{"id":29353,"date":"2022-06-08T12:52:13","date_gmt":"2022-06-08T09:52:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29353"},"modified":"2022-06-08T12:52:14","modified_gmt":"2022-06-08T09:52:14","slug":"er-xotin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/er-xotin\/","title":{"rendered":"ER-XOTIN"},"content":{"rendered":"\n<p>ER-XOTIN (O&#8217;zbekiston Respublikasida, huquqiy holati) \u2014 o&#8217;zaro nikohda turgan shaxslar. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarida ro&#8217;yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar Er-xotin hisoblanadi va shu paytdan e&#8217;tiboran ular o&#8217;rtasida Er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi oila qonunchiligiga binoan, faqat FHDYO organida qayd etilgan nikohgina Er-xotinlik huquq va majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Diniy rasmrusumlarga binoan tuzilgan nikoh hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Er-xotinning huquq va majburiyatlari 2 ga: shaxsiy huquq va majburiyatlar; mulkiy huquq va majburiyatlarga bo&#8217;linadi. Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlariga Er-xotinning oilada tengligi, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini birgalikda hal qilish, mashg&#8217;ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi. Er-xotinning oilada tengligi oila huquqining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan, &#8220;xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar &#8221; (46-modda). Oilada ham erkak va ayollar siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy masalalarda teng huquq hamda majburiyatga egadirlar. Bo&#8217;lajak Er-xotinlar nikohni qayd ettirish uchun FXDYO organiga ariza berganidan so&#8217;ng, ularga o&#8217;zaro kelishuv asosida familiya tanlash huquqi beriladi. Qonunchilik o&#8217;zaro rozilik, tenglik asosida er yoki xotinning familiyasini umumiy familiya qilib tanlashlariga imkoniyat beradi. Bir tomon familiyasining o&#8217;zgarishi 2-tomonning ham familiyasining o&#8217;zgarishiga olib kelmaydi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga ko&#8217;ra, ota-onalar o&#8217;z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Ushbu norma oila kodeksining 21-moddasida ham belgilangan bo&#8217;lib, unga ko&#8217;ra, bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini Er-xotin birgalikda hal qilishlari lozim bo&#8217;ladi. Bu borada ular o&#8217;rtasida rozilik bo&#8217;lmasa, er yoki xotindan biri yoki ikkalasi birgalikda vujudga kelgan nizoni hal qilish uchun tegishli davlat organiga murojaat etish huquqiga egadir. Er-xotin mashg&#8217;ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlarida teng hisoblanadi. Oilada mashg&#8217;ulot turi, kasb tanlash masalalari kelishilgan holda hal qilinadi. Ammo ularni uzil-kesil hal qilish Er-xotinning har biriga tegishli bo&#8217;lgan huquq hisoblanadi. Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari 2 asosda: qonun va shartnoma asosida vujudga keladi. Qonun asosida vujudga keladigan mulkiy huquqlariga Er-xotinning nikohgacha bo&#8217;lgan har birining xususiy mulki, ularning umumiy birgalikdagi mulklari, aliment huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadigan mulkiy huquqlari kiradi. Er-xotin har birining xususiy mulkiga: er va xotinning nikohga qadar o&#8217;ziga tegishli bo&#8217;lgan molmulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan molmulki kiradi. Er-xotinning xususiy mulkidan tashqari ularning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari ham mavjud bo&#8217;lib, ular qimmatbaho buyumlar va zebu ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyimbosh, poyabzal va shahrik)dir. Ular garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablag&#8217;i hisobiga olingan bo&#8217;lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er yoki xotinning xususiy mulki hisoblanadi. Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo&#8217;lajak Er-xotinning umumiy mablag&#8217;lari hisobiga olingan molmulklari agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha xol ko&#8217;rsatilmagan bo&#8217;lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi (oila kodeksi, 23-modda). Er-xotinning umumiy mol-mulkini bo&#8217;lish Er-xotindan birining talabiga ko&#8217;ra, ular nikohda bo&#8217;lgan davrda ham, nikohsan ajrashgandan keyin ham, shuningdek, kreditor er va xotindan birining umumiy mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo&#8217;lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin. O&#8217;zbekiston Respublikasi oila kodeksida nikoh shartnomasi normalangan (29-modda). Unga binoan, Er-xotinlar yoki bo&#8217;lajak Er-xotinlar nikohda bo&#8217;lgan davrida va (yoki) Er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirda, o&#8217;zlarining mulkiy huquq hamda majburiyatlarini nikoh shartnomasiga asosan kelishib, belgilab olishlari mumkin. Shartnoma shartlariga binoan, Er-xotinlar umumiy birgalikda, xususiy, aliment huquq va majburiyatlarini belgilab, o&#8217;zgartirib, bekor qilishlari mumkin. Er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shart. Bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek, xotin homiladorlik davrida va o&#8217;rtada bola tug&#8217;ilgandan boshlab 3 yil davomida, o&#8217;rtada bolaga qaragan yordamga muhtoj xotin (er) yordam berishga qodir bo&#8217;lgan er (xotin)dan sud tartibida ta&#8217;minot (aliment) olish huquqiga ega. Shoira Yo&#8217;ldosheva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ER-XOTIN (O&#8217;zbekiston Respublikasida, huquqiy holati) \u2014 o&#8217;zaro nikohda turgan shaxslar. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlarida ro&#8217;yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar Er-xotin hisoblanadi va shu paytdan e&#8217;tiboran ular o&#8217;rtasida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/er-xotin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29353","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29353","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29353"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29353\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29356,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29353\/revisions\/29356"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29353"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29353"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29353"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}