{"id":29507,"date":"2022-06-12T13:59:49","date_gmt":"2022-06-12T10:59:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29507"},"modified":"2022-06-12T14:45:29","modified_gmt":"2022-06-12T11:45:29","slug":"qizil-armiya-uchun-rezervlar-tayyorlash-va-aholini-harbiy-ishga-orgatish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qizil-armiya-uchun-rezervlar-tayyorlash-va-aholini-harbiy-ishga-orgatish\/","title":{"rendered":"Qizil armiya uchun rezervlar tayyorlash va aholini harbiy ishga o\u2019rgatish"},"content":{"rendered":"\n<p>Fashistlar Germaniyasining Vatanimizga xoinona bostirib kirishi sovet kishilarining tinch mehnat faoliyatini buzdi. Urushning birinchi kunlaridanoq butun mamlakat bo\u2019ylab miting va yig\u2019ilishlar o\u2019tkazilib, ularda qatnashgan mehnatkashlar dushmanni tor-mor keltirmoq uchun o\u2019zlarining bor kuchlarini sarflashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Sovet kishilarining darhol frontga yuborishni, harakatdagi armiya flot safiga jo\u2019natishni iltimos qilib harbiy komissarliklarga to\u2019xtovsiz arizalar berib turganliklari ularning Vatanimiz mustaqilligini saqlab qolishga mahkam bel bog\u2019laganliklarini ko\u2019rsatib turardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Sovet kishilari qatori Samarqand aholisi ham partiya tashkilotlari hamda shahar va oblast harbiy komissarliklariga darhol frontga yuborishlarini so\u2019rab 1316 ta ariza berdilar. 1941 yil 4 avgustga kelib bunday arizalar soni 2988 taga yetdi. Shu arizalardan 613 tasi xotin-qizlardan edi. O\u2019z arizalarida sovet kishilari o\u2019z sotsialistik Vatanlariga xalqning cheksiz muhabbat va sadoqatini, fashist bosqinchilariga bo\u2019lgan nafratini hamda sotsializm mamlakatini himoya qilish yo\u2019lida jangovar shijoatlar ko\u2019rsatishga tayyor ekanliklarini izhor qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ko\u2019ngillarni va harakatdagi armiya safiga chaqirilganlarni kuzatib qo\u2019yish sovet vatanparvarligining zo\u2019r namoyishga aylandi. Chunonchi, pensioner Hasan bobo Mamadaliyev o\u2019g\u2019lini frontga jo\u2019natar ekan: \u201cVatan qo\u2019lingga qurol berdi. Shu qurol bilan dushmanning adabini berib qo\u2019yishing lozim. Hamisha birinchilar safida bo\u2019l! Frontda qahramonliklari ko\u2019rsatishingga aminman\u201d, &#8211; deb nasihat qildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqandda harbiy ta\u2019lim olgan 72-zapas o\u2019qchi polkning 3-batalon 10-rotasidagi o\u2019zbek jangchilari frontga jo\u2019nash oldidan o\u2019z hamshaharlariga \u2013 Samarqand oblast mehnatkashlari \u201cLeninskiy put\u201d gazetasi orqali quyidagi xat bilan murojaat qildilar: \u201cAziz hamshaharlar, bugun biz sevikli Vatanimizni ko\u2019krak kerib himoya qilish uchun harakatdagi armiya safiga jo\u2019nab ketmoqdamiz. Mamlakat ichkarisida bo\u2019lgan vaqtimizni bekor o\u2019tkazmadik. Zo\u2019r berib tayyorgarlik ko\u2019rdik. Baxtli hayotimizga, ozodligimizga va mustaqilligimizga qasd qilgan fashist gazandalarini yemirib tashlash uchun harbiy ishni qunt bilan o\u2019rgandik. Sevikli Vatanimiz tahqirlanganligi uchun, otalarimiz va onalarimizning, akalarimiz va opalarimizning, xotinlarimiz va bolalarimizning to\u2019kilgan behisob qoni, ko\u2019z yoshlari uchun nafrat olovi qalbimizda yonib turibdi. Siz aziz hamshaharlarimizga aytadigan gapimiz shuki, Qizil Armiyani zarur narsalar bilan ta\u2019minlash va dushmanni tor-mor keltirish uchun sizlar ham mamlakat ichkarisida tinmay mehnat qilingiz. Biz ham sizlarni ishontirib aytamizki, jangda sira bo\u2019sh kelmaymiz, jonajon yerimizni oxiri tomchi qonimiz qolguncha himoya qilamiz\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>Jangchilar hamshaharlariga bergan so\u2019zlarining ustida chiqdilar. Samarqandliklar xizmat qilayotgan harbiy qism 1941-1942 yil qishi davomida dushmanning motomexanizatsiyalashgan va tank qismlari bilan 21 marta og\u2019ir mudofaa jangi qilib, uning jonli kuchi va texnikasiga juda katta talafotlar