{"id":29361,"date":"2022-06-08T13:42:42","date_gmt":"2022-06-08T10:42:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29361"},"modified":"2022-06-08T13:42:43","modified_gmt":"2022-06-08T10:42:43","slug":"epikur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/epikur\/","title":{"rendered":"EPIKUR"},"content":{"rendered":"\n<p>EPIKUR (miloddan avvalgi 341, Samos oroli \u2014 miloddan avvalgi 270, Afina) \u2014 yunon faylasufi. 306 yildan Afinada yashagan, o&#8217;z nomi bilan atalgan falsafa maktabiga asos solgan. Epikur 300 dan ortiq asar muallifi hisoblanadi. Lekin uning bir necha xati, aforizmlari va esda ligigina saqlanib qolgan. Epikur falsafani fizika (tabiat to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limot), kanonika (bilish to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limot, unda sensualizmga amal qilgan) va etikaga bo&#8217;lgan. Epikur fizikada Demokritning atomistika ta&#8217;limotiga ergashdi. Son-sanoqsiz olamlar orasidagi fazolarda yashayotgan befarq xudolar mavjud deb bildi, lekin ularning koinot va odamlar hayotiga aralashuvini inkor etdi. U Platonning &#8220;g&#8217;oyalar dunyosi&#8221;, Aristotelning &#8220;birinchi turtki&#8221; va boshqalarning g&#8217;ayritabiiy kuchlar haqidagi g&#8217;oyalariga qo&#8217;shilmadi, olam son-sanoqsiz, cheksiz, doimiy harakatda va o&#8217;zgarishda deb hisobladi. Epikurning fikricha, jon moddiy, tana bilan bog&#8217;liq, tana o&#8217;lishi bilan u ham o&#8217;ladi. Epikur kanonikaga doir qarashlarida dunyoni ilmiy bilish mumkinligini e&#8217;tirof etdi. U kanonikaning maqsadi haqiqatni bilish, haqiqat mezonlarini topish va aniqlashda deb tushundi. Epikur etikasida adolat, do&#8217;stlik, donishmandlik tushunchalari muhim o&#8217;rin egallaydi. Adolat tushunchasini o&#8217;zgaga zarar yetkazmaslik va undan zarar ko&#8217;rmaslik deb biladi. Uning fikricha, do&#8217;stlikning asosida individning shaxsiy ehtiyoji yotadi; aqllilik \u2014 muvaqqat ezgulik, do&#8217;stlik \u2014 abadiy ezgulik. Odamlardan yiroq bo&#8217;lib yasha, degan fikr Epikurning shiori bo&#8217;lgan. U azob-uqubatlarning bo&#8217;lmasligi, tanning sog&#8217;lomligi va ruhning betashvishligi (ataraktsiya)ni hayotning maqsadi deb bilgan. Uning fikricha, tabiatni bilish qo&#8217;rquvdan, o&#8217;lim dahshatidan, irimsirimlar va, umuman, dindan xalos qiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EPIKUR (miloddan avvalgi 341, Samos oroli \u2014 miloddan avvalgi 270, Afina) \u2014 yunon faylasufi. 306 yildan Afinada yashagan, o&#8217;z nomi bilan atalgan falsafa maktabiga asos solgan. Epikur 300 dan ortiq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/epikur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29361","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29361","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29361"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29361\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29363,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29361\/revisions\/29363"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29361"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29361"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29361"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}