{"id":29146,"date":"2022-06-06T08:04:20","date_gmt":"2022-06-06T05:04:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29146"},"modified":"2022-06-06T08:04:21","modified_gmt":"2022-06-06T05:04:21","slug":"entsefalomielit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/entsefalomielit\/","title":{"rendered":"ENTSEFALOMIELIT"},"content":{"rendered":"\n<p>ENTSEFALOMIELIT (Yunoncha \u2014 bosh miya va \u2014 orqa miya) \u2014 bosh va orqa miyaning bir vaqtda yallig&#8217;lanishi. Entsefalomielit ko&#8217;pchilik yuqumli va neyroallergik, toksik kasalliklarda Markaziy nerv sistemasining zararlanishidan kelib chiqadi. Entsefalomielitni viruslar ham qo&#8217;zg&#8217;atadi. Entsefalomielitda bosh va orqa miyada oq va kulrang moddalar, qon tomirlarning yallig&#8217;lanishi, myelin pardaning emirilishi va boshqalar ro&#8217;y beradi. Mielin parda bo&#8217;lmasa nerv tolalari orqali impulslar o&#8217;tmay qoladi, natijada nerv tizimining ko&#8217;pgina bo&#8217;limlari izdan chiqadi. Entsefalomielit odam va hayvonlarda (asosan, ot va boshqalar) uchraydi. U turli infekniyalar, intoksikasiya oqibatida vujudga kelishi, shuningdek, mustaqil kasallik tarzida (masalan, birlamchi o&#8217;tkir tarqoq Entsefalomielit) kechishi mumkin. Shunga ko&#8217;ra, neyrotrop viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadigan birlamchi Entsefalomielit hamda biror yuqumli kasallikdan yoki og&#8217;ir yuqumli kasallikka qarshi organizmga vaktsina yuborilgandan so&#8217;ng yuzaga keladigan ikkilamchi Entsefalomielit ajratiladi. Birlamchi Entsefalomielitni neyrotrop viruslar qo&#8217;zg&#8217;atadi. Kasallik to&#8217;satdan boshlanib, bemor qattiq isitmalaydi, boshi, qo&#8217;l-oyoqlari og&#8217;riydi, boshi aylanadi, qayt qiladi, ko&#8217;zi xiralashadi. Muskullar tonusi va reflekslar kuchayadi, ba&#8217;zi bemorlarning qo&#8217;loyoqlari falajlanadi, harakatlari poymapoy bo&#8217;lib, gandiraklab yuradi, nozikroq harakatlarga (masalan, yozish, kiyimini tugmalash va boshqalar) qo&#8217;li qovushmay qoladi, qo&#8217;loyoqlari qaltiraydi. Nafas olish va yutish faoliyati buziladi; bemor nutqi o&#8217;zgarib, ravon gapira olmaydi, ovqat yeganda qalqiydi va hokazolar 2-3 oydan so&#8217;ng kasallik ancha yengillashadi, ammo harakatdagi o&#8217;zgarishlar butunlay yo&#8217;qolmaydi. Ba&#8217;zan Entsefalomielit faqat orqa miyaning o&#8217;zida o&#8217;tadi, bunda orqa miyani qaysi qismi zararlanganligiga qarab kasallikning klinik ko&#8217;rinishi ham unga xos bo&#8217;ladi, masalan, bo&#8217;yin qismida bo&#8217;lsa ikki qo&#8217;l va oyoqlarda falajlar; bel qismida \u2014 ikki oyoqlarda periferik yoki atrofik &#8220;lanj, bo&#8217;sh&#8221; falajlar kuzatiladi. Ikkilamchi Entsefalomielitga kiradigan postvaktsional Entsefalomielit kam uchraydi. U quturish kasalligiga qarshi emlangandan 10-20 kun o&#8217;tgach paydo bo&#8217;ladi. Bunda bosh va orqa miyadan tashqari periferik nervlar va bosh miya po&#8217;stloqlari ham zararlanadi. Dastlab, bosh, so&#8217;ng bel og&#8217;rib, bemor isitmalaydi. Keyinchalik qo&#8217;l-oyoqlar falajlanib, siydik tutiladi va hokazolar. O&#8217;z vaqtida davolansa bemor sog&#8217;ayib ketadi. Davosi. Entsefalomielitda bemor tezda kasalxonaga yotqiziladi va kasallik alomatlariga qarab dori-darmon va boshqalar muolajalar buyuriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ENTSEFALOMIELIT (Yunoncha \u2014 bosh miya va \u2014 orqa miya) \u2014 bosh va orqa miyaning bir vaqtda yallig&#8217;lanishi. Entsefalomielit ko&#8217;pchilik yuqumli va neyroallergik, toksik kasalliklarda Markaziy nerv sistemasining zararlanishidan kelib chiqadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/entsefalomielit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29146","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29146","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29146"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29146\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29147,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29146\/revisions\/29147"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29146"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29146"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29146"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}