{"id":29532,"date":"2022-06-14T15:30:15","date_gmt":"2022-06-14T12:30:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29532"},"modified":"2022-06-14T15:30:17","modified_gmt":"2022-06-14T12:30:17","slug":"tanais-daryosi-boyidagi-jang","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tanais-daryosi-boyidagi-jang\/","title":{"rendered":"TANAIS DARYOSI BO&#8217;YIDAGI JANG"},"content":{"rendered":"\n<p>TANAIS DARYOSI BO&#8217;YIDAGI JANG, Yaksart jangi \u2014 O&#8217;rta Osiyo xalklarining Aleksandr (makedoniyalik Iskandar)ga qarshi olib borgan janglaridan biri (miloddan avvalgi 328). Tanais (hozirgi Sirdaryoning yunoncha nomlaridan, boshqa bir nomi \u2014 Yaksart) bo&#8217;yida sodir bo&#8217;lgan. Aleksandr daryo bo&#8217;yiga o&#8217;rnashib olgach, Aleksandriya Esxata (chekka Iskandariya) shahrini qurishga kirishgan. Biroq daryoning o&#8217;ng qirg&#8217;og&#8217;ida (qadimgi Toshkent vohasida) yashovchi saklar (qang&#8217;arlar) kabila Ittifoqi boshlig&#8217;i ukasi Kartazis boshchiligida katta otliq qo&#8217;shin yuborib, unga Aleksandr qurdirgan istehkomni buzib tashlab, makedoniyalik jangchilarni bu yerlardan haydab yuborishni buyuradi. Saklar Sug&#8217;diyonada ko&#8217;tarilgan Spitamen qo&#8217;zg&#8217;olonilan xabar topib, agar qo&#8217;zg&#8217;olon muvaffaqiyat bilan tugasa makedoniyaliklarga qarshi hujumga o&#8217;tmoqchi edilar. Ular daryoning narigi betidan turib bosqinchilarga qarshi beto&#8217;xtov kamon o&#8217;qi yog&#8217;diradilar. Aleksandr qo&#8217;shini Daryo qirg&#8217;og&#8217;iga katta o&#8217;qlarni otishga mo&#8217;ljallangan mashina (qurilma)larni o&#8217;rnatib, saklarni o&#8217;qqa tuta boshlagan va shu o&#8217;q yomg&#8217;iri panasida kamonchilar bilan sopkrnchilar daryoni kechib o&#8217;tadilar. Ular saklarning ilg&#8217;or qismini chekinishga majbur qilib, bu bilan falanga va otlikdarning daryodan o&#8217;tib olishiga imkon yaratib berganlar. Daryoning o&#8217;ng sohilida qattiq jang boshlanib ketgan. Uni 2 bosqichga bo&#8217;lib ta&#8217;riflash mumkin. Birinchi bosqich \u2014 makedon qo&#8217;shinining ilg&#8217;or qismi jangi. Saklar ga qarshi makedoniyaliklarning sarissa (nayza) bilan qurollangan otliq otryadi tashlanadi. Saklar ularni o&#8217;rab olib o&#8217;qqa tutadilar. Aleksandr yordamga piyoda askarlarni jo&#8217;natadi. Saklar raqiblarini ko&#8217;zdan qochirmasdan ataylab chekina boshlaganlar. Ikkinchi bosqich \u2014 asosiy kuchlar jangi va saklarning umumiy chekinishi. Dastlab saklar makedon qo&#8217;shini xujumlarini muvaffaqiyat bilan kaytarishgan. Shundan so&#8217;ng Aleksandr jangga o&#8217;zining barcha otliq qo&#8217;shinlarini tashlagan. Saklar cho&#8217;l ichkarisiga chekina boshlaganlar. Aleksandr saklarni 15 kilometr masofagacha ta&#8217;qib etgan. Arrianning yozishicha, jazirama issiq, tashnaliqdan qiynalgan Aleksandr &#8220;aynigan kulmak suvini ichib kasal bo&#8217;lib qolgan&#8221;. Aslida esa kir II ning mash&#8217;um xatosini yodida tutgan Aleksandr saklar yerining ichkarisiga kirib borishga jur&#8217;at etmagan, chunki saklar ularni mamlakat ichkarisiga aldab olib kirib tormor qilishlari mumkin edi. Arrianning yozishicha, saklardan 1000 kishi, jumladan, ularning sarkardalaridan biri Strak halok bo&#8217;lgan, 150 kishi asir olingan. Kvint Kursiy Rufning yozishicha, makedoniyaliklardan 60 suvoriy, 100 nafar piyoda askar halok bo&#8217;lgan, 1000 kishi yaralangan. Jangdan so&#8217;ng saklar Aleksandr oldiga elchilar yuborib sulh tuzgan bo&#8217;lsalarda, kurashni davom etdirganlar. Manbalar: Arrian, Anabasis Aleksandra, T., 1911; Kvint Kursiy Ruf, Istoriya Aleksandra Makedonskogo, M., 1963. Ad.: Shoniyozov K, Qang&#8217; davlati va qang&#8217;lilar, T., 1990. Fahriddin Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TANAIS DARYOSI BO&#8217;YIDAGI JANG, Yaksart jangi \u2014 O&#8217;rta Osiyo xalklarining Aleksandr (makedoniyalik Iskandar)ga qarshi olib borgan janglaridan biri (miloddan avvalgi 328). Tanais (hozirgi Sirdaryoning yunoncha nomlaridan, boshqa bir nomi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tanais-daryosi-boyidagi-jang\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29532","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29532","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29532"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29532\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29535,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29532\/revisions\/29535"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29532"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29532"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29532"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}