{"id":29485,"date":"2022-06-11T08:56:08","date_gmt":"2022-06-11T05:56:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29485"},"modified":"2022-06-11T09:49:19","modified_gmt":"2022-06-11T06:49:19","slug":"chingizxonning-shaharni-zabt-etishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chingizxonning-shaharni-zabt-etishi\/","title":{"rendered":"Chingizxonning shaharni zabt etishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Chingizxon Muhammad Xorazmshohga qarshi qat\u2019iy urushga tayyorlanar ekan, avval makkor va hali ancha kuchli dushman bo\u2019lgan Kuchlukni bir yoqli qilishga qaror berdi va 1218 yilda unga Qarshi Jebenoyon boshchiligida kata qo\u2019shin yubordi. Kuchluk mo\u2019g\u2019ullarning hujumiga bardosha bera olmadi va Qashqardan qochib ketdi, lekin Sariko\u2019l degan joyda (hozirgi Afg\u2019onistonning Fayziobodidan sharqada) qo\u2019lga tushirildi va tor-mor qilindi. Shu yili mo\u2019g\u2019ullar Sharqiy Turkiston va Yettisuvning g\u2019arbiy qismidan tashqari, shimoli-sharqiy Farg\u2019onani ham o\u2019zlariga bo\u2019ysundirdi. Kosonda va Axsikatda mo\u2019g\u2019ul garnizoni joylashtirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxonning o\u2019zi 1219 yilning yozida asosiy kuchlar bilan birga Irtish orqali g\u2019arbga tomon yo\u2019l oldi. Qoyalikda (Ili daryosi havzasida, Qozog\u2019iston SSR ning hozirgi Taldiqo\u2019rg\u2019on shahridan 18 kilometr janubi-g\u2019arbda) Arslonxon boshchiligidagi qarluqlarning harbiy kuchlari, Olmaliqdan kelgan So\u2019knak Tegin boshchiligidagi otryad va Bourchik boshliq uyg\u2019urlar otryadi unga kelib qo\u2019shildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Urush yaqinlashib qolganiga qaramay, har ikkala tomon savdo-sotiq ishlarini davom ettirdi va bir-birlariga zo\u2019r berib elchilar yuborib turdi. Chingizxon elchilar Xorazmshoh saroyiga, Muhammadning elchilar esa Chingizxon o\u2019rdasiga kelib turishar edi.<\/p>\n\n\n\n<p>1220 yilning fevralida mo\u2019g\u2019ullar Sirdaryodan kechib o\u2019tib, Buxoro va Samarqand tomon yo\u2019l oldi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar Samarqandgacha deyarli jiddiy qarshilikka duch kelmadi va Zarnuk, Nurota, Dabusiya, Saripul va boshqa shu kabi mustahkamlanga qal\u2019alarni egalladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019sha vaqtda Buxoro va Movarounnahrning yaxshi mustahkamlangan shaharlaridan biri edi. Shaharning ikki darvozali arki 1208 yilda Xorazmshoh Muhammad tomonidan qayta tiklangan edi. Shahriston mustahkam devor bilan o\u2019ralgan, rabot esa ikki qator devor bilan o\u2019rab olingan edi. Garnizonda 30000 otliq va piyoda jangchi bor edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar 1220 yil 7 fevralida Buxoroni chor tarafdan o\u2019rab olib, shahar darvozalari yonida turar edi. 9 fevral kuni tong saharda, ya\u2019ni qamalning uchinchi kunida buxorolik ba\u2019zi harbiy boshliqlar \u2013 Inonchxon, O\u2019g\u2019ulhojib, Hamid Pur, So\u2019yunchxon va Qulixon o\u2019z otryadlari bilan shaharni tashlab, Amudaryo tomonga qochib ketdi. Biroq ulardan faqat Isnonchxongina daryodan kechib o\u2019tib, Sulton Muhammad bilan qo\u2019shila oldi, qolganlari esa mo\u2019g\u2019ullar tomonidan qo\u2019lga tushirildi va qirib tashlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Buxoroning asosiy harbiy boshlig\u2019i Ixtiyoriddin Qo\u2019shlu ham shahar mudofaasini tashkil eta olmadi. U kichkina otryad bilan (400 kishi) arkka joylashib oldi. Zodagonlar va ruhoniylarning nufuzli qismi o\u2019rtasida ham hamjihatlik yo\u2019q edi. Imom Jaloliddin Ali, sadr Majiduddin Masxud va taniqli olim Ruqiddin Imomzoda shaharni mudofaa qilish kerak va mo\u2019g\u2019ullarga qarshi aktiv urush olib boeish zarur deb, chiqdilar. Keyinchalik ular ham himoyachilar safiga o\u2019tib, mo\u2019g\u2019ullarga qarshi olib borilgan tengsiz jangda halok bo\u2019ldilar. Boshqalari esa oliy qozi Badriddin Qozixon boshchiligida kelishib, shaharni mo\u2019g\u2019ullarga topshirishga qaror qildilar. Oliy qozi 9 fevralda buxorolik vakillarga boshchilik qilib, Chingizxonning oldiga bordi va shaharni mo\u2019g\u2019ullarga topshirdi. Mo\u2019g\u2019ullar 1220 yil 10 fevralda shaharga kirdi (keyinchalik Badriddin Qozixon Chingizxonning eng yaqin kishilaridan biri bo\u2019lib qoldi). Ark yana 12 kun mudofaa qilindi. Mo\u2019g\u2019ullar arkni qamal qilish va olishda Buxoroning o\u2019z aholisidan va tevarak-atrofdagi aholidan foydalanishdi. 