{"id":29540,"date":"2022-06-14T15:48:58","date_gmt":"2022-06-14T12:48:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29540"},"modified":"2022-06-14T15:49:00","modified_gmt":"2022-06-14T12:49:00","slug":"tanbur-chizigi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tanbur-chizigi\/","title":{"rendered":"TANBUR CHIZIG&#8217;I"},"content":{"rendered":"\n<p>TANBUR CHIZIG&#8217;I, Xorazm tanbur chizig&#8217;i \u2014 Xorazm tanbur chizig&#8217;i \u2014 19-asrning 2-yarmida Xorazmda yuzaga kelgan nota yozuvi. Tabulatura turi. Shoir va sozandabastakor Komil Xorazmiy joriy qilgan. Tanburning 17 ta pardasi va ochiq simiga mo&#8217;ljallab chizilgan 18 gorizontal chiziqlarga joylashtirilgan nuqtalardan iborat. Chiziq ustiga qo&#8217;yilgan nuqtalar kuy ijrosi jarayonida tanburning muayyan pardasida noxunning tepadan pastga, chiziq ostidagi nuqtalar pastdan tepaga chertilishini bildiradi. Vertikal chiziqlar pardalar yo&#8217;nalishini ko&#8217;rsatadi. Tanbur chizig&#8217;idagi nuqtalar asosan nimchorak va ba&#8217;zan chorak notalar cho&#8217;zimiga teng. Chiziqlarning ostiustiga nuqtalar qo&#8217;yilib, ularning ustmaust yoki yonmayon joylashishi tanbur zarblari (&#8220;yakka zarb&#8221;, &#8220;qo&#8217;sh zarb&#8221;lar) ga ishora deb bilinadi. Pauza (jimlik) alomati, &#8220;Skun&#8221; (o) bilan ifodalanadi. Doira usullari uzunqisqa zarblarni anglatuvchi bo&#8217;g&#8217;inlar vositasida ko&#8217;rsatiladi: &#8220;gul&#8221;, &#8220;taq&#8221;, &#8220;taqa&#8221;, &#8220;takqa&#8221; va h.k. Kuy bo&#8217;laklari (&#8220;xona&#8221;, &#8220;bozgo&#8217;y&#8221;, &#8220;hang&#8221;), to&#8217;xtovlar yoyli chiziq (strelka) ishorasi yordamida belgilab yuboriladi. Tanbur chizig&#8217;ida she&#8217;riy matnlar ham berilgan. Ular to&#8217;liq yoki lavha tarzida kuy yo&#8217;lini anglatuvchi nuqtalardan alohida, bir chekkada yoziladi. Aksariyat hollarda she&#8217;rlarning faqat boshlang&#8217;ich misralari keltiriladi. Unga qarab ashulachilar g&#8217;azalning qolgan qismlarini esga solib oladilar. Tanbur notasi Arab yozuviga o&#8217;xshab, o&#8217;ngdan chapga o&#8217;qiladi. Komil Xorazmiy Tanbur chizig&#8217;i yordamida Xorazm maqomlaridan Rostning boshlang&#8217;ich qismini, uning o&#8217;g&#8217;li Muhammad Rasul Mirzo mazkur maqomning qolgan qismlarini hamda Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlarining 19-asr oxirida ma&#8217;lum bo&#8217;lgan cholg&#8217;u (chertim) va ashula (aytim) yo&#8217;llarini yozib olgan. Uning o&#8217;ndan ortiq ko&#8217;chirilgan nusxalari bizgacha yetib kelgan. 2002 yil topilgan Hazorasp nusxasida yuqorida nomlari keltirilgan maqomlardan tashqari Zihi nazzora, Qaddim xamlig&#8217;i (Urganjiy), Miskin, Rahoviy, Sadri Iroq, Oxyor, choki giribon deb nomlanuvchi aytim yo&#8217;llaridagi turkum yozib qoldirilgan. Bular &#8220;Dutor maqomlari&#8221;, ya&#8217;ni dutor jo&#8217;rligida aytiluvchi mumtoz yo&#8217;llar hisoblanadi. Xorazmlik musiqashunoslar oldindan qad. Sharq nota yozuvi namunalaridan xabardor bo&#8217;lganlar. Tanbur chizig&#8217;i ixtiro qilinishidan avval Muhammad Sharif Qanbar bobo ismli Dutorchi \u2014 dutor uchun shunday nota yaratishga uringan, ammo o&#8217;ng qo&#8217;l xdrakatlarini qog&#8217;ozga tushira olmaganligidan bu ish amalga oshmay qolgan. Shuningdek, Tanbur chizig&#8217;ida Safiuddin alUrmaviy nota jadvalidagi o&#8217;xshash unsur (element)lar mavjud. Tanbur chizig&#8217;ining tiklanishi, tadqiq qilinishi, zamonaviy nota yozuviga ko&#8217;chirilishiga V. Belyaev, V. Uspenskiy, T.Sodikrv, M.Yusupov, Il. Akbarov, keyinchalik bu ishning rivojiga va bevosita ijro qilinishiga (amalda sadolantirilishiga) O.Bobonazarov, al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti o&#8217;qituvchilari B.Rahimov, R.Boltaev, M.Matyoqubov, S.Xudoyberganov va b. hissa qo&#8217;shganlar. Ad.: Bekchon M., Devonzoda M.Yu., Xorazm musiqiy tarixchasi, 2-nashri, T., 1998; Rajabov I., Maqomlar masalasiga doyr, T., 1963; Matyoqubov O., Maqomat, T., 2004. Botir Matyoqubov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TANBUR CHIZIG&#8217;I, Xorazm tanbur chizig&#8217;i \u2014 Xorazm tanbur chizig&#8217;i \u2014 19-asrning 2-yarmida Xorazmda yuzaga kelgan nota yozuvi. Tabulatura turi. Shoir va sozandabastakor Komil Xorazmiy joriy qilgan. Tanburning 17 ta pardasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tanbur-chizigi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-29540","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29540","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29540"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29540\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29543,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29540\/revisions\/29543"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29540"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29540"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29540"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}