{"id":29339,"date":"2022-06-08T10:47:44","date_gmt":"2022-06-08T07:47:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29339"},"modified":"2022-06-08T10:47:46","modified_gmt":"2022-06-08T07:47:46","slug":"eroniy-tillar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eroniy-tillar\/","title":{"rendered":"ERONIY TILLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>ERONIY TILLAR \u2014 hind-yevropa tillari oilasining hinderon tarmog&#8217;iga mansub tillar guruhi. Asosan, Eron, Afg&#8217;oniston, Tojikiston, shuningdek, Turkiya, Iroq, Suriya, Pokiston va Hindistonning ba&#8217;zi hududlarida, Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Osetiya\u2014 Alaniya Respublikasida, Gruziyaning Janubiy Osetiya Muxtor viloyatida, Kavkaz va O&#8217;rta Osiyoning boshqa ayrim yerlarida tarqalgan. Avvalroq Shimoliy Qora dengiz bo&#8217;ylari, Turkmaniston, Sharqiy Turkiston, Sharqiy Pomirda ham alohida tarqalish markazlari bo&#8217;lgan. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni 100 million kishiga yaqin (20- asr oxirlari). Tarixiy-genetik tasnif bo&#8217;yicha Eroniy tillar 2 asosiy guruhga bo&#8217;linadi: g&#8217;arbiy va Sharqiy; ularning har biri, o&#8217;z navbatida, shimol va Janub guruhchalarga ajraladi . Shimoliy g&#8217;arbiy Eroniy tillarga Midiya tili va Parfiya tili kabi o&#8217;lik tillar hamda kurd, baluj, Gilon, Mozandaron, tolish kabi jonli tillar, shuningdek, Eron, Iroq, Turkiyadagi bir qancha mayda, yozuvsiz tillar, parachi va ormuri tillari kiradi. Janubiy g&#8217;arbiy Eroniy tillarga qadimiy fors va o&#8217;rta fors kabi o&#8217;lik tillar hamda fors, tojik, dari (forsi Kobuliy), Xazora, kumzari kabi jonli tillar, Erondagi boshqa bir qancha mayda til va lahjalar kiradi. Shimoliy Sharqiy Eroniy tillarga skif, Alan, Sug&#8217;d, Xorazmiy singari o&#8217;lik tillar hamda osetin, yag&#8217;nob kabi jonli tillar kiradi. Janubiy Sharqiy Eroniy tillarga Baqtriya tili, sak tillari kabi o&#8217;lik tillar hamda pushtu (afg&#8217;on) tili va bir qancha til guruhlarini qamrab olgan Pomir tillari, boshqa jonli tillar kiradi. O&#8217;lik tilga aylangan Avesto tilida ham g&#8217;arbiy, ham Sharqiy Eroniy tillarning belgilari mavjud bo&#8217;lgan. Eroniy tillar tipologik jihatdan bir xil emas. qadimiy (o&#8217;lik) va hozirgi (jonli) Eroniy tillar hamda garbiy yoki Sharqiy guruhchalarga mansub Eroniy tillar o&#8217;zaro ma&#8217;lum fonetik, grammatik va leksik o&#8217;ziga xosliklarga ega. Ayrim o&#8217;lik va jonli Eroniy tillarning xususiy lingvistik jihatlari haqida qarang: Parfiya tili, skif tili, Sug&#8217;d tili, Xorazmiy tili; baluj tili, dari tili, kurd tili, osetin tili, Pomir tillari, pushtu tili, tojik tili, fors tili. Eroniy tillarning tarixi shartli ravishda 3 davrga bo&#8217;linadi: 1) qadimiy (miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlaridan miloddan avvalgi 4-3-asrlargacha) \u2014 Midiya, Avesto, qadimiy fors, skif tillari; 2) o&#8217;rta (miloddan avvalgi 4-3-asrlardan milodiy 8-9-asrlargacha) \u2014 o&#8217;rta fors (pahlaviy), Parfiya, Baqtriya, Sug&#8217;d, Alan tillari; 3) yangi (milodiy 8-9-asrlardan) \u2014 fors, tojik, pushtu, dari, osetin, kurd va yozuvsiz Pomir tillari. Bu tasnif ekstraling-vistik (madaniy-tarixiy va boshqalar) belgilarga asoslangan. Lingvistik belgilarga qarab esa 2 davr farqlanadi: qadimiy (qadimgi fors, Avesto, Midiya, skif tillari) va keyingi (boshqa barcha tillar). Qadimgi fors tilining ilk yozma yodgorliklari miloddan avvalgi 6-asrga mansub bo&#8217;lib, mixxatda yozilgan. Asrlar mobaynida og&#8217;zaki yashab kelgan avestoviy matnlar taxminan milodiy 4-asrda o&#8217;rta fors yozuvi asosidagi maxsus alifboda ko&#8217;chirilgan. O&#8217;rta fors (milodiy 2-3-asrlar), Parfiya (miloddan avvalgi 1-asr), Sug&#8217;d (milodiy 4-asr) va qisman Xorazmiy (miloddan avvalgi 3-asr) tillaridagi yodgorliklar oromiy yozuvining turli ko&#8217;rinishlarida bitilgan (xorazmiycha matnlarning bir qismi Arab yozuvida 12-13-asrlarda yozilgan Arabcha matnlar tarkibida ham uchraydi). Xo&#8217;tansak tili (milodiy 7-asr) brahmining bir turidan; Baqtriya tili (milodiy 2-asr) yunon alifbosidan foydalangan; fors, dari, pushtu, baluj tillarida turli o&#8217;zgarishlarga uchragan Arab alifbosidan, tojik, osetin, tot tillarida esa rus alifbosidan foydalaniladi. Kurdlar, yashash sharoitlaridan kelib chiqib, rus (Zakavkaze), lotin (Suriya va Iroq) va Arab yozuvlaridan foydalanadilar. Boshqa Eroniy tillar o&#8217;z yozuviga ega emas. Ad.: Oranskiy I. M., Vvedenie v iranskuyu filologiyu, M., 1960; Oranskiy I . M ., Iranskie Yazmki v istoricheskom osveshenii, M., 1979; osnovn iranskogo yazmkoznaniya, kn. 1-4, M., 1979-87. Anvar Ismoilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ERONIY TILLAR \u2014 hind-yevropa tillari oilasining hinderon tarmog&#8217;iga mansub tillar guruhi. Asosan, Eron, Afg&#8217;oniston, Tojikiston, shuningdek, Turkiya, Iroq, Suriya, Pokiston va Hindistonning ba&#8217;zi hududlarida, Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Osetiya\u2014 Alaniya Respublikasida, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eroniy-tillar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29339","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29339","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29339"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29339\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29340,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29339\/revisions\/29340"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29339"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29339"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29339"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}