{"id":29756,"date":"2022-09-11T11:38:13","date_gmt":"2022-09-11T08:38:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29756"},"modified":"2022-09-11T11:38:14","modified_gmt":"2022-09-11T08:38:14","slug":"yigirish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yigirish\/","title":{"rendered":"YIGIRISH"},"content":{"rendered":"\n<p>YIGIRISH \u2014 tolali o&#8217;simlik (jut, zig&#8217;ir, kanop, paxta), jun va ipak tolalaridan, kimyoviy tolalardan har xil yo&#8217;g&#8217;onlikka hamda turli fizikaviy xossalarga ega bo&#8217;lgan iplar tayyorlash jarayoni. Yigirish qo&#8217;lda va mashinalarda amalga oshiriladi. Qo&#8217;lda Yigirish so&#8217;nggi neolit davridan ma&#8217;lum. Keyinchalik jahondagi deyarli barcha xalqlar orasida (chekka shimol o&#8217;lkalari xalqlaridan tashqari) keng tarqaldi. Paxta tolasidan ip Yigirish dastlab Hindistonda ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. O&#8217;rta Osiyoda paxta ekib, ip Yigirish va gazlama to&#8217;qish milod boshidayoq rasm bo&#8217;lgan edi. Qo&#8217;lda Yigirishning eng oddiy usuli barmoklar yordamida tolalardan pilik tayyorlab va uni osilgan holatda ushlab kaftlar orasida asta-sekin ingichkalashtirishdan iborat bo&#8217;lgan. Keyinchalik dugli urchuq paydo bo&#8217;ldi va ip tayyorlash ancha osonlashdi. O&#8217;zbekistonda qadimgi Urchu qancha takomillashtirilib, g&#8217;ildirakli charx yasaldi. Bunday charxning g&#8217;ildiragi qo&#8217;lda aylantirilardi, shunda uning urchug&#8217;i chilvir orqali uyoqdan-buyoqqa burilardi. Bora &#8211; bora charx takomillashtirila borildi. Urchuq yoki charxda ip Yigirish uchun tolalar oldin yog&#8217;och taroqlarda tarab tekislab olinar edi. Yigirish uchun tayyorlab olingan tolalardan piliklar tayyorlanib, ulardan ingichka-yo&#8217;g&#8217;onligi deyarli bir xil iplar eshilardi. Qo&#8217;lda Yigirish usuli ayrim joylarda hozir ham qo&#8217;llanadi. Mashinada Yigirish 18-asrdan boshlab rivojlana boshladi. Uzluksiz ishlaydigan birinchi urchuqli Yigirish mashinasiga Buyuk Britaniyada 1738 yil patent berilgan. Unda cho&#8217;zish asbobi xam bo&#8217;lgan. Bunday mashinada tolalarni cho&#8217;zish, burash (eshish) va o&#8217;rash (g&#8217;altakka o&#8217;rash) jarayonlari bajarilgan. Yigirish mashinasi asta-sekin takomillashtira borildi. 1823 yilda davriy ishlaydigan avtomat Yigirish mashinasi, 1870 yilda esa uzluksiz ishlaydigan halqasimon Yigirish mashinasi ixtiro qilindi. Shundan so&#8217;ng Yigirish mashinalarining yangi-yangi modellari yaratildi. Angliya, Frantsiya, Germaniya, AQSh, Rossiyada Yigirish fabrikalari qurildi. Hozir Yigirish jarayoni, asosan, avtomat mashinalarda amalga oshiriladi. O&#8217;zbekistonda Yigirish korxonasini ham o&#8217;z ichiga olgan dastlabki to&#8217;qimachilik fabrikasi 1926 yilda Farg&#8217;onada qurildi. Keyinchalik Toshkent to&#8217;qimachilik kombinati barpo qilindi (1932-40). Uning tarkibida Yigirish fabrikasi ham bor. Hozir bu korxona juda yiriklashib ketgan. Toshkent to&#8217;qimachilik mashinalari zavodi 1946 yil dastlabki pilik tayyorlash va Yigirish mashinalarini ishlab chiqara boshladi. &#8220;O&#8217;zbekto&#8217;qimachilikmash&#8221; birlashmasida (1971 dan) pilik tayyorlash, Yigirish, halqali Yigirish, Yigirish-pishitish uskunalari ishlab chiqariladi. O&#8217;zbekiston mashinasozligida Yigirish, eshish-pishitish, kalavalash jarayonlarini birgalikda bajaradigan halqali Yigirish (jun tolalari uchun) va Yigirish-pishitish (paxta tolalari uchun) mashinalari yaratildi. Bulardan 5 xil rusumli mashinalar chet ellarga eksport qilinadi. Jumladan, PK-100 rusumli Yigirish-pishitish mashinasi