{"id":29672,"date":"2022-08-26T15:30:13","date_gmt":"2022-08-26T12:30:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29672"},"modified":"2022-08-26T15:30:13","modified_gmt":"2022-08-26T12:30:13","slug":"tsveyg-stefan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tsveyg-stefan\/","title":{"rendered":"TSVEYG STEFAN"},"content":{"rendered":"\n<p>TSVEYG STEFAN (1881.28.11, Vena -1942.22.2, Petropolis, Rio-de-Janeyro yaqinida) avstriyalik yozuvchi. Vena va Berlin universitetlarida o&#8217;qigan. 1-jahon urushi yillarida Avstriya harbiy vazirligi arxivida xizmat qilgan va urushga qarshi maqolalar yozgan. Dastlab Zalsburgda, keyin London (1934 yildan), Nyu-York (1940 yildan), Petropolisda yashagan. &#8220;Kumush torlar&#8221; (1901) she&#8217;riy va &#8220;Erika Evald muhabbati&#8221; (1904) nasriy to&#8217;plamlarida frantsuz simvolistlari ta&#8217;siri seziladi. &#8220;Ilk kechinmalar&#8221; (1911), &#8220;Amok&#8221; (1922), &#8220;tuyg&#8217;ular to&#8217;lqini&#8221; (1927) hikoyalar to&#8217;plamlarida Tsveyg inson ruhiyatining sirli tomonlarini, shaxsiy hayotining ziddiyatli manzaralarini tasvirlashga uringan. &#8220;Mendel Nodir kitoblar sotuvchisi&#8221; (1929), &#8220;yangi ixtisoslik bilan daf&#8217;atan tanishuv&#8221; (1936) kabi qikoyalari bor. Tsveyg ijodida biografik roman, esse va ocherklar, ayniqsa, katta badiiy qimmatga ega. Uning L.N.Tolstoy, A. Stendal, Z. Freyd, F. Nisshe va boshqalarga bag&#8217;ishlangan biografik asarlarida davr ruhi, ijodning shirin va azobli daqiqalari, tasvir etilgan ijodkorning ruhiy va ma&#8217;naviy olami yorqin mujassamlantirilgan. Tsveygning &#8220;Jahon bunyodkorlari&#8221; (1920\u2014 28) turkumiga kirgan esselari orasida F.M. Dostoevskiy, Ch. Dikkens, R. Rollan va boshqa yozuvchilarga bag&#8217;ishlanganlari alohida e&#8217;tiborga sazovor, &#8220;Balzak&#8221; (1946) asari jahon adabiyotidagi biografik roman janrining eng yaxshi namunalaridan. Siyosat, Tsveyg nazarida, g&#8217;irrom o&#8217;yindan iborat. Shuning uchun u o&#8217;z ijodida davrning siyosiy masalalarini chetlab o&#8217;tib, siyosiy o&#8217;yinlar tegirmoniga tushib qolgan ojiz kishilarga xayrixohlik bilan qaragan (&#8220;Mariya Antuanetta&#8221;, 1932; &#8220;Mariya Styuart&#8221;, 1935). Tsveyg garchand mashhur tarixiy siymolar haqida &#8220;Magellan&#8221; (1938) va &#8220;Amerigo&#8221; (1942) singari romanlar yaratgan bo&#8217;lsa ham, u, birinchi navbatda, 19-20-asrlarda yashagan I. V. Gyote, T. Mann, B. Shou kabi siymolar haqidagi badiiylashgan asarlari bilan jahon adabiyotida biografik roman, esse va ocherk janrlarining shakllanishiga muhim hissa qo&#8217;shdi. &#8220;Noma&#8217;lum ayol maktubi&#8221; hikoyasi, &#8220;kuygan ko&#8217;ngil faryodi&#8221; hikoyalar to&#8217;plami o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TSVEYG STEFAN (1881.28.11, Vena -1942.22.2, Petropolis, Rio-de-Janeyro yaqinida) avstriyalik yozuvchi. Vena va Berlin universitetlarida o&#8217;qigan. 1-jahon urushi yillarida Avstriya harbiy vazirligi arxivida xizmat qilgan va urushga qarshi maqolalar yozgan. Dastlab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tsveyg-stefan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[195],"tags":[],"class_list":["post-29672","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ts-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29672","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29672"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29672\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29676,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29672\/revisions\/29676"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29672"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29672"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29672"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}