{"id":29394,"date":"2022-06-09T13:57:07","date_gmt":"2022-06-09T10:57:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29394"},"modified":"2022-06-09T13:57:07","modified_gmt":"2022-06-09T10:57:07","slug":"toxtaboyev-xudoyberdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toxtaboyev-xudoyberdi\/","title":{"rendered":"TO&#8217;XTABOYEV XUDOYBERDI"},"content":{"rendered":"\n<p>TO&#8217;XTABOYEV XUDOYBERDI (1932.17.12, O&#8217;zbekiston tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1991). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan madaniyat xodimi (1982). Qo&#8217;qon pedagogika bilim yurtini (1949), O&#8217;rta Osiyo universitetini tugatgan (1955). O&#8217;rta maktabda o&#8217;qituvchi va direktor (1955\u2014 58), &#8220;Toshkent haqiqati&#8221; gazetasida adabiy xodim, bo&#8217;lim mudiri (1958\u2014 62), &#8220;Sovet O&#8217;zbekistoni&#8221; (1962-70) gazeta, &#8220;Guliston&#8221; jurnalida (1970-72), &#8220;Yosh gvardiya&#8221; nashriyotida (1972) bo&#8217;lim mudiri va bosh muharrir o&#8217;rinbosari (1974\u2014 76), &#8220;gulxan&#8221;, &#8220;yosh kuch&#8221; jurnallarida bosh muharrir (1977\u2014 80), &#8220;Oltin meros&#8221; xalqaro xayriya jamg&#8217;armasi boshqaruvi raisi (1980-1998). Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, feletonlar yozgan. Badiiy ijod bilan 20-asr 50-yillarida shug&#8217;ullana boshlagan. Ilk hikoyalar to&#8217;plami \u2014 &#8220;shoshqaloq&#8221; (1961). &#8220;Feletondan keyin&#8221; (1962), &#8220;sir ochildi&#8221; (1963), &#8220;sehrli qalpoqcha&#8221; (1964) singari qissalari, &#8220;muhabbat qo&#8217;shig&#8217;i&#8221; (1967), &#8220;Jonginam, shartingni ayt&#8221; (1969), &#8220;Konizar yulduzlari&#8221; (1978), &#8220;Omonboy bn Davronboy sarguzashti&#8221; (1974) va b. asarlar muallifi. &#8220;Sariq devni minib&#8221; romani (1968) yozuvchiga katta Shuhrat keltirgan. Shundan keyin &#8220;Sariq devning o&#8217;limi&#8221; (1973), &#8220;besh bolali yigitcha&#8221; (1976), &#8220;Qasoskorning oltin boshi&#8221; (1981), &#8220;yillar va yo&#8217;llar&#8221; (1983), &#8220;Shirin qovunlar mamlakati&#8221; (1986), &#8220;mungli ko&#8217;zlar&#8221; (1988), &#8220;Jannati odamlar&#8221; (1996) romanlari nashr etildi. To&#8217;xtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning o&#8217;ziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yo&#8217;sinda mahorat bn tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. To&#8217;xtaboyev o&#8217;zbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari dunyoning ko&#8217;pgina tillariga tarjima qilingan. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TO&#8217;XTABOYEV XUDOYBERDI (1932.17.12, O&#8217;zbekiston tumani) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1991). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan madaniyat xodimi (1982). Qo&#8217;qon pedagogika bilim yurtini (1949), O&#8217;rta Osiyo universitetini tugatgan (1955). O&#8217;rta maktabda o&#8217;qituvchi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/toxtaboyev-xudoyberdi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29394","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29394","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29394"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29394\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29401,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29394\/revisions\/29401"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29394"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29394"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29394"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}