{"id":29426,"date":"2022-06-10T08:54:05","date_gmt":"2022-06-10T05:54:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29426"},"modified":"2022-06-10T08:54:06","modified_gmt":"2022-06-10T05:54:06","slug":"talas-jangi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/talas-jangi\/","title":{"rendered":"TALAS JANGI"},"content":{"rendered":"\n<p>TALAS JANGI \u2014 Talas (Taroz) daryosi bo&#8217;yida Arab va Xitoy qushinlari o&#8217;rtasida yuz bergan hal qiluvchi jang (751). 8-asrning 1-yarmida Tan imperiyasi Buyuk ipak yo&#8217;lini egallash va bu yo&#8217;ldagi davlatlarni o&#8217;ziga bo&#8217;ysundirish uchun bir necha bor urushlar qilgan. Movarounnahrdagi murakkab ichki ahvol (arablarga qarshi xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari), Farg&#8217;ona hokimining Choch hokimiga qarshi kurashida Xitoydan yordam so&#8217;ragani bu yurishlarga bahona bo&#8217;lgan. Tan davlati 750 yil millati koreys bo&#8217;lgan Gao Syanchji (gav Shanchji) qo&#8217;mondonligida katta qo&#8217;shin jo&#8217;natgan. Bu qo&#8217;shin farg&#8217;onaliklar bilan ittifoqlikda Chochni olib vayron qilgan, katta o&#8217;lja (tuyalar, otlar, oltin, kumush)ni qo&#8217;lga kiritgan. Choch qokimi qatl qilingan, uning o&#8217;g&#8217;li arablardan yordam so&#8217;ragan. 751 yil iyul oyida arablarning ziyod ibn Solih qo&#8217;mondonligi ostidagi qo&#8217;shini Gao Syanchjining xitoylar, farg&#8217;onaliklar, qashqarliklar, kucharliklar hamda qarluqlardan iborat yirik qo&#8217;shini (Arab manbalariga ko&#8217;ra 70 ming kishi) bilan Talas daryosi bo&#8217;yida to&#8217;qnashgan. Talas jangi 5 kun davom etgan. To&#8217;qnashuv jarayonida tan armiyasi tarkibidagi qarluqlar arablarga qarshi kurashdan bosh tortgan va xitoyliklarning ar&#8217;ergardiga zarba berganlar. Xitoy qo&#8217;shini butunlay yakson qilingan. Gao Syanchji yordamchilari Li Siye va Duan Shoushilar bilan birga zo&#8217;rg&#8217;a qochib qutilgan. Ibn al-Asirning yozishicha, xitoyliklardan 50 ming kishi o&#8217;ldirilib, taxminan 20 ming kishi asir olingan. Asirga tushgan Xitoy jangchilari orasidan tanlab olingan hunarmandlar Samarqandga keltirilgan. Ular Samarqandda qog&#8217;oz ishlab chiqarish. sanoatini yanada rivojlanishiga munosib hissa qo&#8217;shganlar. Xitoylik xunarmandlar hatto Mesopotamiya shaharlariga ham keltirilgan. Talas jangi Markaziy Osiyo xalklari tarixida o&#8217;ta muhim rol o&#8217;ynaydi. U tan imperiyasining O&#8217;rta Osiyo xududini egallash yo&#8217;lidagi tajovuzkorona siyosatiga uzil-kesil chek qo&#8217;ygan. Ammo bu G&#8217;arb bilan Sharq o&#8217;rtasidagi savdo aloqalarini butunlay uzilishiga olib kelmagan. Abdulahad Xo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TALAS JANGI \u2014 Talas (Taroz) daryosi bo&#8217;yida Arab va Xitoy qushinlari o&#8217;rtasida yuz bergan hal qiluvchi jang (751). 8-asrning 1-yarmida Tan imperiyasi Buyuk ipak yo&#8217;lini egallash va bu yo&#8217;ldagi davlatlarni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/talas-jangi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29426","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29426","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29426"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29426\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29427,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29426\/revisions\/29427"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29426"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29426"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29426"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}