22 fevralda ark ham taslim bo\u2019ldi. Mo\u2019g\u2019ullar arkning barcha himoyachilarini qirib tashladi. Qal\u2019a devorlari va boshqa istehkomlar vayron qilindi, shaharga esa o\u2019t qo\u2019yildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Chingizxon Mahmud Yalavocni Buxoroga va viloyatga hokim qilib tayinladi va unga shaharni tiklashni topshirib, o\u2019zi Samarqandga qarab yo\u2019l oldi. Chingizxon qo\u2019shinlari Samarqandga 1220 yil martining boshlarida yetib keldi va shaharni zich xalqa qilib o\u2019rab oldi. Juvayniyning yozishicha, Chingizxonning o\u2019zi gvardiyasi bilan Samarqand yaqinidagi Ko\u2019ksaroyda to\u2019xtadi. Mo\u2019g\u2019ullar shaharni qurshab olib, Samarqand yaqinida ikki kun davovimida siljimay turdi, Juvayniyning aytishicha, Chingizxonning o\u2019zi ana shu vaqtda shaharni ishg\u2019ol qilish rejasini sinchiklab ishlab chiqqan.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu voqealarning shohidi, daos manaxi Chan-chunning bergan ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, Chingizxon istilosi oldidan Samarqandda 100 ming oila yashagan. Harbiy garnizonning soni to\u2019g\u2019risida manbalarda qarama-qarshi raqamlar kelritiladi; 40 mingdan 110 ming kishigacha, deyiladi. Ularga 20 ta harbiy boshliq (To\u2019qayxon, Ali Erxon, Shayxxon, Boloiyxon va boshqalar) rahbarlik qilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar armiyasining shaharni qamal qilganligi to\u2019g\u2019risida ham aniq ma\u2019lumot yo\u2019q. Mo\u2019g\u2019ullar O\u2019tror, Zarnuk, Nur, Buxorodan ko\u2019p minglab \u201chasharchilar\u201dni va Samarqand tevarak-atrofidagi qishloqlarning tevarak-atrofidagi qishloqlarning dehqonlarini shaharni qamal qilish uchun bu yerga haydab keltirildi, so\u2019ngra esa ularga bayroqlar berib jangovar saf qilib tizdilar. Bu esa olisdan qaraganda shahar oldida katta armiya to\u2019plangandek bo\u2019lib ko\u2019rinar edi. Biroq Chingizxonning Samarqand ostonalaridagi armiyasidan 25 ming kishilik otryadni Xo\u2019jandga, Alaknoyon qo\u2019mondonligidagi va mingboshi Yasavur boshchiligidagi anchagina kuchlarni Vaxsh va Talikonga, tumanlardan Jebenoyon, Subudoy va Toxuchar bahodirlarni Xorazmshoh qo\u2019shinlarini ta\u2019qib etish uchun Xurosonga yuborganligi ma\u2019lum. Mo\u2019g\u2019ul armiyasi unchalik ko\u2019p bo\u2019lmay, Samarqand garnizoni jangchilari sonidan oshmagan bo\u2019lsa kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar qamal janglarini boshlash oldidan Samarqand atrofidagi qishloqlarni \u201ctozaladi\u201d, bu bilan himoyachilarni tashqaridan madad olish imkoniyatidan mahrum etdi. Chingizxonning shaharga yuborilgan ayg\u2019oqchilari karvon saroylar, bozorlar va shaharning boshqa jamoat joylariga suqilib kirib, aholi o\u2019rtasida vahima urug\u2019ini sochishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar 1220 yilning 7 yoki 8 mart tongotar paytida shaharni o\u2019qqa tutib, hujum qila boshladi. Oldinda mo\u2019g\u2019ul o\u2019n boshi boshchiligida o\u2019ntadan bo\u2019lib saf tortib, bayroqlar ko\u2019tarib hasharchilar borishdi, ularning panohida esa mo\u2019g\u2019ullar borishdi. Hasharchilarga va ularga boshchilik qilayotgan mo\u2019g\u2019ullarga darvozalar oldidagi qal\u2019a xandaqlarini buzib tashlash buyurildi. Ibn-al-Asiriy Shomaxi bilan Shirvonni qamal qilish to\u2019g\u2019risida quyidagi xarakterli hikoyani yozib qoldirgan: har bir mo\u2019h\u2019ul va hasharchi daraxtlarni sudrab kelib, kechasi qal\u2019a atrofidagi xandaqlarga tashladi. Keyin ular mollar va asirlarni haydab kelib, ularni ham bir-biriga bog\u2019lab, xandaqlarga va devor yonlariga tashlashdi, shu tariqa qisqa vaqt ichida \u201ctepaliklar\u201d ustidan qal\u2019a devorlariga chiqa olardilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar Samarqandga shiddatli hujum qiladi, ammo himoyachilar bu hujumni qaytarib turadi. Ertasi kuni Chingizxonning shaxsan o\u2019zi qo\u2019shinlarni boshlab boradi, ammo bu shturm ham muvaffaqiyatsiz chiqadi, har ikki tomonikkita talafot ko\u2019radi. Manbalarga qaraganda, jangning uchinchi kunida Samarqand