{"id":29813,"date":"2022-09-12T07:40:26","date_gmt":"2022-09-12T04:40:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29813"},"modified":"2022-09-12T07:40:27","modified_gmt":"2022-09-12T04:40:27","slug":"yirtqich-qushlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yirtqich-qushlar\/","title":{"rendered":"YIRTQICH QUSHLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>YIRTQICH QUSHLAR (Falconiformes) \u2014 qushlar eynfining turkumi. Tanasi yirik yoki o&#8217;rtacha kattalikda, eng mayda vakili\u2014karlik Lochin qanotining uzunligi 9-10 santimetr; eng yirik Amerika tasqarasining qanoti 115 santimetr, yoyilganida 2,5\u20143 metr, vazni 8-12 kilogramm. Tumshug&#8217;i kuchli rivojlangan, uchki qismi ilmoqqa o&#8217;xshash egilgan bo&#8217;lib, o&#8217;ljasi terisini yirtish va etini uzib olishga moslashgan. Oyoqlari o&#8217;rtacha uzunlikda, panjalari kuchli rivojlangan, tirnoqlari o&#8217;tkir, ilmoqsimon egilgan. Tirnoqlari yordamida chang solib o&#8217;ljasini o&#8217;ldiradi va uni ushlab turadi. Yirtqich qushlar ning tumshug&#8217;i asosidagi terisi patsiz, ochiq rangli bo&#8217;lib, tanasining boshqa qismidan ajralib turadi. Patlari tig&#8217;iz bo&#8217;lishi, ko&#8217;zlari boshining 2 yonida joylashganligi bilan yapaloqqushlardan farq qiladi. Jig&#8217;ildoni juda keng, tana vaznining deyarli yarmiga teng keladigan oziqni sig&#8217;diradi. Ko&#8217;pchilik turlari monogam. Tuxumdan chiqqan jo&#8217;jasining ko&#8217;zi ochiq, tanasi pat bilan qoplangan bo&#8217;lsa ham uyada uzoq vaqt yashaydi. Ko&#8217;pchilik Yirtqich qushlarning nari va modasi bir xil rangda, ko&#8217;pincha nari modasiga nisbatan kichikroq yoki bir xil kattalikda (Amerika kondorining nari yirikroq) bo&#8217;ladi. Kunduzi hayot kechiradi. Yer yuzida keng tarqalgan. Ancha uzoq yashaydi. Tutqinlikda Lochin 55, burgut 46, tasqara 69, qirg&#8217;iy 25 yil yashagan. Yilda bir marta, ba&#8217;zan 2 marta ko&#8217;payadi. Daraxtlar shoxi, kavagi, qoyalar va yerga uya quradi yoki boshqa qushlar uyasini egallaydi. Odatda, o&#8217;sha juftning o&#8217;zi har yili bir joyning o&#8217;ziga uya kurib, bola ochadi. Yirik Yirtqich qushlar 1-2 ta, maydalari 6-7 ta, ba&#8217;zan 9 tagacha tuxum bosadi. Tuxumini bittadan bir necha kun davomida qo&#8217;yganidan uyadagi jo&#8217;jalari ham har xil yoshda bo&#8217;ladi. Yirik Yirtqich qushlar (Masalan, burgut, boltayutar) 2 oy, maydalari 1 oyga yaqin tuxum bosadi. Mayda va o&#8217;rtacha kattalikdagi qushlarning jo&#8217;jasi 1 oydan, yirik qushlarniki 3, hatto 4 oydan so&#8217;ng uchirma bo&#8217;ladi. Yirtqich qushlar har xil hayvonlar, asosan, sut emizuvchilar, qushlar va hasharotlar, ba&#8217;zan hayvonlar o&#8217;limtigi bilan oziqlanadi. Tropik mintaqalarda (Afrika) yashovchi ayrim Yirtqich qushlar mevalar bilan oziqlanadi. O&#8217;ljasini havodan turib izlaydi; shuning uchun ko&#8217;zlari, uchish qobiliyati yaxshi rivojlangan. Yilda bir marta uzoq vaqt to&#8217;liq tullaydi. Yirtqich qushlar kishilarning xo&#8217;jalik faoliyatida muhim ijobiy ahamiyatga ega. Ko&#8217;pchilik turlari qishloq xo\u2019jalik ekinlari zararkunandalari, kemiruvchilar, hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Boshqalari esa kuchsiz va kasallangan hayvonlar bilan oziqlanishi tufayli tabiatda doim sodir bo&#8217;lib turadigan tabiiy tanlanish asosiy omili hisoblanadi. Yirtqich qushlarning soni kamayib borayotganligi sababli ko&#8217;pchilik mamlakatlarda muhofaza qilinadi. 290 ta turi ma&#8217;lum. Yirtqich qushlar turkumi 5 ta oilaga bo&#8217;linadi. O&#8217;zbekiston hududida lochinlar va qarchig&#8217;aylar oilasiga mansub bo&#8217;lgan 40 turi uchraydi. Ochil Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YIRTQICH QUSHLAR (Falconiformes) \u2014 qushlar eynfining turkumi. Tanasi yirik yoki o&#8217;rtacha kattalikda, eng mayda vakili\u2014karlik Lochin qanotining uzunligi 9-10 santimetr; eng yirik Amerika tasqarasining qanoti 115 santimetr, yoyilganida 2,5\u20143 metr, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yirtqich-qushlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[196],"tags":[],"class_list":["post-29813","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-y-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29813","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29813"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29813\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29814,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29813\/revisions\/29814"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29813"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29813"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29813"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}