{"id":29592,"date":"2022-08-26T08:46:42","date_gmt":"2022-08-26T05:46:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29592"},"modified":"2022-08-26T08:46:43","modified_gmt":"2022-08-26T05:46:43","slug":"gazal","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gazal\/","title":{"rendered":"G&#8217;AZAL"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;AZAL (Arabcha \u2014 ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda bo&#8217;lish) \u2014 1) Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. &#8220;G&#8217;azal&#8221; atamasi dastlab 6-7-asrlarda Arab she&#8217;riyatida paydo bo&#8217;lgan. So&#8217;ng O&#8217;rta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga o&#8217;tib, 13-14-asrlarda to&#8217;la shakllangan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli G&#8217;azal namunasi ham uchraydi. AA, ba, va, ga, da va hokazolar tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matla&#8217; yoki mabda&#8217;, oxirgisi maqt a&#8217;deb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham o&#8217;zaro qofiyalansa, Zebi matla&#8217; yoki husni matla&#8217; deyiladi. G&#8217;azalning paydo bo&#8217;lishi va rivojlanishi musiqa san&#8217;ati bilan chambarchas bog&#8217;liq. Dastlab G&#8217;azalga taxallus qo&#8217;yilmagan, bu keyinchalik an&#8217;anaga aylangan. G&#8217;azal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan bo&#8217;lsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mav&#8217;iza (pandnasihat) va hajviy G&#8217;azallar yuzaga keldi. G&#8217;azal tuzilishiga ko&#8217;ra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) G&#8217;azal; yakpora G&#8217;azal; voqeaband G&#8217;azal; musalsal G&#8217;azal. Ma&#8217;no jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona G&#8217;azallarga bo&#8217;linadi. Fors so&#8217;z san&#8217;atida G&#8217;azal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da, Sa&#8217;diy ijodida u to&#8217;la shakllanib, she&#8217;riyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga ko&#8217;tardi: u o&#8217;zigacha tasavvufiy va dunyoviy yo&#8217;nalishda rivojlanib kelgan g&#8217;azalchilikni o&#8217;zaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, Kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdu-Rahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar G&#8217;azal taraqqiyotida katta rol o&#8217;ynaganlar. O&#8217;zbek adabiyotida G&#8217;azalning ilk namunalari Rabg&#8217;uziining &#8220;Qisasi Rabg&#8217;uziy&#8221;, Xorazmiyning &#8220;Muhabbatnoma&#8221;sida uchraydi; keyinchalik Sayfi saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz o&#8217;tar va boshqalar ijodida rivojlantirildi. Fors-tojik g&#8217;azalchiligida aruz vaznining hazaj bahri, turkiy xalqlar g&#8217;azalchilig&#8217;ida ramal bahri ko&#8217;p qo&#8217;llangan. Masalan, Navoiyning 2600 G&#8217;azalidan 1600 ga yaqini, Atoiyning 260 G&#8217;azalidan 109 tasi, Husayn Boyqaroning esa barcha G&#8217;azallari ramalda yozilgan. Aruzda 21 ta bahr bo&#8217;lib, o&#8217;zbek g&#8217;azaliyotida faqat Navoiy ularning ko&#8217;pchiligini qo&#8217;llagan. G&#8217;azalda ishqiy mavzu yetakchilik qilishiga qaramay, g&#8217;azalnavislar bu janrning imkoniyatlaridan inson ma&#8217;naviy dunyosining, shuningdek, tabiat va jamiyatning barcha murakkab tomonlarini ifodalash uchun foydalanganlar. 15-asrdan G&#8217;azal o&#8217;zbek she&#8217;riyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi. Navoiy o&#8217;zbek tilida 2600 dan ortiq G&#8217;azal yaratib, bu janrning g&#8217;oyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, G&#8217;azalni hayotga yaqinlashtirdi, G&#8217;azalda realistik tamoyillarni kuchaytirdi. Keyinchalik o&#8217;zbek she&#8217;riyatida Hamza, Cho&#8217;lpon, Xurshid, G&#8217;afur G&#8217;ulom, Sobir Abdul-la, Habibiy, Charxiy, Chustiy, xolis, Vosit Sa&#8217;dulla, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar. G&#8217;azalni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu bilan birga, an&#8217;anaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham ko&#8217;plab badiiy barkamol G&#8217;azallar yaratdilar; 2) musulmon Sharq madaniyatidan keng o&#8217;rin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (masalan, Abdulqodir Marogiy ko&#8217;rsatishicha, 14-15-asrlarda) &#8220;navbat&#8221; deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi she&#8217;rlar bilan ijro etilib, 2 sarxona va bozgo&#8217;ypyan iborat bo&#8217;lgan. So&#8217;ngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va boshqalarning asarlarida G&#8217;azal O&#8217;rta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida ta&#8217;riflangan. Hozirda, asosan, lirik-falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi g&#8217;azal namunalari, yakkaxon xonanda va cholg&#8217;u ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, shim. Hindiston, Bangladesh, Eron, Afg&#8217;oniston va ayrim Arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi bilan ajralib turadi. G&#8217;azal raga singari kichik cholg&#8217;uvokal muqaddimasi bilan boshlanadi, unda xonanda yuqori pardalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirg&#8217;anuvchi ohanglar) va boshqalar uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy o&#8217;ziga xosligini namoyish etadi. Cholg&#8217;u ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholg&#8217;ulari qo&#8217;llanadi. G&#8217;azal urdu, hind, fors, Panjob, Gujarot va boshqa tillarda kuylanib, unda Xusrav Dehlaviy, Kabir, Surdas, Mirzo G&#8217;olib, Muhammad Iqbol, Fayz Ahmad Fayz kabi shoirlarning she&#8217;rlari asosiy o&#8217;rin tutadi. 20-asrda G&#8217;azalning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular kontsert dasturlari (Mehdi Hasan, Roshan ara begim, Bare G&#8217;ulom Ali Xon, Ramzan Xon va boshqalar), kino musiqasi (Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi va b.)da keng ijro etilmoqda. Ad. Hayitmetov A si,T., 1961; Shayxzoda M., kining sultoni, asarlar, 4-j., T., 1972; Nosirov O., O&#8217;zbek adabiyotida gazal, T., 1972; Orzibekov R., O&#8217;zbek lirik poeziyasida g&#8217;azal va musammat, T., 1976; Nosirov O., jamolo v S ., 3 i yo \u2013viddinov M., O&#8217;zbek klassik she&#8217;riyati janrlari, T., 1979; Valixonov A., G&#8217;azal nafosati. T., 1985. Ergash Ochilov, Muhiddin Nosirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;AZAL (Arabcha \u2014 ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda bo&#8217;lish) \u2014 1) Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. &#8220;G&#8217;azal&#8221; atamasi dastlab 6-7-asrlarda Arab she&#8217;riyatida paydo bo&#8217;lgan. So&#8217;ng O&#8217;rta Osiyo va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gazal\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-29592","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29592","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29592"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29592\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29594,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29592\/revisions\/29594"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29592"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29592"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29592"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}