bo&#8217;lib, bu narsa ushbu davlatlarda hunarmandchiliklar rivojlanishi darajasi yuqori bo&#8217;lganligidan dalolat beradi. Asosan ular muhrlar \u2014 intaliylardan iborat bo&#8217;lib, ularning izlari asotiriy mavzudagi kompozisiyalarni o&#8217;zida mujassam etar edi. Bundan ham qadimiyroq gliptika asarlari borligi ma&#8217;lum. Ular miloddan avvalgi IX\u2014 VIII asrlarda yaratilgan mashhur Urartu gemmalaridir. Xuddi shuningdek Eronning miloddan avvalgi VI\u2014V asrlarga mansub gemmalari ham ma&#8217;lum va mashhurdir. Qadimgi Misr muhrlari odatda muqaddas go&#8217;ngqo&#8217;ng&#8217;iz shakliga ega bo&#8217;lgan. Ularning pastki tomonida ierogliflar yoki asotiriy qahramonlarning tasviri zarb etilgan. Krit gemmalari (miloddan avvalgi III\u2014II mingyilliklar) da esa ilk daf&#8217;a kishilarning suvratli tasvirlari paydo bo&#8217;ldi. Qadimgi Yunoniston va qadimgi Rimda gliptika san&#8217;ati o&#8217;zining ravnaqiga erishadi. Yunon gemmalari ko&#8217;pincha Misrdan o&#8217;zlashtirilgan go&#8217;ngqo&#8217;ng&#8217;iz ko&#8217;rinishiga ega edi. Miloddan avvalgi V\u2014VI asrlarda antik gliptikaning mumtoz deb atash odat tusiga kirgan tariqasi shakllandi. O&#8217;sha zamonlarning gemmalarida hayvonlar va qushlar, ilohlar va qahramonlar figuralari, asotiriy lavhalar tasvirlangan edi. Ellinizm davrida ko&#8217;pqatlamli aqiqdan tayyorlangan, ko&#8217;pincha katta o&#8217;lchamlarga ega bo&#8217;lgan kameylar rusumga kira boshladi. Mutlaq hukmdorlarning saroylari qoshida suratli gliptika dong chiqardiki, ana shunday durdonalardan birini siz, albatta, ko&#8217;rgan bo&#8217;lishingiz kerak. Bu podshoh Ptolemey II Filadelf va uning zavjasi Arsina tasvirlangan mashhur &#8220;Ganzag kameyi&#8221;dir. Miloddan avvalgi III asrda ishlangan kamey Rossiyada, Ermitajda sahlanadi. Har bir davr o&#8217;zining ajoyib gliptika ustalariga ega bo&#8217;lgan. Qadimgi Rimda dongi ketgan yunonlar Agatop, Solon, Dioskruridlar mehnat qilishardi. O&#8217;rta asrlarda gliptika san&#8217;ati Vizantiyada, musulmon sharqida va Xitoyda rivoj topdi. G\u2019arbiy Yevropada gliptika san&#8217;ati Uyg\u2019onish davrida qayta tiklandi, unda yetakchi mavqe italyan ustalariga tegishli bo&#8217;lgan. Ular orasida Bellini, Yakopo de Tressolar borki, bu ustalar nafaqat antik namunalardan nusxa ko&#8217;chirishdi, qolaversa zamondoshlarining portretlarini ham yaratishdi. Gliptikadagi so&#8217;nggi yuksalish XVIII asrdan to XIX boshlari davomidagi oraliqda, ya&#8217;ni klassisizm-mumtoziyat davrida yuz ko&#8217;rsatgan edi. O&#8217;shanda hamma italyan kandakorlari Pixlerlarning (butun boshli sulola) mahorati haqida so&#8217;z yuritar edi. Germaniyada kandakor Natter, Fransiyada \u2014 Jak Yue mashhur bo&#8217;lgan. Yesakov, Shilov, Dobroxotov Rossiyada bu davrning eng dongdor kandakorlari edi. XIX asrda gliptika tanazzulga yuz tutadi. Nima ham qilardik, umidvor bandalar, uning yangi ravnaqini kutamiz-da!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Gliptika&#8221; so&#8217;zi yunonchadan tarjima qilganda &#8220;kesaman&#8221;, &#8220;cho&#8217;kichlayman&#8221; degan ma&#8217;nolarni anglatadi. Noyob yoki yortinoyob toshlarga nimanidir o&#8217;yish san&#8217;atini gliptika deb atash odat tusiga kirgan. Bu, amaliy-bezak san&#8217;atining ko&#8217;rinishlaridan biri. O&#8217;ymakorlik toshlar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gliptika-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-2911","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2911","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2911"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2911\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2912,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2911\/revisions\/2912"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2911"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2911"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2911"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}