{"id":29811,"date":"2022-09-12T07:41:19","date_gmt":"2022-09-12T04:41:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29811"},"modified":"2022-09-12T07:41:20","modified_gmt":"2022-09-12T04:41:20","slug":"yirtqichlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yirtqichlik\/","title":{"rendered":"YIRTQICHLIK"},"content":{"rendered":"\n<p>YIRTQICHLIK \u2014 hayvonlar (ba&#8217;zan o&#8217;simliklar)ning oziqni topish va oziqlanish usullaridan biri, bir hayvonning boshqasini ushlab o&#8217;ldirishi va yeb qo&#8217;yishi. Yirtqichlik deyarli barcha hayvonlar tipida, shuningdek, zamburug&#8217;lar (gifomisetlar) va hasharotxo&#8217;r o&#8217;simliklar orasida uchraydi. Evolyutsiya jarayonida Yirtqichlik, odatda, morfofiziologik progressga olib keladi. Chunki yirtqichlarning o&#8217;ljani topib olishi uchun nerv sistemasi va sezgi organlari; uni tutib oladigan, o&#8217;ldirib eydigan va hazm qiladigan organlari rivojlangan bo&#8217;lishi lozim. Ov qilish usuliga ko&#8217;ra, yirtqichlarni poyloqchilarga va quvib etuvchilarga ajratish mumkin. Ayrim hollarda yirtqichlar o&#8217;ljani to&#8217;da bo&#8217;lib ovlaydi (bo&#8217;rilar). Ba&#8217;zi guruh hayvonlar orasida Yirtqichlikdan parazit yashashga (zuluklar) yoki Yirtqichlikdan Nekrofagiya (murda bilan oziqlanish) ga o&#8217;tish shakllari ham uchraydi. Keng ma&#8217;noda Yirtqichlik nisbatan tuban darajada turgan organizmlar sonini cheklab turishda muhim ahamiyatga ega. Yirtqichlardan zararkunandalarga qarshi biologik kurashni tashkil etishda foydalaniladi. Masalan, xon qizi qo&#8217;ng&#8217;izi va tillako&#8217;z xrizopadan o&#8217;simlik shiralariga qarshi kurashda foydalanib kelinadi. Yirtqich bilan uning o&#8217;ljasi o&#8217;rtasidagi o&#8217;zaro munosabat ular har ikkalasi evolyutsiyasining birgalikda borishiga, ya&#8217;ni koevolyutsiyaga sabab bo&#8217;lgan. Bu jarayonda yirtqichning hujum qilish, o&#8217;ljaning esa himoya vositalari takomillashib borgan. Ana shunday munosabatlar tufayli yirtqich va uning o&#8217;ljasi populyatsiyalari soni mutanosib o&#8217;zgarib turgan. 20-asr boshlarida amerikalik A. Lotta va italiyalik V. Volterra bir-biridan mustasno holda yirtqich bilan uning o&#8217;ljasi o&#8217;rtasidagi munosabatlarni tavsiflash uchun differentsial tenglama sistemasini taklif etishdi. Sistemadagi ikkala komponentning o&#8217;zgarib turishi (turg&#8217;unlashtiruvchi, kamaytiruvchi yoki ko&#8217;paytiruvchi amplitudada) matematik modeli tabiiy jamoalarning holatini tavsiflashda keng qo&#8217;llaniladi. Tabiatda faqat &#8220;yirtqich\u2014o&#8217;lja&#8221; sistemasi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan sof holdagi o&#8217;zgarish kam uchraydi; biroq ko&#8217;p hollarda o&#8217;ljaning son jihatdan o&#8217;zgarishi yirtqich sonining o&#8217;zgarishiga olib kelishi kuzatiladi. &#8220;Yirtqich\u2014o&#8217;lja&#8221; sistemaning turg&#8217;un o&#8217;zaro bog&#8217;langan o&#8217;zgarishi laboratoriya sharoitida bir hujayralilar va kanalar ustida kuzatilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YIRTQICHLIK \u2014 hayvonlar (ba&#8217;zan o&#8217;simliklar)ning oziqni topish va oziqlanish usullaridan biri, bir hayvonning boshqasini ushlab o&#8217;ldirishi va yeb qo&#8217;yishi. Yirtqichlik deyarli barcha hayvonlar tipida, shuningdek, zamburug&#8217;lar (gifomisetlar) va hasharotxo&#8217;r o&#8217;simliklar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yirtqichlik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[196],"tags":[],"class_list":["post-29811","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-y-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29811","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29811"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29811\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29815,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29811\/revisions\/29815"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29811"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29811"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29811"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}