{"id":29250,"date":"2022-06-07T18:09:04","date_gmt":"2022-06-07T15:09:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29250"},"modified":"2022-06-07T18:09:06","modified_gmt":"2022-06-07T15:09:06","slug":"ergonomika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ergonomika\/","title":{"rendered":"ERGONOMIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>ERGONOMIKA (Yunoncha \u2014 ish, mehnat va \u2014 qonun) \u2014 kishi (kishilar guruhi) ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bog&#8217;liq holda kompleks o&#8217;rganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining o&#8217;zaro ta&#8217;siri va aloqalarini tadqiq etadi. Qadimdan mukammal mehnat qurolini ixtiro qilish, mehnat jarayonida inson organizmi holatini o&#8217;rganish biror ishini bajarish uchun eng maqbul sharoitlar yaratish maqsadlari bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. Insonning mehnat faoliyata uchun eng o&#8217;ng&#8217;ay mehnat qurollari, eng qulay mehnat sharoitlari yaratish yo&#8217;lidagi dastlabki qadamlar 20-asr bo&#8217;sag&#8217;asida boshlandi. Bu sohada birinchi keng miqyosdagi amaliy tadqiqotlar amerikalik amaliyotchi muhandis va menejer, ilmiy boshqarish maktabi asoschisi U.F.Teylor tomonidan bajarildi. Ergonomika ishlab chiqarishning amaliyot ehtiyojlari ta&#8217;sirida, korxonalar faoliyatida inson omili rolining ortib borishi, fan-texnika taraqqiyoti natijasida ilmiy-amaliy fan sifatida paydo bo&#8217;ldi. Eksperimental psixologiya, fiziologiya va mehnat gigienasi ta&#8217;sirida shakllandi; tibbiyot, biologiya, biomexanika, antropometriya, psixofiziologiya, sosiologiya, matematika, injenerlik va texnologik fanlar ma&#8217;lumotlari va metodologiyasidan, mehnatni tashkil etish va normalash tamoyillaridan foydalanadi, umumiy va ijtimoiy psixologiya, mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiy-matematik modellashtirish bilan bog&#8217;liq. Ergonomik tadqiqotlarining maqsadi \u2014 xodimning ishlab chiqarishdagi tabiiy, ijtimoiy-psixologik va texnik-tashkiliy sharoitlarga moslashuvini osonlashtirishdan iborat. Ergonomika diqqat markazida ishlab chiqarishdagi aniq sharoitlarda inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitini inson organizmi xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirish yo&#8217;llari va usullarini topish turadi. Ergonomika o&#8217;z tadqiqotlari asosida mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat jarayonini qayta tashkil etish bo&#8217;yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. &#8220;Ergonomika&#8221; termini 1949 yil Angliyada shu soha bo&#8217;yicha tadqiqot ishlari olib boruvchi jamiyat tomonidan amaliyotga kiritilgan. Ergonomikada yana ikkita tamoyil bo&#8217;lib, ular insonni ishga, ishni insonga moslashtirish omillaridan iborat. Birinchisida samaradorlikni ta&#8217;minlash, ikkinchisida insonga qulaylik yaratish ko&#8217;zda tutiladi. Ergonomika kishining butun ish kuni davomida yuqori ishchanlik qobiliyatini ta&#8217;minlash uchun mehnat va dam olish rejimini ham o&#8217;rganadi. Ergonomika bo&#8217;yicha barcha amalga oshiriladigan ishlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlovchilar uchun qulayliklar yaratish va ayni paytda ularning salomatligini ta&#8217;minlashga qaratiladi. Shuning uchun barcha mehnat vositalari, qurollari, mashinalar Ergonomika talablarini hisobga olib loyihalashtiriladi va ishlab chiqariladi. Ergonomika bilan firma va kompaniyalarda dizaynerlar shug&#8217;ullanadilar. O&#8217;zbekistonning barcha texnika sohasidagi oliy o&#8217;quv yurtlarida Ergonomika fani o&#8217;qitiladi. Toshkent texnika universiteti, Toshkent arxitektura qurilish, Toshkent to&#8217;qimachilik va yengil sanoat, Toshkent san&#8217;at institutlarida Ergonomika bo&#8217;yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Sadir Salimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ERGONOMIKA (Yunoncha \u2014 ish, mehnat va \u2014 qonun) \u2014 kishi (kishilar guruhi) ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bog&#8217;liq holda kompleks o&#8217;rganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ergonomika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29250","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29250","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29250"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29250\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29254,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29250\/revisions\/29254"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29250"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29250"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29250"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}