{"id":29327,"date":"2022-06-08T08:58:00","date_gmt":"2022-06-08T05:58:00","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29327"},"modified":"2022-06-08T08:58:01","modified_gmt":"2022-06-08T05:58:01","slug":"eron-togligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eron-togligi\/","title":{"rendered":"ERON TOG&#8217;LIGI"},"content":{"rendered":"\n<p>ERON TOG&#8217;LIGI \u2014 G&#8217;arbiy Osiyodagi yirik tog&#8217;lik, asosan, Eronda, shuningdek, Afg&#8217;oniston va Pokistonda, qisman Iroq va Turkmaniston Janubda. G&#8217;arbda Mesopotamiya pasttekisligi va Sharqda Hind vodiysi oralig&#8217;ida joylashgan. Uzunligi g&#8217;arbdan sharqqa 2500 kilometr, shimoldan janubga 1500 kilometrga cho&#8217;zilgan, Maydoni 2,7 million kilometr kvadrat. Eron tog&#8217;ligi alphimolay geosinklinal oblastida Alp orogenezi natijasida vujudga kelgan. Relefi murakkab, burmali va burmalipalaxsali tog&#8217;lar bilan birga ular orasida akkumulyativ tekisliklar ham uchraydi. Keng ichki yassitog&#8217;liklar (balandligi 500 metrdan 2000 mtrgacha) shimoldan Elburs (balandligi 5604 metr), Turkmaniston, Xuroson, Paropamiz, Hindukushning g&#8217;arbiy tizmalari bilan, Janubdan Zagros, Makron, Sulaymon tog&#8217;lari bilan o&#8217;ralg&#8217;an. Yassitog&#8217;liklar ichki qismida berk botiqdar, chekkalarida Dashti Kavir, Dashti Marg&#8217;o, Dashti Lut va boshqalar qumli cho&#8217;llar, sho&#8217;rxoklar bor. Cho&#8217;lli botiqlar qir va tog&#8217;lar (Ko&#8217;hirud, Sharqiy Eron va boshqalar) bilan ajralgan. Iqlimi subtropik kontinental, quruq iqlim. Ichki yassitog&#8217;liklarda yillik yog&#8217;in 100 millimetr, tog&#8217;larda 500 millimetrgacha, Sulaymon va Elburs tog&#8217;larining tashqariga qaragan yon bag&#8217;irlarida 1000-2000 millimetrgacha. Daryolari (Hilmand, Safedrud, Hirirud va boshqalar) kamsuv, qisqa, asosan, sug&#8217;orishda foydalaniladi. O&#8217;simliklari chala cho&#8217;l va cho&#8217;l hamda quruq dashtga xos. Sharqiy yon bagirlarida savanna, siyrak o&#8217;rmonlar, shim. yon bag&#8217;irlarida sernam keng bargli subtropik o&#8217;rmonlar bor. Tuprog&#8217;i, asosan, bo&#8217;z tuproq. Hayvonot dunyosida sudralib yuruvchilar, hasharotlar va o&#8217;rgimchaklar keng tarqalgan. Voha dehqonchiligi va yaylov chorvachiligi bilan shug&#8217;ullaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ERON TOG&#8217;LIGI \u2014 G&#8217;arbiy Osiyodagi yirik tog&#8217;lik, asosan, Eronda, shuningdek, Afg&#8217;oniston va Pokistonda, qisman Iroq va Turkmaniston Janubda. G&#8217;arbda Mesopotamiya pasttekisligi va Sharqda Hind vodiysi oralig&#8217;ida joylashgan. Uzunligi g&#8217;arbdan sharqqa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eron-togligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29327","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29327","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29327"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29327\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29328,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29327\/revisions\/29328"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29327"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29327"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29327"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}