{"id":29433,"date":"2022-06-10T09:39:41","date_gmt":"2022-06-10T06:39:41","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29433"},"modified":"2022-06-10T09:39:42","modified_gmt":"2022-06-10T06:39:42","slug":"taloq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taloq\/","title":{"rendered":"TALOQ"},"content":{"rendered":"\n<p>TALOQ \u2014 odam va umurtqali hayvonlarning qorin bo&#8217;shlig&#8217;idagi toq parenximatoz organ. Asosiy qon rezervuarlaridan biri (qon &#8220;depo&#8221;si); qon yaratilishi, moddalar almashinuvida ishtirok etadi; immunobiologik va himoya funktsiyasini bajaradi \u2014 antitelolar ishlab chiqaradi, bakteriya va toksinlarni tutib qolib, zararsizlantiradi, yashab bitgan eritrosit va trombositlarni emiradi. Qonning hosil bo&#8217;lishi, buzilishi, qayta taqsimlanishida va organizmning himoya reaktsiyalarida qatnashadi. Taloq hamma umurtqali hayvonlarda bor. To&#8217;garak og&#8217;izlilar, ba&#8217;zi ikki xil nafas oluvchi baliqlar ichagi, oshqozoni yoki o&#8217;rta ichak shilliq qavat burmalari devorida limfoid to&#8217;qimalar to&#8217;plami bo&#8217;lib, bu Taloq vazifasini bajaradi. Qolgan umurtqali hayvonlar talog&#8217;i ichakdan alohida bo&#8217;lib, orqa ichaktutgich, oshqozon yoki to&#8217;g&#8217;ri ichakning boshlanish qismida joylashadi. Sudralib yuruvchilar (gatteriyalardan tashqari) hamda qushlarda rudimentlashgan. Taloq bo&#8217;lak-bo&#8217;lak yoki parraksimon bo&#8217;ladi. Odamda Taloq embrional hayotning birinchi oyida me&#8217;daning dorzalb tutqichi ichida to&#8217;plangan mezenxima to&#8217;qimasidan rivojlanadi. Taloq uzunchoq oval shaklli, uzunligi 12 santimetr, kengligi 7\u2014 8 santimetr, og&#8217;irligi 150-200 gramm. Lekin Taloqning hajmi va og&#8217;irligi individual bo&#8217;lib, organizmning fiziologik holatiga bog&#8217;liq holda juda o&#8217;zgarib turadi. Masalan, tinch holatda Taloq kengaygan, qon yo&#8217;qotilganda esa siqiq bo&#8217;ladi. Bir tomoni qabariq (diafragmal), ikkinchi tomoni botiq (ichki) bo&#8217;lib, chap biqinning 9,11 qovurg&#8217;a sohalariga joylashgan. Tashqi tomondan seroz parda va biriktiruvchi to&#8217;qima kapsulasi bilan qoplangan. Kapsuladan Taloq ichiga devorlar yoki trabekulalar tarqaladi. Trabekulalar Taloqni oq va qizil pulpa bilan to&#8217;la alohida bo&#8217;lakchalarga bo&#8217;ladi. Qizil pulpa qonning shaklli elementlari (eritrositlar)ga boy vena sinuslaridan tashkil topgan. Oq pulpa esa limfositlar ishlab chiqaradigan limfa to&#8217;qimalaridan tuzilgan; ular malpigi tanachalari deb ataladi. Taloq kasallanganda (masalan, splenomegaliya) ancha kattalashadi.<\/p>\n\n\n\n<p>TALOQ (Arabcha \u2014 qo&#8217;yib yubormoq, ajralmoq) \u2014 shariatga ko&#8217;ra nikohning bekor qilinishi. Er tomonidan shu so&#8217;zning aytilishi xotinni barcha xotinlik majburiyatidan to&#8217;la ozod qiladi. Bu holatda erning xotinga bergan mol&#8211;mulk (mahr)i xotinda qoladi, er xotinni idda muddati o&#8217;tguncha moddiy ta&#8217;minlab turishi kerak. Shariatda ikkinchi Taloqdan keyin ham er-xotinni qaytadan yarashtirishga ruxsat etiladi (Qur&#8217;on, 2:229). Uchinchi marta Taloqdan keyin esa shariat bunga yo&#8217;l qo&#8217;ymaydi. Taloq qilingan xotin boshqa erga chiqishi uchun belgilangan idda muddatini o&#8217;tashi kerak. Islom huquqida ayol ham Taloq talab qilishi rasman e&#8217;tirof etiladi. O&#8217;zbekiston Respublikasida er bilan xotin ajralishi oila kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ad.: Hidoya (1J.), T., 2000; muxtasar, T., 1994.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TALOQ \u2014 odam va umurtqali hayvonlarning qorin bo&#8217;shlig&#8217;idagi toq parenximatoz organ. Asosiy qon rezervuarlaridan biri (qon &#8220;depo&#8221;si); qon yaratilishi, moddalar almashinuvida ishtirok etadi; immunobiologik va himoya funktsiyasini bajaradi \u2014 antitelolar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taloq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29433","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29433","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29433"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29433\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29434,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29433\/revisions\/29434"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29433"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29433"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29433"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}