yetkazadilar. Janglarda komandir va jangchilar chinakam qahramonlik ko\u2019rsatishdi. Chunonchi, Oryol oblastining Chuxlovo shahri uchun 3 kun davom etgan jangda ular dushmanning 18 marta qilgan qarshi hujumini qaytardilar. Bu jangda dushmanning kuchi ularning kuchidan to\u2019rt baravar ko\u2019p bo\u2019lsa ham fashistlarning 3 tankini, 1500 ga yaqin soldat va ofitserlarini yer tishlatdi. Sovet jangchilarining qattiq turib mardonavor jang qilishi fashistlarni mudofaaga o\u2019tishga majbur etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yil 25 iyuldan boshlab butun respublikada harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo\u2019lgan kishilarni harbiy ishga tayyorlash avj oldirildi. Samarqand oblast, shahar, rayon partiya komitetlari, boshlang\u2019ich partiya tashkilotlari va Samarqand oblast harbiy komissarligi harbiy ishga o\u2019rgatilishi lozim bo\u2019lgan kishilarning ro\u2019yxatini tuzishga, zapas bo\u2019linmalarni to\u2019ldirishga, boshliqlar sostavini tanlab olishga va ular bilan mashg\u2019ulotlar o\u2019tkazishga darhol kirishdilar. 1941 yil 30 iyulda Samarqand oblastining shahar va rayonlarida harbiy ta\u2019lim olgan kishilar soni 10 mingdan oshib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kommunist va komsomollar armiyaga yuborilayotganlarning oldingi safida bo\u2019ldilar. 1944 yilning oxiriga kelib Samarqand shahar partiya tashkilotining o\u2019zigina harakatdagi armiyaga siyosiy rahbar qilib yuborgan kommunistlar 1835 kishiga yetdi. Urush yillari davomida 27 mingdan ortiq Komsomol, ya\u2019ni butun oblast Komsomol tashkiloti sostavining 60 protsenti frontga jo\u2019nab ketdi. Urushning birinchi kunlaridayoq frontga ketganlar orasida Samarqand shahar Bog\u2019ishamol rayon partiya komitetining sekretari Ziyoboyev, Samarqand shahar komsmol komitetining sekretari R.K.Karimov, 8 mart nomidagi fabrika Komsomol komitetining sekretari Saruxanov, qo\u2019n zavodi Komsomol komitetining sekretari Izchagin, choy qadoqlash fabrikasi Komsomol komitetining sekretari Shcherbinin, pedagogika institute Komsomol komitetining sekretari Kukushkin hamda boshqa juda ko\u2019p kommunist va komsomollar bor edi. Oblast partiya komiteti apparatidan oblast partiya komitetining ikkinchi sekretari M.G.Chikovaniy, bo\u2019lim mudirlaridan 3 kishi va instruktorlardan 9 kishi frontga jo\u2019natildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat mudofaa komiteti naryadi bo\u2019yicha harbiy havo desantlari va avtomatchilar bo\u2019linmalari asosan ko\u2019ngilli kommunist va komsomollardan tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat mudofaa komitetining \u201cO\u2019rta Osiyo harbiy okrugi territoriyasida milliy qo\u2019shin birlashmalari tuzish to\u2019g\u2019risida\u201d gi 1941 yil 13 noyabr qarori va O\u2019rta Osiyo harbiy okrugi shtabining buyrug\u2019iga asosan respublikada qo\u2019shin birlashmalari tuzila boshladi, shular qatorida alohida milliy o\u2019qchi brigade Samarqand oblastida tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yil 19 noyabrda Samarqand oblast partiya komiteti byurosi yosh 40 dan oshmagan mahalliy millatdan va muayyan miqdorda kommunist hamda komsomollardan iborat qo\u2019shin birlashmalari tuzish to\u2019g\u2019risida qaror qabul qildi. Oblast partiya tashkiloti shu harbiy qismlarga 838 kommunistni, oblast komsomol komiteti 3248 komsomolni yubordi. Oblast mehnatkashlari diviziya va brigadaga hammasi bo\u2019lib 8773 kishini yubordilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Oblast territoriyasiga joylashgan milliy birlashmalarning qismlari aholi, partiya, sovet va jamoatchilik tashkilotlaridan har tomonlama yordam olib turdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Siyosiy bo\u2019linmalarni xodimlar bilan ta\u2019minlash uchun diviziya va brigade oblast partiya xodimlaridan 40 kishi, chunonchi, Oqdaryo rayon partiya komitetning sekretari Q.Nurqobilov, Bulung\u2019ur rayon partiya komitetining sekretari M.Tillayev, oblast partiya komiteti harbiy