{"id":29362,"date":"2022-06-08T13:42:59","date_gmt":"2022-06-08T10:42:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29362"},"modified":"2022-06-08T13:43:00","modified_gmt":"2022-06-08T10:43:00","slug":"epilepsiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/epilepsiya\/","title":{"rendered":"EPILEPSIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>EPILEPSIYA (Yunoncha \u2014 tutaman), tutqanoq, quyonchiq \u2014 bosh miyaning surunkali kasalligi; ko&#8217;pincha tirishish, hushdan ketish, bemor shaxsining o&#8217;zgarishi, ayrim hollarda aqliy qobiliyatning susayib borishi bilan kechadi (fe&#8217;l-atvor o&#8217;zgaruvchan, serjahl, ginaxon bo&#8217;lib qoladi va hokazolar). Bosh miyaning tutqanoq tutishiga nisbatan tug&#8217;ma yoki turmushda orttirilgan o&#8217;ta moyilligi, shuningdek, nasliy tug&#8217;ma nuqsonlar, bosh va orqa miyaning yuqumli kasalliklari, jarohatlari, tug&#8217;ruq chog&#8217;idagi noxushliklar, endokrin omillar, nogahon qo&#8217;rquv va hokazolar. Epilepsiyaga sabab bo&#8217;ladi. Epilepsiya mustaqil kasallik (genuin Epilepsiya) yoki simptomatik (bosh miyaning yallig&#8217;lanishi, o&#8217;smasi, shikastlanishi va boshqalar oqibatida) bo&#8217;lishi mumkin. Epilepsiya ko&#8217;p uchraydi. Aksari bolalik va o&#8217;smirlik davrida, ba&#8217;zan keksayganda ham kuzatiladi. Katta va kichik tutqanoqlar Epilepsiyaning asosiy belgisidir. Ko&#8217;pincha hech bir sababsiz, ba&#8217;zan qattiq hayajon, horish va boshqalardan so&#8217;ng tutqanoq tutadi. Aksari tutqanoq tutishidan avval bemor kayfiyati o&#8217;zgaradi; serzarda yoki ma&#8217;yus bo&#8217;ladi, boshi og&#8217;riydi, lanj tortadi. Ba&#8217;zan hech qanday belgisiz, shuningdek, uyquda ham tutqanoq tutadi. Deyarli ko&#8217;pchilik hollarda bevosita tutqanoq tutishidan oldin bir necha sekund davomida o&#8217;tkir ruhiy holat \u2014 aura (Yunoncha aiga \u2014 &#8220;shabada esishi&#8221;) yuz beradi. Bunda bemor o&#8217;zini yomon his qiladi, boshi aylanadi, eti uvishadi va hokazolar. Shuningdek, bemor ko&#8217;ziga dahshatli manzaralar ko&#8217;rinishi, burniga qo&#8217;lansa, kuyundi hidlar kelishi, shovqinsuron eshitilishi va achchiq, sho&#8217;r ta&#8217;m sezilishi mumkin. Ba&#8217;zida bemor bu vaqtda bir xildagi harakatlarni takrorlayveradi; masalan, og&#8217;zini chapillataveradi, oldida turgan narsani yig&#8217;averadi yoxud bir joyda gir aylanadi, o&#8217;z-o&#8217;zidan yugurib ketadi va boshqalar Auradan so&#8217;ng kuchli tutqanoq tutadi. Bemor hushdan ketib yiqiladi, so&#8217;ng gavdasining barcha muskullari qisqarib (tonik talvasa) qo&#8217;loyoqlari cho&#8217;ziladi yoki bukilganicha qotib qoladi, jag&#8217;larini mahkam qisib oladi (bunda bemor ko&#8217;pincha tilini tishlab oladi). Nafas muskullarining qisqarishi tufayli bemor ko&#8217;karib (ayniqsa, yuzi) ketadi, ko&#8217;z soqqalari orqaga tortib, qorachig&#8217;i kengayadi va nurdan ta&#8217;sirlanmaydi. Bir necha sekunddan so&#8217;ng bu holat gavda muskullarining ritmik qisqarishi (klonik talvasa) bilan almashinadi. Bunda bemor boshini yotgan yeridagi narsalarga uradi, og&#8217;zidan ko&#8217;pik chiqadi, 1-2 minutdan keyin asta-sekin tirishish tugab, bemor nafas ola boshlaydi, rangi o&#8217;ziga