{"id":29332,"date":"2022-06-08T09:37:19","date_gmt":"2022-06-08T06:37:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29332"},"modified":"2022-06-08T09:37:19","modified_gmt":"2022-06-08T06:37:19","slug":"erkin-kurash","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/erkin-kurash\/","title":{"rendered":"ERKIN KURASH"},"content":{"rendered":"\n<p>ERKIN KURASH \u2014 sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida g&#8217;oliblik uchun olishuvi. Erkin kurash musobaqalari diametri 9 m (yoki o&#8217;lchami 12&#215;12 m) sport maydonida o&#8217;tkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kilogramm, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 va 78 kilogramm dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 minutdan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sekunddan. Erkin kurashda siltab tortish, qayirib va aylantirib tashlashga, oyoq qismidan ushlab usullar bajarishga ruxsat etiladi. Bajarilgan usullar 5 (sof g&#8217;alaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3, 1 ochko bilan baholanadi. G&#8217;olib to&#8217;plagan ochkolariga ko&#8217;ra aniqlanadi. Agar qurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1, 2-davrada ketmaket g&#8217;olib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan o&#8217;zib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokorlar qaroriga ko&#8217;ra ham olishuv muddatidan oldin to&#8217;xtatiladi. Qadimdan ko&#8217;plab xalqlarning milliy kurash turlarida hozirgi Erkin kurashda qo&#8217;llaniladigan usullar bo&#8217;lgan. Yunonistonda o&#8217;tkazilgan Olimpiada o&#8217;yinlari dasturiga miloddan avvalgi 708 yildan boshlab Erkin kurashga o&#8217;xshash kurash musobaqasi kiritilgan. Erkin kurashning zamonaviy qoidalari 19-asrning 2-yarmida Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan. 1894 yilda AQShning SentLuis shahrida ilk yirik musobaqa tashkil qilingan. Erkin kurash musobaqalari 1904 yildan zamonaviy Olimpiada o&#8217;yinlari dasturidan o&#8217;rin olgan. Erkin kurash va yunonrum kurashi turlarini rivojlantirish maqsadida 1912 yilda xalqaro havaskor qurashchilar assotsiasiyasi (G&#8217;na) tuzilgan, unga 154 davlat (O&#8217;zbekiston 1992 yildan) a&#8217;zo (2004). Erkin kurash bo&#8217;yicha 1951 yildan erkaklar, 1995 yildan ayollar o&#8217;rtasida jahon chempionatlari o&#8217;tkazib kelinadi. O&#8217;zbekistonda Erkin kurash 20-asrning 50-yillaridan ommalasha boshladi. 1956 yildan erkaklar, 2003 yildan ayollar o&#8217;rtasida O&#8217;zbekiston chempionatlari o&#8217;tkazilayapti. 20-asrning 90-yillaridan &#8220;Mustaqillik kubogi&#8221; Granpri musobaqasi, yoshlar o&#8217;rtasida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarning tashkil etilayotgani mamlakatda Erkin kurashning rivojlanishiga zamin yaratdi. Kursat Ablaev, Georgiy Vanyuxin, Aleksandr Gorelik, Qo&#8217;ldosh Asraqulov, Obid Nazirov, Rahmonberdi Ahmedov, Salim Abduvaliev, Ma&#8217;mur Ro&#8217;ziev kabi murabbiylar rahbarligida Leonid Shipilev, Arsen Fadzaev, Maxarbek Xadarsev, Ruslan Xinchagov, Ramil Ataulin, Adham Ochilov, Dilshod Mansurov, Magomed Ibragimov, Artur Taymazov singari Erkin kurashchilar Olimpiada va Osiyo o&#8217;yinlarida, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa nufuzli musobaqalarda g&#8217;olib chiqishgan. Konstantin Mixaylov, Ravil Biktyakov, Tohir G&#8217;ulomov kabi o&#8217;zbekistonlik hakamlar xalqaro Erkin kurash musobaqalarini boshqarishadi. Respublikadagi 715 ta sport maktabi va to&#8217;garakda 286 murabbiy qo&#8217;l ostida 8780 kishi Erkin kurash bilan shug&#8217;ullanadi. Ulardan 4807 nafari sport darajasi va unvoniga ega (2004). Ad.: Galkovskiy A., Kerimov F., Volnaya borba, T., 1987; Kerimov F., Sport kurashi nazariyasi va usuliyati, T., 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ERKIN KURASH \u2014 sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida g&#8217;oliblik uchun olishuvi. Erkin kurash musobaqalari diametri 9 m (yoki o&#8217;lchami 12&#215;12 m) sport maydonida o&#8217;tkaziladi. Erkaklar 55, 60, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/erkin-kurash\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29332","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29332","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29332"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29332\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29335,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29332\/revisions\/29335"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29332"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29332"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29332"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}