{"id":29358,"date":"2022-06-08T13:29:37","date_gmt":"2022-06-08T10:29:37","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29358"},"modified":"2022-06-08T13:29:39","modified_gmt":"2022-06-08T10:29:39","slug":"eski-ozbek-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eski-ozbek-tili\/","title":{"rendered":"ESKI O&#8217;ZBEK TILI"},"content":{"rendered":"\n<p>ESKI O&#8217;ZBEK TILI \u2014 turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan biri; mahalliy turkiy lahjalar negizida o&#8217;zidan oldingi davrlar (masalan, Qoraxoniylar\u2014 11 \u201412-asrlar; Oltin O&#8217;rda \u2014 13-14-asrlar)ning adabiy-lisoniy an&#8217;analari ta&#8217;siri ostida shakllangan va 14-asr 2-yarmidan 19-asr oxirlarigacha mavjud bo&#8217;lgan yozma kitobiy til. O&#8217;zbek tili tarixi-ni davrlashtirish va bunda Eski o&#8217;zbek tilining o&#8217;rni va qaysi davr (yillar)ni qamrab olishi haqida yagona fikr mavjud emas. O&#8217;zbek tili tarixini davrlashtirish bo&#8217;yicha rus olimlaridan S.E.Malov, P.M.Melioranskiy, A.N.Samoylovich, A.K.Borovkov, A.M.Shcherbak, Venger olimi ya.Ekman, o&#8217;zbek olimlaridan o.Usmonov, G&#8217;.Abdurahmonov, U.Tursunov bilan B.O&#8217;rinboev, Amuxtorov bilan U. Sanaqulov va boshqalarning tadqiqotlari mavjud (ularning ba&#8217;zilarida &#8220;Eski o&#8217;zbek tili&#8221; termini o&#8217;rnida &#8220;turkiy&#8221;, &#8220;Chig&#8217;atoy tili&#8221;, &#8220;O&#8217;rta Osiyo turkiy adabiy tili&#8221; terminlari qo&#8217;llangan). Eski o&#8217;zbek tili qadimgi turkiy tilning bevosita davomi va hozirgi o&#8217;zbek tilining asosi hisoblanadi. Ayrim ilmiy manbalarda &#8220;Chig&#8217;atoy tili&#8221; deb ham ataladi, ammo Eski o&#8217;zbek tilining Chig&#8217;aytoyga, mo&#8217;g&#8217;ullarga hech qanday aloqasi yo&#8217;q, buning ustiga o&#8217;sha davr yozuvchi va shoirlari o&#8217;z tillarini turkiy (til) deb nomlaganlar. Qarluq, o&#8217;g&#8217;uz, qipchoq guruhlariga mansub turkiy tillar o&#8217;rtasidagi mintaqaviy variantlashuv (o&#8217;zgarishlar) va jadal, samarali aloqamunosabatlar tufayli kelib chiqqan turli lahjaviy shakllarni o&#8217;z ichiga olgan Eski o&#8217;zbek tili umumlahjaviy (barcha lahjalar uchun umumiy) xususiyatga ega bo&#8217;ladi. Bu xususiyat ko&#8217;plab Arabcha, forscha o&#8217;zlashmalar, shuningdek, Arab grafikasining qo&#8217;llanishi oqibatida yanada chuqurlashadi, murakkablashadi. Buning natijasida Eski o&#8217;zbek tilidagi asarlar Bosfordan Oltoy va Hindistongacha cho&#8217;zilgan hududda yashovchi turkiyzabon xalqlar tomonidan keng o&#8217;qiladigan bo&#8217;lgan. Shuni aytish kerakki, Arabcha, forscha so&#8217;z va iboralarning ko&#8217;plab qo&#8217;llanishi va uslubiy vositalar sababli kitobiy til jonli tildan jiddiy farq qilgan. Yozma adabiyotning kam tarqalganligi tufayli lahja xususiyatlari saqlanib qolgan. Bunday xususiyatlar adabiy asarlarda ham ma&#8217;lum darajada o&#8217;z aksini topgan. Farg&#8217;ona va Movarounnahrda yozilgan adabiy asarlar tili bilan Xorazmda yozilgan adabiy asarlar tili urtasida ma&#8217;lum lahjaviy farqlar sezilib turgan. Eski o&#8217;zbek tilining ilk shakllanish davrida (13-14-asrlar) bu narsa yaqqol ko&#8217;rinar edi, keyinchalik esa bunday lahjaviy xususiyatlar aralashib ketadi. Masalan, Xorazmiyning &#8220;Muhabbatnoma&#8221; va Said Ahmadning &#8220;Taashshuqnoma&#8221; asarlarida o&#8217;g&#8217;uz lahjasi xususiyatlari, Qutbning &#8220;Xusrav va Shirin&#8221; asarida qipchoq lahjasi xususiyati o&#8217;z aksini topgan bo&#8217;lsa, 16-asrga oid &#8220;Boburnoma&#8221;da qarluq, o&#8217;g&#8217;uz va