bo\u2019limining instruktori N.Shoymardonov, Narpay rayon partiya komiteti agitatsiya va propaganda bo\u2019limining mudiri O.Solihov va boshqalar yuborildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oblast partiya komiteti qarori bilan oblast harbiy komissarligi huzurida harbiy qismlarga siyosiy xodimlar tayyorlash kurslarida 130 kishi o\u2019qitildi. Bundan tashqari, 100 dan ortiq kishi Toshkentdagi 15 kunlik kurslarga yuborildi. Milliy qismlar uchun o\u2019zbek tilida gazetalar, adabiyotlar, harbiy o\u2019quv qo\u2019llanmalari chiqarilib turdi. Chunonchi, \u201cTanklar bilan kurashish to\u2019g\u2019risida to\u2019p komandiri va navodchikka qo\u2019llanma\u201d, \u201cOgnemyotlar va ular bilan kurash\u201d hamda boshqa shu kabi 16 nomdagi harbiy o\u2019quv qo\u2019llanmalari o\u2019zbek tiliga tarjima qilinib, ko\u2019p nusxada nashr etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1942 yil avgustida desant qismlariga ixtiyoriy ravishda ko\u2019ngillilarni qabul qilish boshlandi. 1000 dan ortiq kishidan ariza tushdi, harbiy komissiya shulardan 617 tasini tanlab oldi. Keyinroq komsomollardan qo\u2019poruvchi otryadlar tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1943 yilda Samarqand oblastida 24-zapas o\u2019qchi brigada tuzildi. Kattaqo\u2019rg\u2019on rayoniga joylashtirilgan bu brigade Qizil Armiyaga rezervlarni ommaviy tayyorlash bo\u2019yicha mashq qildiruvchi markaz bo\u2019lib qoldi. Yil oxirigacha bu brigade yuzga yaqin rota hamda maxsus komandalarni frontga yubordi. Shu yilning iyulida Samarqandda kommunist va komsomollardan avtomatchilarning 17-alohida \u201cSamarqand bataloni\u201d tuzildi. Bu batalonni fronga jo\u2019natish oldidan unga oblast ijroiya komiteti va oblast partiya komitetining Qizil bayrog\u2019i topshirildi hamda murojaat o\u2019qib eshittirildi. Murojaatda bunday deyilgan edi: \u201cAvtomatchilarning 17-alohida Samarqand bataloni Samarqand oblasti mehnatkashlarining yuksak ishonchini oqlaydi, manfur nemis okkupatsiyachilarini muqaddas sovet yeridan tamomila haydab chiqarguncha ularni shavkatli Qizil Armiya safida turib shafqatsizlik bilan tor-mor keltira beradi, deb O\u2019zbekiston Kommunistik (bolsheviklar) partiyasining oblast komiteti ishonch bildiradi\u201d. Avtomatchi jangchilar bu yo\u2019l-yo\u2019riqni muqaddas bilib, frontlarda botirlarcha jang qildilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat mudofaa komitetining \u201cSSSR grajdanlarini umumiy majburiy harbiy ishga o\u2019rgatish to\u2019g\u2019risida\u201dgi qarori 1941 yil 19 sentabrda e\u2019lon qilinib, O\u2019rta Osiyo harbiy okrugining harbiy soveti respublika mehnakashlarini harbiy ishga o\u2019rgatishning asosiy vazifalarini belgilovchi ko\u2019rsatmalar berganidan keyin O\u2019zbekistonda mehnatkashlarni yoppasiga harbiy ishga o\u2019rgatish boshlanib ketdi.<\/p>\n\n\n\n<p>1941 yil 25 sentabrdan boshlab butun respublikada harbiy o\u2019quv punktlarini tashkil etishga va ularni komandirlar sostavi bilan to\u2019ldirishga kirishildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand oblast partiya tashkiloti hamma kommunist, Komsomol va mehnatkashlarni harbiy o\u2019qishga tortish vazifasini qo\u2019ydi. Boshlang\u2019ich partiya tashkilotlari harbiy o\u2019qishga tortilishi lozim bo\u2019lgan kishilarning hammasini hisobga olib, ular orasida katta tushuntirish ishlari olib bordilar, harbiy organlarning harbiy o\u2019quv punktlarini jihozlashlariga va o\u2019quv qo\u2019llanmalarini tayyorlashlariga yordamlashdilar. Partiya tashkilotlari harbiy o\u2019qishning qanday borayotganligi masalasini byuro majlis va yig\u2019ilishlarida muttasil muhokama qilib turdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Kommunist va komsomollar bu sohada ham oldingi safda bordilar. Oblastdagi tashkilot, muassasa, sanoat korxonalarida, kolxoz va sovxozlarda har kuni, hatto dam olish kunlarida ham 2,5 soatdan harbiy mashg\u2019ulot o\u2019tkazib turdi. O\u2019rta maktablarning yuqori sinflarida o\u2019quvchilarga harbiy