{"id":29425,"date":"2022-06-10T08:54:24","date_gmt":"2022-06-10T05:54:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29425"},"modified":"2022-06-10T08:54:25","modified_gmt":"2022-06-10T05:54:25","slug":"taliqon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taliqon\/","title":{"rendered":"TALIQON"},"content":{"rendered":"\n<p>TALIQON, Toliqon, talqon o&#8217;rta asrlarda shimoliy Afg&#8217;onistondagi qadimgi shahar va viloyat. Taliqon o&#8217;rta asrlarda Toxaristonning poytaxti bo&#8217;lsada, Balxdan 3 marta kichik edi. Taliqon Qunduzdan Sharqda, Qunduzdaryo irmog&#8217;i Taliqon daryosi bo&#8217;yida joylashgan. Taliqon mustahkam istehkomli, savdo yo&#8217;llari kesishgan yerda joylashgani uchun obod va boy shahar hisoblangan. O&#8217;rta asrlarda uni, shuningdek, &#8220;Xuroson Taliqoni&#8221; deb ham atashgan, chunki ayni vaqtda bu nomdagi yana 2 shahar Qazvin va Rey viloyatlarida ham bo&#8217;lgan. Mahmud ibn Valmning yozishicha, Maymana viloyatidagi shahar ham Taliqon deb atalgan. Firdavsiyning &#8220;Shohnoma&#8221;sida Taliqon shahri Afrosiyob podsholigi davri voqealari munosabati bilan qayd etilgan. Qadimda Taliqon atrofida chegara, tosh minorasi bo&#8217;lgan, uni sosoniylar shohi Varaxran V (421-438 y.larda hukmronlik qilgan) bunyod etgan. Arablar istilosi arafasida Taliqon alohida bir mulk bo&#8217;lib, uni Sahrak yoki Suhrob nomli shoh idora etgan. 10-asrda Taliqon shaqri Guzganon viloyati shohiga tobe bo&#8217;lgan. 12-asrda Taliqon manbalarda yana Xurosonning alohida viloyati tarzida qayd etilgan va unga bir qancha shahar va qishloqlar qaragan. Taliqon qal&#8217;asi o&#8217;rta asrlarda Mansurko&#8217;h yoki Nusratko&#8217;h deb nomlangan. U juda mustahkam bo&#8217;lib, 13-asrda Chingizxon qo&#8217;shinlari uni kuch bilan egallay olmay, 7 oy qamal qilib olishga majbur bo&#8217;lishgan. Amir Temur va Temuriylar davrida Taliqon dastlab Pirmuhammad ibn Jahongir mulki, so&#8217;ngra Shohrux davrida uning o&#8217;g&#8217;li Ibrohim Sultonga tegishli bo&#8217;lgan. 16- asr oxirida Taliqonni temuriy Sulton Maxmud Mirzo va Xisravshohning noiblari idora etishgan. 1503-04 yillarda Toxariston va Badaxshonning katta qismini Shayboniyxon qo&#8217;shinlari bosib olganda bu viloyatlar Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonga in&#8217;om etilgan. Shayboniyxon o&#8217;limidan so&#8217;ng (1510) Toxariston va Badaxshonning katta qismi yana Temuriylar (Mirzaxon o&#8217;g&#8217;li Sulaymonshoh) tasarrufida bo&#8217;lgan. Biroq uning nabirasi va vorisi Shohrux Mirzo davrida Taliqon Badaxshon shohlaridan Shoh Imod kuliga o&#8217;tgan. 1584 yil Taliqonga Shayboniylar qo&#8217;shini kelib shahar Mahmud Sulton ibn Sulaymon sultonga qaragan. U, o&#8217;z navbatida, Shayboniylarning Balxdagi noibi Abdulmo&#8217;min Sultonga tobe bo&#8217;lgan. Taliqon viloyat markazi maqomini Ashtarxoniylar davrida ham saqlab qolgan. 18-asrning 1-yarmida Taliqon yoriylar sulolasidan Mir Sultonshoh tasarrufiga o&#8217;tgan. 18-asr o&#8217;rtalaridan Afg&#8217;oniston tarkibida. Ad.:Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 19S2; Kamoliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazo&#8217;chno&#8217;m istochnikam IX \u2014 nachalo XIII vv., T., 1996. Shamsiddin Kamoliddinov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TALIQON, Toliqon, talqon o&#8217;rta asrlarda shimoliy Afg&#8217;onistondagi qadimgi shahar va viloyat. Taliqon o&#8217;rta asrlarda Toxaristonning poytaxti bo&#8217;lsada, Balxdan 3 marta kichik edi. Taliqon Qunduzdan Sharqda, Qunduzdaryo irmog&#8217;i Taliqon daryosi bo&#8217;yida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taliqon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29425","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29425","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29425"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29425\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29428,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29425\/revisions\/29428"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29425"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29425"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29425"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}