qipchoq lahjalarining xususiyatlari aralash holda qo&#8217;llangan. Shu tariqa lahja xususiyatlari asta-sekin yo&#8217;qola borib, 15-16-asrlarda yagona, umumiy adabiy til xususiyatlari asosiy o&#8217;rinni egallaydi. Eski o&#8217;zbek adabiy tili ancha keng hududga yoyilib, uning barqarorlashgan me&#8217;yorlari asosida yozuvchi va shoirlar 19-asr oxiri \u2014 20- asr boshlarigacha ijod qilib keldilar. Eski o&#8217;zbek tili Alisher Navoiy davrida, uning asarlarida o&#8217;z rivojining eng yuqori pog&#8217;onasiga ko&#8217;tarildi. Shoir o&#8217;zining o&#8217;nlab nazmiy va nasriy asarlari bilan bu tilni kamolotga yetkazdi, uni davlat tili darajasiga olib chiqishga harakat qildi. U nafaqat o&#8217;sha va keyingi davrlar o&#8217;zbek adabiy tilining asoschisi, rivojlantiruvchisi, balki tadqiqotchisi hamdir. Navoiy o&#8217;zining &#8220;Muhokamat ullug&#8217;atayn&#8221; asarida Eski o&#8217;zbek tili (turkiy)ni fors tiliga qiyoslash asosida uning fonetik, leksik va grammatik sohalarda rivojlangan til ekanligini nazariy jihatdan asoslab, ko&#8217;rsatib beradi. Boburning nasriy asari &#8220;Boburnoma&#8221; Navoiyning nasriy asarlaridan tilining ancha soddaligi, jonli tilga yaqinligi bilan hatto hozirgi zamon o&#8217;quvchisiga ham tushunarlidir. Alisher Navoiydan keyin yaratilgan nasriy asarlar va ayrim dostonlarda Eski o&#8217;zbek tilining an&#8217;anaviy me&#8217;yorlaridan bir oz uzoqlashish, uni xalq tiliga yaqinlashtirish tamoyili kuzatiladi. Ko&#8217;plab she&#8217;riy asarlarda, g&#8217;azallarda esa eski o&#8217;zbek adabiy tili an&#8217;analari davom etadi. 19-asrning 2-yarmiga kelib nasriy asarlargina emas, nazmiy asarlar ham jonli tilga yaqinlashadi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqalar shoirlarning asarlari ana shular jumlasidandir. Ayni shu davr, ya&#8217;ni 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlari eski o&#8217;zbek adabiy tilidan hozirgi o&#8217;zbek adabiy tiliga o&#8217;tish bosqichi hisoblanadi. Ad.: Borovkov A.K., Alisher Navoi kak osnovopolojnik uzbekskogo literaturnogo yaznka. \u2014 SB.: &#8220;Alisher Navoi&#8221;, M.\u2014 L., 1948; Mutallibov S, morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk, T., 1959; Shcherbak A.M., Grammatikastarouzbekskogo yaznka, M.\u2014L., 1962; Abdurahmonov G&#8217;., Shukurov Sh., O&#8217;zbek tilining tarixiy grammatikasi, T., 1973; Tursunov U., O&#8217;rinboev B., O&#8217;zbek adabiy tili tarixi, T., 1982; Muxtorov A., Sanaqulov U., O&#8217;zbek adabiy tili tarixi, T., 1995. Abduvahob Madvaliev, Ergash Umarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ESKI O&#8217;ZBEK TILI \u2014 turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan biri; mahalliy turkiy lahjalar negizida o&#8217;zidan oldingi davrlar (masalan, Qoraxoniylar\u2014 11 \u201412-asrlar; Oltin O&#8217;rda \u2014 13-14-asrlar)ning adabiy-lisoniy an&#8217;analari ta&#8217;siri ostida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/eski-ozbek-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29358","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29358","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29358"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29358\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29360,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29358\/revisions\/29360"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29358"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29358"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29358"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}