jismoniy tarbiy va sanitariya ta\u2019limi berish uchun ajratilgan soatlar miqdori ko\u2019paytirildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Rayon partiya komitetlari harbiy ta\u2019limning borishi to\u2019g\u2019risida har besh kunda oblast va shahar partiya komitetlariga operativ ma\u2019lumotlar yuborib turdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Partiya tashkilotlari ilgari armiya safida xizmat qilgan yoki maxsus tayyorgarlikdan o\u2019tgan zapasdagi komandirlar, maktablarning harbiy rahbarlari va oddiy jangchilardan harbiy ta\u2019lim komandirlarini tanlab olish, ularni harbiy komissarliklar bilan birga harbiy ta\u2019lim bo\u2019linmalariga safarbar qildilar. Rayon partiya komitetlari harbiy ta\u2019lim mashqlarini o\u2019tayotganlar o\u2019rtasida siyosiy-ommaviy ish olib borish uchun har bir bo\u2019limga bir suhbatchi, har bir vzvodga bir agitator, har bir rotaga bir siyosiy rahbar, har bir batalonga bir harbiy komissarlardan iborat siyosiy sostavni tanlab olib, byuroda tasdiqladilar. Mashg\u2019ulot boshlanishi oldidan har kuni 15-20 minut suhbat va siyosiy axborot o\u2019tkazilib turildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Harbiy ta\u2019limni o\u2019tkazishda o\u2019rta komanda sostavidan 92 kishi, oddiy sostavdan 810 kishi qatnashdi. Harbiy ta\u2019lim olgan kishilardan qisqa vaqt ichida bir qancha batalon va boshqa harbiy qismlar tuzildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Oxunboboyev nomidagi Samarqand ko\u2019n zavodida harbiy ta\u2019lim ishlari, ayniqsa, yaxshi tashkil etildi. Bu zavod ishchi va xizmatchilarining hammasi harbiy ta\u2019lim mashg\u2019ulotlarida qatnashdi. Mashg\u2019ulotlar programmaga muvofiq qat\u2019iy jadval asosida olib borildi. Zavod o\u2019t o\u2019chirish komandasi boshlig\u2019ining yordamchisi, kommunist Ivanov, zapasdagi kichik leytenant Berdnikov, smena texnologi Mustafinlar bo\u2019linmalarining eng yaxshi komandirlari ekanligini ko\u2019rsatdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>\u201cHujum\u201d fabrikasi, \u201cUdarnik\u201d arteli, 4-vino zavodi va boshqa korxona xodimlarining hammasi harbiy tayyorgarlik mashqlarini o\u2019tadilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Samarqand shahrining Bog\u2019ishamol rayonida ba\u2019zi mashq rotalari bir necha korxonaning ishchi va xizmatchilaridan tuzildi. Chunonchi, Chkalov nomidagi bosmaxona va yog\u2019ochsozlik zavodi kollektivlarida bir rota tuzildi, makaron, tamaki fabrikalari, mebelsozlik ustaxonalari, \u201cGornyak\u201d arteli kollektivlari xodimlaridan ikkinchi rota tuzildi. Kattaroq korxonalarda (tikuvchilik va pillakashlik fabrikalari) alohida-alohi rotalar tuzildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Fashistlar Germaniyasining Vatanimizga xoinona bostirib kirishi sovet kishilarining tinch mehnat faoliyatini buzdi. Urushning birinchi kunlaridanoq butun mamlakat bo\u2019ylab miting va yig\u2019ilishlar o\u2019tkazilib, ularda qatnashgan mehnatkashlar dushmanni tor-mor keltirmoq uchun o\u2019zlarining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qizil-armiya-uchun-rezervlar-tayyorlash-va-aholini-harbiy-ishga-orgatish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":29486,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[193],"tags":[],"class_list":["post-29507","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-samarqand-tarixi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29507","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29507"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29507\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29510,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29507\/revisions\/29510"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/29486"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29507"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29507"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29507"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}