himoyachilari Ali Erxon boshchiligida birdan katta hujumga o\u2019tadi. Bu hujum qatnashchilari mo\u2019g\u2019ullarning oldingi kuchlarini tor-mor qiladi va asirlar olib, shaharga qaytib keladi. Ibn al-Asir bilan Jo\u2019zjoniyning ma\u2019lumotlariga qaraganda, hujumni Samarqand aholisi uyushtirgan bo\u2019lib, unda qo\u2019shinlar ishtirok etmagan. Hujum qatnashchilari mo\u2019g\u2019ullar uyushtirgan pistirma (kamingoh) ga tushib qolib, hammasi qirib tashlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunga qaramay, Samarqandda odam hali ko\u2019p edi, oziq-ovqat va yem-xashak anchagacha cho\u2019ziladigan shiddatli urushga ham yetar edi. Samarqand esa atigi to\u2019rt kun mudofaa qilindi, zodagonlar va shayxulislom hamda oliy qozi boshchiligidagi ruhoniylarning boshliqlari beshinchi kuni shaharni mo\u2019g\u2019ullarga topshirdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar shaharga Nomozgoh darvozasidan (shaharning shimoli-g\u2019arbiy tomonidan) bostirib kirib, darhol shahardagi istehkomlarni buzishga kirishdi. Ana shundan oldin kechasi Alatxon boshchiligidagi 1000 kishilik otryad shaharni qamal qilib turgan mo\u2019g\u2019ullar safini yorib o\u2019tib, Juvayniy ma\u2019lumotiga ko\u2019ra, keyinchalik Sulton Muhammadga borib qo\u2019shilgan. Jangchilarning qolgan qismi To\u2019g\u2019ayxon, Borsmasxon va O\u2019ldojxon boshchiligida qal\u2019aga yashirinib olib, 1220 yil 17 martgacha qarshilik ko\u2019rsatishdi. \u201cTarixi arba ulus\u201d ma\u2019lumotiga ko\u2019ra (boshqa manbalarda bu haqda ma\u2019lumot yo\u2019q), qal\u2019aga yashirinib olgan jangchilarning soni 20 ming kishiga yetardi. Mo\u2019g\u2019ullar Jun Arziz kanalini buzganlaridan keyingina qal\u2019ani olishga muvaffaq bo\u2019lgan. Suv arkning tevarak-atrofini bosib, uning devorlarining bir qismini yuvib ketgan. Qal\u2019a taslim bo\u2019lganidan keyin tirik qolgan himoyachilar (1000 kishiga yaqin) sulton Muhammad Xorazmshoh tomonidan 1212-1214 yillarda qurdirilgan Jome masjidiga yashirinib olishgan. Mo\u2019g\u2019ullar masjidga neft quyib, u yerdagi barcha odamlar bilan birga uni yondirib yuborishgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Mo\u2019g\u2019ullar Samarqand aholisini qattiq jazoladi. Shahar olingandan keyin tirik qolgan jangchilar va aholini shahardan ochiq yalanglikka olib chiqib, 10 va 100 kishidan saf-saf qilib tizishdi. Ular orasidan savdogarlar, ruhoniylar, hunarmandlar, o\u2019spirinlar va aholining birmuncha badavlat qismini ajratib oldi. Qolgan kishilarni qirib tashlashdi. Chingizxon hunarmandlardan 30000 kishini o\u2019z o\u2019g\u2019illari va qarindosh-urug\u2019lariga taqsimlar berdi. Omon qolgan hasharchilar Xuroson va Xorazmga jo\u2019natildi. Shahar shu qadar huvillab qoldiki, Chan-chunning yozishicha, shaharda avvalgi aholining faqat to\u2019rtdan bir qismi qolgan, xolos. Shaharning tirik qolgan aholisiga 200 ming dinor miqdorda soliq solindi, bu soliqni yig\u2019ish samarqandlik zodagon Amidulmulkka topshirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Xorazmshohning ojizligi va harbiy boshliqlarning o\u2019zaro adovati, ruhoniylar va zodagonlarning sotqinligi Samarqandga juda qimmatga tushdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Chingizxon Muhammad Xorazmshohga qarshi qat\u2019iy urushga tayyorlanar ekan, avval makkor va hali ancha kuchli dushman bo\u2019lgan Kuchlukni bir yoqli qilishga qaror berdi va 1218 yilda unga Qarshi Jebenoyon boshchiligida kata &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/chingizxonning-shaharni-zabt-etishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":29486,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-29485","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29485","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29485"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29485\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29490,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29485\/revisions\/29490"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/29486"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29485"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29485"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29485"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}