keladi. Lekin bu vaqtda u yiqilgandagi shikastlar og&#8217;rig&#8217;ini sezmaydi, chaqirsa eshitmaydi; ko&#8217;pincha o&#8217;ziga kelmay turib chuqur uyquga ketadi. Uyg&#8217;onganidan so&#8217;ng hech narsani xotirlay olmaydi; darmonsizligi, shikastlanganligidan tutqanoq tutganini biladi. Kichik tutqanoq, odatda, talvasasiz yoki kamroq talvasa (bolalarda) bilan o&#8217;tib, bir necha sekundda tugaydi. Bunda aksariyat bemor bir lahza eshushini yo&#8217;qotib (masalan, yurgan bo&#8217;lsa birdan turib qoladi, gapirayotgan bo&#8217;lsa so&#8217;z o&#8217;rtasida to&#8217;xtaydi va boshqalar), yana o&#8217;ziga kelishi mumkin. Epilepsiyada kichik tutqanoqlardan tashqari talvasasiz faqat ruhiy o&#8217;zgarishlar \u2014 Epilepsiya ekvivalentlari ham kuzatiladi. Ayrim vaqtlarda ular aura kabi ko&#8217;proq qisqa muddatli ruhiy holatlar tarzida o&#8217;tadi. Bunda bemor hayot voqeligini idrok etolmay qoladi. Epilepsiyada (ayniqsa genuine Epilepsiyada) sekin-asta bemor shaxsi (xarakteri) o&#8217;zgarib, aqliy qobiliyati susayib boradi, ya&#8217;ni Epilepsiyaga xos esi pastlik kuzatiladi, bunda bemor to&#8217;satdan bajarayotgan ishini boshqa maqsadsiz tomonga yo&#8217;naltiradi, masalan, ishdan uyga qaytayotib boshqa joyga ketib qoladi, biror xat yozayotgan bo&#8217;lsa, uning mazmunini (shaklini) buzib yuboradi va hokazolar. Bemor bir mavzudan ikkinchisiga, bir mashg\u2019ulotdan boshqasiga o&#8217;tishga qiynaladi, qiziqish doirasi tor, atrofdagilarga kek saqlaydigan, qasoskor, ichi qora yoki adolatgo&#8217;y, nasihatgo&#8217;y, boshqalari haddan tashqari sarishta, muloyim bo&#8217;lib qoladi. Genuin Epilepsiya surunkali kechib, avj olib boradi, bunda katta tutqanoqlar 1 yilda 1-2 marta yoki bir kunda bir necha marta ketma-ket tutadi, ba&#8217;zan (ya&#8217;ni ketma-ket tutganda) miyaga qon quyilishi yoki miya va o&#8217;pkaning shishishi, asfiksiya, og&#8217;ir hollarda o&#8217;lim yuz berishi mumkin. Davosi: qatiy kun tartibi, parhez, mehnat bilan davolash va vrach tavsiya etgan doridarmonlardan iborat. Epilepsiyasi bor bemorlar psixonevrologik dispanserlar nazoratiga olinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>EPILEPSIYA (Yunoncha \u2014 tutaman), tutqanoq, quyonchiq \u2014 bosh miyaning surunkali kasalligi; ko&#8217;pincha tirishish, hushdan ketish, bemor shaxsining o&#8217;zgarishi, ayrim hollarda aqliy qobiliyatning susayib borishi bilan kechadi (fe&#8217;l-atvor o&#8217;zgaruvchan, serjahl, ginaxon &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/epilepsiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[189],"tags":[],"class_list":["post-29362","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-e-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29362","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29362"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29362\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29364,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29362\/revisions\/29364"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29362"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29362"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29362"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}