Brno (Slovakiya, 1965), Plovdiv (Polsha, 1966) Xalqaro yarmarkalarida oltin medal olgan. Mashinada Yigirish jarayoni tolalarni Yigirishga tayyorlash, Yigirishning o&#8217;zi, ipni pardozlash va o&#8217;rash bosqichlarini o&#8217;z ichiga oladi. Ipni tayyorlashda tolalar tozalanadi, pishitiladi, uzunligi va yo&#8217;g&#8217;on-ingichkaligi bo&#8217;yicha xillanadi, taraladi, bir oz pishitilib pilik hosil qilinadi. Bu ishlar birin-ketin savash, titish, tarash, cho&#8217;zish va pilik mashinalarida bajariladi. Ipni pardozlashda uning sirti tozalanadi, ipak va jun tolalaridan yigirilgan ipning tuklari kuydiriladi, ip nazorat tirqishidan o&#8217;tkaziladi. Tayyor ip g&#8217;altaklar, qogoz patronlar va bobinalarga o&#8217;raladi. Mashinada yigiriladigan tolalarning xossalari va olinadigan ipning nimaga ishlatilishiga qarab, Yigirishning 3 tizimi, ya&#8217;ni oddiy (karda), qayta tarash va apparat tizimlari qo&#8217;llanadi. O&#8217;rtacha yo&#8217;g&#8217;onlikdagi uzun tolalar oddiy tizimda, ingichka uzun tolalar qayta tarash tizimida, kalta tolalar apparat tizimida yigiriladi. Bu tizimlar bir-biridan tolalarni tarash usuli b-n farq qiladi. Bulardan tashqari, shtapel tizimi ham bor. U elementar kimyoviy tolalar dastasidan kalava ip olishda qo&#8217;llanadi. Bu tizimda tolalarni titish, savash va tarash jarayonlari bo&#8217;lmaydi. Aytib o&#8217;tilgan tizimlarda qo&#8217;llanadigan Yigirish mashinalarining hammasida urchuq bor. Amalda urchuqsiz Yigirish mashinalari ham qo&#8217;llanadi. Ularda tolalarni burash va ipni o&#8217;rash jarayonlarini mustaqil ish qismlari bajaradi. Yigirish paytida tolalarga ta&#8217;sir qiladigan kuchlarni qisobga olib urchuqsiz y.ning ushbu usullarini sanab o&#8217;tish mumkin: pnevmomexanik, uyurmaviy va elektr mexanik usullar. Urchuqsiz Yigirish mashinalarining ish unumdorligi urchukli mashinalarnikidan 2-3 marta yuqori bo&#8217;ladi. Teksturlangan (qayishoqligi yuqori) tarkibiy ip har xil kirishimli kimyoviy tolalardan karda yoki tarokli (qayta tarash) tizimda yigirib olinadi. Melanj (olachipor) ip har xil rangga bo&#8217;yalgan tolalar aralashmasidan yigirib olinadi. Pishitilgan kalava ip Yigirish-pishitish mashinalarida yoki pishitish mashinalarida tayyorlanadi. Yigirishning yukrrida aytib o&#8217;tilgan barcha usullari hozir qam (joyiga qarab) qo&#8217;llanadi. Ad.: Marasulov Sh. R., Budpikov V. I., Tolali materiallarning mexanik texnologiyasi, T., 1971; Bukaev M. T., Ipgazlama ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi, T., 1984.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YIGIRISH \u2014 tolali o&#8217;simlik (jut, zig&#8217;ir, kanop, paxta), jun va ipak tolalaridan, kimyoviy tolalardan har xil yo&#8217;g&#8217;onlikka hamda turli fizikaviy xossalarga ega bo&#8217;lgan iplar tayyorlash jarayoni. Yigirish qo&#8217;lda va mashinalarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yigirish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[196],"tags":[],"class_list":["post-29756","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-y-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29756","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29756"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29756\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29757,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29756\/revisions\/29757"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29756"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29756"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29756"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}