{"id":29215,"date":"2022-06-07T08:21:53","date_gmt":"2022-06-07T05:21:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29215"},"modified":"2022-06-07T08:21:54","modified_gmt":"2022-06-07T05:21:54","slug":"epistolyar-adabiyot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/epistolyar-adabiyot\/","title":{"rendered":"EPISTOLYAR ADABIYOT"},"content":{"rendered":"\n<p>EPISTOLYAR ADABIYOT (Yunoncha \u2014 xat, maktub, noma) \u2014 xat, noma shaklida yaratilgan turli xil asarlar (masalan, epistolyar roman). Epistolyar adabiyotga atoqli arboblarning madaniy-tarixiy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan yozishmalari ham kiradi (masalan, Alisher Navoiyning &#8220;Munshaot&#8221; asari). Noma adabiy janr sifatida yunon va Rim adabiyotida (Tsitseron, Gorasiyning she&#8217;riy maktublari), shuningdek, Sharq adabiyotida keng tarqalgan. 18-asrda maktub shaklida romanlar yozish Yevropada odat tusiga kirgan (S.Richardsonning &#8220;Pamela&#8221;, 1740; J.Jrussoning &#8220;Yuliya yoki yangi Elioza&#8221;, 1761 va boshqalar). 19-asrda Epistolyar adabiyot tarixiy hikoya, oilaviy xronika tarzida rivoj topdi (I.S. Turgenev, &#8220;Faust&#8221;; F.Dostoevskiy, &#8220;faqir kishilar&#8221;). 20-asrda, ayniqsa, 2-jahon urushi yillarida maktub shaklidagi Epistolyar adabiyot muhim ahamiyatga ega bo&#8217;lgan. Hozirgi o&#8217;zbek adabiyotida epistolyar shakldan O.Yoqubov, O&#8217;.Hoshimov, A.Ibrohimov kabi yozuvchilar unumli foydalanmoqdalar. Xususan, Abduqahhor Ibrohimovning &#8220;Uyqu kelmas kechalar&#8221; romani boshidan oxirigacha asosiy qahramon faxri Kamolning sevgilisi Yoqutxonga yo&#8217;llagan xatlaridan iborat. Shuningdek, hozirgi paytda Epistolyar adabiyotning she&#8217;riy maktublar, murojaatnoma, ochiq xat (asosan, adabiy tanqidchilikda) kabi shakllari ham mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EPISTOLYAR ADABIYOT (Yunoncha \u2014 xat, maktub, noma) \u2014 xat, noma shaklida yaratilgan turli xil asarlar (masalan, epistolyar roman). Epistolyar adabiyotga atoqli arboblarning madaniy-tarixiy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan yozishmalari ham kiradi (masalan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/epistolyar-adabiyot\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29215","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29215","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29215"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29215\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29216,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29215\/revisions\/29216"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29215"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29215"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29215"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}