{"id":29295,"date":"2022-06-08T08:35:19","date_gmt":"2022-06-08T05:35:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29295"},"modified":"2022-06-08T08:35:20","modified_gmt":"2022-06-08T05:35:20","slug":"erkinlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/erkinlik\/","title":{"rendered":"ERKINLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>ERKINLIK \u2014 kishining o&#8217;z istagi bo&#8217;yicha ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, so&#8217;z erkinligi, matbuot erkinligi va hokazolar. Erkinlik \u2014 boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. Erkinlik insonning jamiyat oldidagi vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik insonning siyosiy, ma&#8217;naviy ta&#8217;qibdan, zo&#8217;ravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik o&#8217;z baxtini o&#8217;zi yaratish vositasi bo&#8217;lib, insonning o&#8217;zligini anglash darajasini ifodalaydi. Inson erkinligi ob&#8217;yektiv shart-sharoit va vaziyatga bog&#8217;liqdir. U mavhum emas, u doimo konkretdir. Shaxs muayyan sharoit va vaziyatda tayin imkoniyatga tayanib aniq maqsadiga erishadi. Ammo, sharoit, vaziyat va imkoniyatlarga hamma ham bir xilda ega bo&#8217;lmasligi mumkin. Maqsadga erishishda kimgadir shartsharoit, kimgadir maqsadga erishish vositasi, kimgadir imkoniyat yetishmay qoladi. Muayyan vaziyatda va shartsharoitda kimdir maqsadga erishish uchun Erkinlikka ega bo&#8217;lishi yoki kimdir undan mahrum bo&#8217;lishi mumkin. Shaxsning erkinligini oshiruvchi omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi. Islom ta&#8217;limotida insonga erkin bo&#8217;lishi uchun aqlidrok berilgan deb aytiladi. Abu Mansur Moturidiy islomdagi Iroda erkinligini sharhlab, insonga berilgan aql-idrok unga o&#8217;z xatti-harakatida yaxshilik va yomonlikni, halol va haromni, savob va gunohni, to&#8217;g&#8217;ri yoki egri yo&#8217;lni tanlash erkinligini berdi, bizning kelajagimiz shu yo&#8217;llardan qay birini tanlay olishimizga bog&#8217;liq, deb uqtirgan. Inson erkin ongli faoliyati bilan hayvondan farq qiladi. Hayvonlar shartsharoit va vaziyatga qaramdir. Inson esa ongli ravishda maqsadga erishish yo&#8217;lini izlaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ERKINLIK \u2014 kishining o&#8217;z istagi bo&#8217;yicha ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, so&#8217;z erkinligi, matbuot erkinligi va hokazolar. Erkinlik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/erkinlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29295","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29295","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29295"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29295\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29304,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29295\/revisions\/29304"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29295"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29295"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29295"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}